O`zbekiston respublikasi
FURQATNING O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDAGI ROLI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
FURQATNING O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDAGI ROLI
Furqat O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shilishi natijasida tug`ilgan yangi tarixiy ijtimoiy ongning progressiv xarakterini adabiyotda targ`ib qilgan ijodkorlardan va o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan ma`rifatparvarlardan biridir. Furqatning o`zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ahamiyati shundaki, u demokratik shoir sifatida badiiy adabiy til uslubni so`zlashuv nutqiga yaqinlashtirishga harakat qildi. Furqat asarlari orqali adabiy tilga neologizmlarni olib kirdi. U adabiy tilni yangi leksikaning semantik tushunchalari va iboralar bilan boyitishga intiladi. Badiiy adabiyot tilida fan va texnikaning taraqqiyoti, shuningdek ijtimoiy-munosabatlarning o`zgarishi bilan uzviy bog`liq bo`lgan yangi tushunchalarni ifoda qiluvchi so`zlarni qo`llaydi. Uning poeziyasi tilida leksik neologazmlar: gazeta, doktor, zavud, zakon, lampa, moshina, sallot, telegrom, par (juft), perevot kabi so`zlarni qo`llaydi. Umumxalq tili materiali zaminida vujudga kelgan semantik neologazmlar kabi, Furqat tilida ancha mahsuldordir. SHoir o`z davridagi yangi tushunchalarni to`liq ifodalash maqsadida umumxalq tilida oldindan iste`mol qilinib kelgan so`zlarni tanlaydi va shu so`zlar asosida original semantik neologazmlarni yaratdi. Bunday semantik neologazmlar shoir tilida konkret bir tushunchani anglatib, o`zining dastlabki nominal ma`nosini ancha o`zgartiradi. Masalan, avom so`zi barcha lug`atlarda izohlanishiga, oddiy xalq ma`nosini bildiradi. Furqat tilida esa bu so`z yangi semantik xususiyatga ega bo`lib, johil ma`nosini anglatadi. 130 Furqat poeziyasida «oddiy xalq» tushunchasidan tashqari ilm-fan ahlidagi yuz o`giruvchi aristokratiya tabaqasi atrofidagi bir guruh yaramas unsurlar ham ifodalanadi. Esizkim, bizning o`tmush xonu beglar Kechib shiratda zoyi subhi shomi: Keturmay yonig`a bir ahli donish, O`ziga xos etib necha avomi. (Gimnaziya). SHu kabi barq, doru so`zlarini va «ishorat aylamoq» birikmasida ham shunday hol ko`rinadi. Barq so`zining lug`aviy ma`nosi chaqmoq bo`lib, muallif uni elektr toki ma`nosida qo`llaydi. Doru so`zini esa elektr tokini yuzaga keltiruvchi yonilg`i yoki shunga o`xshash zaruriy vosita ma`nosida qo`llaydi. Ma`lumki, doru so`zi kishi organizmini sog`lom qiluvchi ximik moddani bildiradi. Fonus so`zi aslida arabcha bo`lib, qo`l fonarini anglatgan. Furqat esa uni elektr lampochkasi ma`nosida qo`llagan: CHunonchi ikki fonus axli hikmat, YAsabturlar qilib izhor san`at. YOnar befilta, begugurt, be yog` Anga bir sim ishorat aylagay chog`. (Toshkent shahridagi vistavka xususida). SHu davr so`zlashuv tilida esa fonus so`zi umuman chiroq ma`nosida qo`llangan. Bulardan tashqari, Furqat poeziyasida individual-stilistik ya`ni avtor tomonidan yaratilgan, adabiy tilda ham, so`zlashuv tilida ham uchramaydigan yoxud siyrak uchraydigan neologizmlar bor. Masalan: maqom (odat), mardumdorliq (odamgarchilik), chortan (turtovlan), jangu hangoma, (munozara), araq chekmoq (terlamoq), sihatlikka etishmoq (sog`aymoq) va boshqalar. 131 Furqatning o`zbek adabiy tili, xususan, badiiy adabiyot tili taraqkiyotida tutgan o`rni yana uning rus xalqi madaniyati, ayniqsa, rus tiliga bo`lgan munosabati bilan ham belgilanadi. Furqat rus tilining chuqur hayotiy mohiyatini to`la tushungach, o`z xalqini xam bu tilni o`rganishga da`vat qildi. SHu jihatdan, «Turkiston viloyatining gazeti»ning 1892 yil 13-sonidagi uning quyidagi so`zlari xarakterlidir: «Rossiya xalqi xat va lison o`rganmoqa bizni taklif qilsa, murodi yomon emasdur. Balki mamlakat obod bo`lib, fuqaro va raiyalar osoyishta bo`lmoqlarini xohlaydilar. Az baski Rossiya xalqi hamma vaqt biz musulmon xalqining davlatmand va xursand bo`lmog`imizg`a qo`shish qiludur». Furqat ma`rifatparvar shoir sifatida rus tilini kundalik hayotdagi eng zaruriy vositalardan biri hisoblab, uni targ`ib qila boshladi. Ana shu munosabat bilan o`zining qator she`rlarida, ayniqsa 90-yillarda yozgan liro-epik she`rlari va maktublarida ijtimoiy-siyosiy xamda madaniy hayotning turli sohalariga tegishli bo`lgan va leksik-semantik jihatdan o`sha davrda yangi hisoblangan rus internatsional so`zlarni ko`plab ishlatadi. Masalan, ad’yutant, zol, moshina, medal’, muzikon, foytun, fabrikat, teatr, yarmanka, nomer va h.o. Furqat poeziyasida ba`zi bir rus-internatsional so`zlarning asl lug`aviy ma`nosi o`zgargan holda ham uchraydi. Masalan, muzikantning fonetik o`zgargan varianti muzikon muzika asboblari ma`nosida qo`llangan: «CHalindi anda har xil muzikonlar» (Akt majlisi xususida). Ayrim so`zlar, masalan, moshina so`zi so`zlashuv tilidagidek, ko`p ma`nolarda qo`llangan. Moshina-ipok ishlab chiqaradigan qurolni bildiradi. Ipak moshinasi bila tegirmon, Ko`p, anda ayladi olamni hayron. Parovoz ma`nosida: YAna moshinam otash aroba Turur hikmat tilsimoti masobya. 132 Pilarama ma`nosida: YAna najjur ishin oson qilurg`a, Bo`lib moshinalar taxta tilurg`a. (Vistavka xususida). Rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan qabul qilingan so`zlarning maksimal qismi oldin so`zlashuv tilida keng iste`mol qilingan, so`ng adabiy tilda xuddi so`zlashuv tilidagi kabi fonetik, morfologik va boshqa belgilari bilan ishlatilgan. SHunga o`xshash xususiyatlar Furqat poeziyasi tilida ham ko`rinadi. Masalan, antrakt o`rniga kantrakt, zavod o`rniga zavut, Frantsiya o`rniga Frangiston yoki «mulki Fransus». Furqat rus so`zlari ishtirokida yangi so`z va so`z birikmalari ham hosil qilgan: Bu quyidagilarda ko`rinadi: 1.Rus-intl so`zlarga o`zbekcha so`z yasovchi qo`shimcha qo`shish bilan yasalgan yangi so`zlar: nomerlik, zovitchi: qildilar maxsus nomerlik maqom (Toshkent shahrida bo`lgan nota bazmi xususida). 2.Ruscha va o`zbekcha so`zlarning birikuvidan yasalgan murakkab fe`llar: perivoy qilgon. 3.Ruscha-internatsioanll so`zlar vositastsda hosil bo`lgan aniqlovchili birikmalar: Bo`lib vaqti akt majlisi soz, Qilurg`a Rusiya rasmini og`oz. (Akt majlisi xus). O`n ikki og`zi moshinalik to`p, Ajoyib to`p yana andin bulak ko`p. (Vistavka xus). Furqat lirikasida ulug` Navoiy taraditsiyalarini davom ettirgan bo`lsa, ijtimoiy-siyosiy lirikasida, ma`rifatparvarlikni ifoda qilgan asarlarida o`zbek adabiy tilini yangi so`z va ma`nolar bilan boyitishda katta xizmat qildi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling