O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
(evna) affikslarini qo`shishi bilan yasaladi: Rustamov Yo`ldosh Mahmudovich, Aliev
erkin Rustamovich, Karimova Zulfiya Sultonovna, SHodieva Manzura SHodievna kabi. Ruscha va internatsional so`zlarga o`zbekcha -la, -lash, -lashtir kabi affikslarni qo`shib yangi so`z yasash usuli yuzaga keladi: rejalashtirish, sintezla, faollashtirish kabi. O`zbek adabiy tilda rus tili ta`sirida qisqartirish yo`li bilan so`z yasash usuli vujudga keldi. TDPU (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AQSH (Amerika Qo`shma SHtatlari). O`zbek adabiy tilida yuz bergan o`zgarishlar uning grammatikasida ham ko`zga tashlanadi. Bu o`rinda, eng avval, uning normalasha borganligini, ayrim tipologik siljishlar yuz berayotganligini ko`rsatish kerak bo`ladi. Uning morfologiyasida ko`plik affiksining funktsiyasi kengaydi. Xususan, birikma holidagi atamalarning birinchi komponenti keyin kelib, yangi so`z-terminlar yasashda aktiv ishtirok qilmoqda: Bolalar bog`chasi. Jins tushunchasini ifoda qilish bir qolipga tushirildi: Zulfiya Hoshimovna Valieva. egalik affikslari normaga tushdi, kelishiklarning funktsiyasi kengaydi, har bir kelishik ma`no va funktsiyalari formalari jihatidan qat’iy ravishda ajaralib normaga tushdi. Kelishikli konstruktsiyalar o`rnida ko`makchili konstrutsiyalarning qo`llanishi keng tus ola boshladi: O`qishingni gapirmaysanmi? Hozirgi zamon fe`l formasi (-yapti) ning adabiy tilimizdagi ma`no va funktsiyasi kengayib borib, barcha dialekt va sheva vakillari, ziyolilarimiz nutqida ancha o`zlashib koldi. O`zbek milliy tili ko`p dialektli tillardan hisoblanadi. Bu hol uning o`ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o`zbek millatining o`tmishdagi xilma- 147 xil etnik sostavi bilan izohlanadi. O`zbek milliy tilining uchta katga ichki manbai - uchta dialektlar gruppasi bor. Bular: 1) qorluq-chigil-uyg`ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o`g`uz lahjasi. Bularning har biri o`z navbatida bir qancha dialekt va shevalarga bo`linadi. O`zbek tilining dialekt va shevalari uzoq o`tmishda o`zbek xalqining tarixiy sharoiti bilan bog`liq ravishda o`zaro umumiylik kasb etib, yagona o`zbek umumiy xalq tili bo`lib, birika borgan va uning ajralmas qismiga hamda kuyi formasiga aylanib qolgan. Lekin o`zbek tilining lahjalari va ayrim shevalari orasidagi ko`pgana farqlar hozirgi vaqtgacha ham saqlanib kelmoqda. Masalan, o`zbek tilining qipchoq shevalarida singarmonizm xususiyatining to`liq saqlanib qolganligi, 9 ta unli fonemaning mavjudligi, so`z boshida ko`pincha y tovushi o`rnida j tovushining qo`llanishi, f tovushining deyarli qo`llanmasligi, x tovushining ko`pchilik shevalarda q tarzida qo`llanishi, so`z o`rtasi va oxirida g` tovushining ko`pincha v tovushiga o`tishi, ba`zi hollarda so`z oxirida g`, q, k tovushlarining tushib qolishi, ba`zan esa o tovushining a sifatida aytilishi (jay, chay, chach kabi), ba`zan l tovushining so`z o`rtasida tushib qolishi (bo`sa, kesa, osa) boshqa hollarda o yoki a tovushining i tovushi bilan almashinishi (masalan: qani >qana, bordimi>bordima kabi) morfologik jihatdan qaraganda oltita kelishik qo`shimchasining to`liq saqlanganligi ikki shaxs o`tgan zamon fe`lida oddiy va hurmat formalarining to`liq saqlanib qolganligi o`tgan zamon fe’lining uchinchi shaxs ko`plik formasi (o`qiydilar)ning deyarli ishlatilmasligi; leksik tomondan qaraganda qipchoq shevalarida: checha (yanga), bo`la (xolavachcha), jelak (Xotin-qizlarning boshiga yopinadigan buyumi) singari ko`plab o`ziga xos qadimiy so`z va terminlarning saqlanib qolganligi yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiklaydi. O`zbek adabiy tilining lahjalari orasida, odatda, qorluq-chigil lahjasi hamda unga qarashli bo`lgan ayrim sheva va dialektlar o`zbek adabiy tilining tayanch sheva va dialektlari hisoblanadi. Bunda ularning talaffuz normalarini belgilashdagi roli, ko`pgina terminlarning ularda ilgaridan shakllanganligi, bu sheva vakillarining ko`p jihatdan milliy madaniyat va leksik an`analarimizni boshqarishda o`zlariga xos 148 xizmatlari borligi asosga olingan. Ba`zi olimlar o`zbek adabiy tilining normalarini belgilashda Toshkent shevasini fonetik jihatdan, Andijon, Farg`ona shevalarini esa morfologik jihatdan tayanch sheva hisoblaydilar. Toshkent shevasi poytaxt shahar shevasi sifatida leksik tomondan ham o`zining ko`pgina elementlarini adabiy tilga kiritgan va kiritmoqda. Lekin aslida A.K.Borovkov qayd etib o`tganidek, o`zbek tilining birorta shevasini ham adabiy tilga hamma jihatdan asos bo`lgan deb aytib bo`lmaydi. CHunki o`zbek tilining hamma dialekt va shevalarini adabiy til taraqkiyotiga ma`lum bir hissa qo`shgan, ikkinchi tomondan, ularning har birida juda ko`p o`ziga xos xususiyatlar mavjud. Masalan, Andijon, Farg`ona shevalari o`zbek adabiy tiliga eng ko`p tarqalgan grammatik formalaridan birini - hozirgi zamon fe`lining -yap affiksi vositasida yasaluvchi formasini bergan. Bundan tashqari, Andijon va Farg`ona shevalari o`zbek adabiy tilining asosiy talaffuz bazasi sifatida ham xizmat qiladi. Bu shevalarning adabiy tilimizga o`zlarining fonetik xususiyatlari bilan ham maksimal darajada yaqinlashuvi shu bilan izohlanadi. Bu shevalar o`zbek adabiy tiliga o`zlarining leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa til vositalari bilan ham hissa qo`shgan. SHunisi xarakterliki, bir qarashda o`zbek adabiy tilidan birmuncha uzoqroq turgandek ko`ringan qipchoq shevalari xam o`zbek adabiy tiliga juda ko`p leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa grammatik vositalari bilan hissa qo`shgan. Masalan, o`zbek adabiy tilidagi qaratqich kelishigining to`liq formasi qipchoq shevalaridai qabul qilingan. Adabiy tilimizdagi hozirgi zamon fe`lining -yotir affiksi vositasida yasaluvchi formasi ham qipchoq va o`g`uz dialektlariga xos formadir va hokazo. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling