O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
XX
asr boshlarida o`zbek tili leksikasi, grammatikasi va funksional uslublarida bo`lgan o`zgarishlar, yangiliklar Reja: 1. Milliy til haqida tushuncha. 2. Milliy til shaklida Hamza Haqimzoda Niyoziy asarlarining tili. 3. 1920-yillar o`zbek adabiyotida imlo qoidalar. 4. «CHig`atoy gurungi» tashkiloti, tayanch dialekti masalasi. 5. 1930-yillar o`zbek adabiyotida rus tilining qo`llanishi. 6. 1920-30 yillarda o`zbek adabiyotini o`rgatishda ijodkorlar asarining ahamiyati. O`zbek milliy tili hozirgi o`zbek millatiga mansub bo`lgan hamma kishilarning umumiy va yagona tilidir. Bu til o`zbek xalqlning o`zaro aloqa va fikr almashuv quroli, shu xalqning hamma a`zolari uchun umumiy bo`lgan tildir. 145 O`zbek milliy tilining shakllanishi o`zbek millatining shakllanish protsessi bilan bog`likdir. O`zbek millati shakllanguniga qadar u urug` tili va elat tili tarzida yashab, rivojlanib kelgan. Ma`lumki, ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi bilan birga millatlar ham tashkil topa boshlaydi. Ana shu millatlarning tashkil topishida uning asosiy elementi bo`lgan til birligi - milliy til xam yuzaga keladi. O`zbek milliy tili XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida shakllana boshladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilining boyishi, rivojlanishi va mukammallashuvida eski o`zbek adabiy tili an`analari, halq, tili, mahalliy dialektlar va xalq shevalarining materiallari bilan bir qatordagi tilning ta`siri ham kuchli bo`ldi. YUqorida bayon qilinganlarga ko`ra, o`zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyoti katta uch davrni tashkil etadi: qadimgi turkiy adabiy til, eski o`zbek adabiy tili va hozirgi o`zbek adabiy tili. Bularning har biri yagona umumxalq o`zbek tilining asosiy va eng muhim taraqqiyot bosqichlarini o`zida aks ettirdi. Har bir davrning adabiy tili ish ko`rish doirasi, fonetik, leksik hamda grammatik qurilishi jihatdan o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari bilan farq qiladi. O`zbek adabiy tili birinchi va ikkinchi davrlarda xalq tili sifatida ish ko`rgan bo`lsa, uchinchi davrga kelib, milliy til sifatida ish ko`rayotir. Hozirgi kunda uning ish ko`rish doirasi nihoyatda kengaygan, lug`at sostavi beqiyos darajada boyigan, grammatik qurilishi mukammalashgandadir. O`zbek tilining ichki resurslari asosida yangi so`zlar yaratiladi. Bunday so`zlar strukturasiga ko`ra sodda yoki qo`shma bo`lib, hayotning barcha sohalariga oid tushunchalarni qamrab oladi. Masalan, faqat xarbiy ish sohasidagina jangchi, kuzatuvchi, o`qlovchi, mo`ljalchi, quroldosh, xaloskor, hujumkor, simto`siq kabi qator yangi so`zlar paydo bo`ldi. Bulardan tashqari, -v(-ov), -chi, -chilik, -shunoslik, -kor kabi affikslar vositasida yasalgan so`zlar ham hisobga olinsa, o`zbek tili leksikasining sovet davrida qanchalik boyiganligini aniq tasavvur qilish mumkin. Bu o`rinda shuni alohida qayd etish kerakki, jonli tilda oddiy tushunchalarni ifoda qiluvchi minglab so`zlar asta-sekin terminlik vazifasini bajara boshladi. Masalan, matematikaga oid to`rtburchak, qo`shish, ayirish, bo`lish; 146 tilshunoslikka oid ega, ot, gap, sifat, ravish, qo`shimcha, yordamchi so`z, bog`lovchi, aniqlovchi, o`zak; geografiyaga oid burun, qo`ltiq va boshqalar shunday so`zlar jumlasiga kiradi. O`zbek adabiy tilining so`z yasash imkoniyatlari ham kengaydi. Familiya yasovi -ov, -ova, --ev, -eva affikslari o`zlashtirildi. Ismi-sharifi esa ota ismidan yoki familiyaga asos bo`lgan nomdan erlar uchun -ovich (evich), ayollar uchun -ovna Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling