O`zbekiston respublikasi


GULXANIY ASARLARINING TIL VA USLUBI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
til tarixi

GULXANIY ASARLARINING TIL VA USLUBI 
O`zbek adabiy tili taraqqiyotining XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi 


 
113 
holatini  Gulxaniy  asarlari  orqali  o`rganamiz.  Gulxaniy  shoir  sifatida  bir  necha 
g`azallar  va  XVIII  asr  oxirining  prozasi  namunasi  bo`lgan  «Zarbulmasal» 
asarining  muallifidir.  Uning  g`azallarida  tematikasi  va  tilida  avvalgi  shoir  va 
yozuvchilar  traditsiyasi  saqlangan  holda,  unda  o`g`uz  elementlari  nisbatan  kengroq 
o`rin egallagan. Masalan, 
I  shaxs hozirgi-kelasi zamon fe`lida o`tuzcha xususiyat seziladi.  
Belu ag`zidin nishān gar biz sari mo` desәlәr,  
Әylәrәm  inkār iqrār etmәdim dārin kӛrүң.  
Sifatdosh bo`lishsizdan so`ng -z affiksi bilan hosil qilingan:  
    Kӛngүl ӛzүdәdүr dunyag`a arzi ehtiyoj etmәz  
Tariqat saliki, bu yolda mayli izdivāj etmaz. 
SHart mayli -za affiksi bilan hosil qilingan. 
Ayrim so`zlardan fonetik jihatdan ozarbayjon tiliga xos xususiyat ko`rinadi:  
    Qayu bemāra la`lidin shifā vermish masih āsā  
    Nadin ul sho`x anglab, Gulxaniy, darding ilāj etmәz. 
«Zarbulmasal»  asari o`sha  davr  prozasining  namunasi  bo`lishi  bilan birga, 
fol’klor materiallaridan foydalanib yozilganligi uchun ham, xalq tilining adabiy tilga 
yaqinlashtirishga xizmat qilgan asarlardandir. 
Gulxaniy  «Zarbulmasal»  asarida  xalq  og`zaki  ijodi  asarlarini  qayta  ishlash 
bilan  birga  uning  uslubi  va  badiiy  vositalarini  ham  saqlab  qoldi.  Bular  quyidagi 
holatlarda ko`rinadi: 
1.3arbulmasal»ning  ayrim  hikoyalari  xalq og`zaki  ijodiga bo`lgan so`zlar 
bilan boshlanadi: «Bor erdi Farg`onada bir sarbān» (Tuya bilan bo`taloq), «Ilgargi 
ayyomda ikki kabutar bor erdi» (Bozonda va Navozanda). 
2.Ommaviy janr bo`lgan maqollardan o`rinli foydalangan.  
Asarda  ikki  tildan   (o`zbek,  tojik)  maqollar  keltirilib  boradi   va  bu 


 
114 
maqollar asar mazmuniga ustalik bilan singdirib boriladi. 
      Asar  tilida  jonli  tilga  xos  bo`lgan  quyidagi  xususiyatlarni  ko`ramiz:  1. 
Qaratkich va tushum bir xil ko`rsatkich bilan ifodalangan o`rinlar mavjud:  
           Hosili umri edi ul bayni 
  Ati gunashbonu oshal bayni. 
2. -q bilan tugagan so`zlarga III shaxs egalik affiksi qo`shilganda, negizidagi shu  
undoshlar jaranglamaydi: Farāsat ayaqi aqsaq qizni  āshiqig`a berdi. 
   3. Adabiy tilda qo`llanib kelingan echmaq, chechmaq, tarzida qo`llangan: «YAna 
bir masal borki: er bashiga shi tushsa, өtүk chechmәy suv kechәr». 
   4. Jonli tilga xos bo`lgan —turgon affiksi qo`llangan: hamiyat himmatini darjo`sh 
kelturub, yarim xazina dinār, yүz teva, uch yүz qaramal, uch yүz yilqi, besh yүz qoy 
va qizniң bash-kөzi yasala turgan qalinni jamlab... 
   5.  Jonli  tilda  bo`lgan  itәrchi  (it  boquvchi:  «It  qig`onni  itorchi  qilmas»),  yavuq 
(uzoq),  sunmaq  (taklif  qilmoq:)  «Soqiyi  tushtaroqlar  piyola  suna  boshladilar»), 
«Burnog`i (avvalgi)lar masalidurki». 
SHuningdek  «Zarbulmasal»da  xalq  o`rtasida  keng  qo`llanadigan  teva, 
taka, ayran, sapal, qatqaq, burunduq, taylaq, qo`naq, aqsaq, yantaq, boqaq, kulba, 
kurk tavuq, tutav, sachbag`, tushav, bo`ydaq, kabi so`zlar ishlatilgan. 
6.  Og`zaki  nutkda  ko`p  qo`llaniladigan  frazeologik  birikmalardan 
foydalangan:  ag`zini  bir  burchidin  chekar,..  Jan  satib  өzin  uyin  etardi  tan.  Ag`iz 
ashga etgәndә burni qanagan, xās tarbuzni qoltug`uңga alma va boshqalar. 
«Zarbulmasal»da  qo`llangan  boshqa  til  elementlari  avvalgi  so`z  ustalari 
asarlarida ishlatilib kelgan grammatik va leksik elementlarga muvofiq keladi. 
Asarda  fors-tojik  va  arab  so`zlari  ham  ana  shu  davr  traditsiyasiga  ko`ra 
qo`llangandir. Gulxaniy asarlarida stil talablariga muvofiq sinonim so`zlardan unumli 
foydalangan:  g`am-g`ussa-anduh,  āsmān-kөk-falak,  xalq-ulus-el,  ism-at,  yoldash-
hamrāh, nāma-xat, ay-qamar, āftāb-quyash-shams-xurshid, chayan-aqrab, taraf-jonib, 


 
115 
yүz-āraz-jamāl, daryo-nahr va boshqalar. 
Demak, Gulxaniy jonli tilning leksik va grammatik imkoniyatlaridan keng 
foydalandi.  Saroy  aristokrat  yozuvchilari  esa  jonli  tildagi  qator  oddiy  so`z  va 
iboralarni qo`llashdan bosh tortib saroy adabiyotining murakkab, og`ir til va davom 
ettirgan  bir  vaqtda  Gulxaniyning  jonli  til  elementlarini  keng  qo`llashi  dunyoviy 
adabiyotning hamda shu bilan  o`zbek  adabiy  tilining  boyishida  ulkan  ahamiyatga 
ega bo`ldi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling