O`zbekiston respublikasi
UMUMIY TILNI YARATISH SOHASIDA BO`LGAN KURASHLAR
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
UMUMIY TILNI YARATISH SOHASIDA BO`LGAN KURASHLAR.
PANTURKSIZM VA PANISLOMIZM (1905-1917 yillar) Ko`pchilik turkiy xalqlarda bo`lganidek, O`zbek xalqi o`rtasida ham umummiliy tilni yaratish masalasi keng tarqaldi. Natijada barcha turkiy xalqlarda bu masalada ikki xil qarash maydonga keldi. Bulardan birinchisi Ismoil Gaspirinskiy va Vasliy kabi shaxslar tashabbusi bilan yuzaga kelgan panturkistik va panislamistik nazariyalar bo`lsa, ikkinchisi milliy tilni o`z ona tili zaminida yaratish tarafdorlari bo`lgan demokratik ma`rifatparvarlarning qarashidir. Panturkizm [pan-barcha (yunoncha) va turkiya] Turk burjuaziyasi va pomeshchiklarning XX asr boshlarida paydo bo`lgan va turkiy tillarda gaplashuvchi 141 barcha xalqlarni Turkiya hukmronligiga bo`ysindirish, yagona turk davlatiga birlashtirish ideyasini targ`ib qiluvchi reaktsion shovinistik oqimdir Bunday g`oya til siyosatida ham o`z aksini topdi. Umumturkiy adabiy til nazariyasi dastlab qrimlik Ismoil Gaspirinskiyning «Tarjimon» gazetasida propaganda qilindi. Bu gazeta 1883 yildan chiqa boshlaydi va hamma turkiy xalqlar uchun umumiy adabiy til g`oyasini olg`a suradi. 1905 yilda Butunrossiya musulmonlarining III se`zdida Ismoil Gaspirinskiyning tashabbusi bilan turkiy xalqlar maktablarining yuqori sinflarida «yagona turkiy til» o`qitilishining majburiy qilib qo`yadi. Umumturkiy til masalasi esa tatar, ozarbayjon, o`zbek gazetalarida va jurnallarida turlicha talqin qilindi. «Ulfat» gazetasining 1906 yil 5 iyul’ sonida panturkist Ali Qo`rqudning «Istambuldan xat» nomli maqolasi bosiladi. Maqolada yozilishicha, usmonli turk tilini tatarlar, ozarlar, O`rta Osiyo turklari, Sibir’ va Mug`ulistongacha bo`lgan bir qator turkiy xalqlar tushunadilar. SHuning uchun u mumiy adabiy til bo`lishiga qodir. SHu gazetaning 1906 yil 19 iyuldagi sonida panturkist Kenjaboyning maqolasida ham yuqoridagi g`oya ifodalanadi. Tatar tilida chiqadigan «Vaqt» gazetasida esa turkiy xalqlar uchun tatar tili yagona adabiy til bo`lishi ta`kidlanadi. Bu xil panturkistik qarashlar Ozarbayjon va O`rta Osiyoda nashr etilayotgan matbuot sahifalarida ham ko`rinadi. O`zbek burjuaziyasi va -burjua millatchilari «chig`atoy» tilini O`rta Osiyo xalqlari uchun umumiy til bo`lishi kerakligini uqtirar va propaganda qilar edilar. Bunday va kurashlarning siyosiy mohiyatini venger turkologi G.Vamberi to`g`ri baholagan edi. «Reformistlar va puristlar umumiy turkiy til nazariyasini ko`tarib chiqish bilan xalqlarning etnik chegaralarini hisobga olmay umumturk xalqi yaratishni ko`zda tutadi». Ko`pchilik ommaga tushunarli bo`lmagan umumtil tez orada o`z o`rnini 142 milliy tillarga bo`shatib berdi. Bu davrga kelib panislamizm g`oyalari ham matbuot sahifalarida targ`ib qilina boshladi. Ma`lumki, panislamizm XIX asrning ikkinchi yarmida yaqin SHarqda paydo bo`ldi va musulmon mehnatkashlarining sinfiy kurashini so`ndirish maqsadida islom dinidagi barcha xalqlarni bir davlat qilib birlashtirishni targ`ib qilib kelgan reaktsion diniy-siyosiy oqimdir. Panislamizm g`oyalari SHarq mamalakatlaridagi reaktsion feodallar hamda yuqori tabaqa musulmon ruhoniylarining manfaatlariga xizmat qiladi. SHunday maslakda bo`lgan Vasliy (Samarqandlik) «Sadoi Farg`ona» gazetasining 1914 yil 21 sentyabr’ sonida «Islom asoslari»deb atalgan maqolasini e`lon qiladi. Unda quyidagilarni yozadi: «Bizning dinimiz islomdir. Har bir musulmon uchun u arab tilidur. Har bir musulmon arab tilining sarf va nahvini o`rganishi shart». Demak, bunda arab tilining adabiy til bo`la olishi ta`kidlanadi. Turkiy xalqlar adabiy tildagi bu xil panturkistik va panislamistik g`oyalar burjuaziyaga xalq ommasini yangi taraqqiyot yo`liga boshlash uchun imkoniyat bermadi. Burjua millatchilari bir qancha tortishuv va bahslardan so`ng matbuotda har bir tilning mustaqil hukm surishini tan oladilar. Ona tili uchun kurash adabiy va madaniy kurashning ajralmas qismi bo`lib qoldi. YUqoridagi fikrlarga qaramasdan, Turkistonda o`zbek adabiy tili ilg`or mahalliy intilligentsiya tomonidan rivojlantirildi. Bunda Furqat, Sattorxon, Ishokxon, Mulla Muhammadamin kabi demokrat ma`rifatparvarlarning roli katta bo`ldi. Ayniqsa, o`zbek adabiy tilining targ`ib qilinishi va o`rganilishi haqida Mulla Muhammadamin tomonidan «Turkcha qoida» asarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Unda asosan arab tili grammatikasining ta`siri kuchli bo`lsa ham, o`zbek tili faktlari nisbatan to`g`i yoritildi. Asarda faqat arab grammatikasi emas, balki rus tilshunosligi elementlari ham (ayniqsa, punktuatsiyaga oid bo`limda) mavjud edi. Asarning «turkcha qoida» deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki u davrda o`zbek adabiy tiliga nisbatan turkcha, o`zbekcha degan terminni qo`llash traditsiyasi 143 mavjud edi. O`zbek adabiy tili turli davrlarni o`z boshidan kechirdi. Natijada turli davrlarda turli so`z va grammatik formalar qo`llanishda bo`lgan. Masalan, XI va XVI asrlarda o`zbek adabiy tilida ko`plab arab, fors-tojik so`zlari qo`llangan bo`lsa, XIX asrning 2- yarmiga kelib O`rta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida o`zbek tiliga anchagina rus va rus tili orqaly internatsional’ so`zlar kirib keldi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling