O`zbekiston respublikasi
AVAZ O`TAR O`G`LI ASARLARINING TIL VA USLUBI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
AVAZ O`TAR O`G`LI ASARLARINING TIL VA USLUBI
O`zbek demokratik adabiyotining ko`zga ko`ringan adiblaridan hisoblangan Avaz O`tar o`g`li asarlari bilan o`zbek adabiy tili ravnaqiga munosib hissa qo`shdi. Barcha demokratik shoir va yozuvchilar kabi Avaz O`tar o`g`li ham buyuk Alisher Navoiy tomonidan asoslangan adabiy tilni rivojlantirishga, davr talabiga mos formalar axtarib topib, uning taraqqiy etishida barakali xizmat qildi. Avaz O`tar davr talabiga javob beradigan til vositalarini xalq so`zlashuv tilidan o`zbek adabiy tiliga olib kirishga harakat qildi. Masalan, uning she`rlarida zindon, chora, ijara, sham, kulba kabi xalq tilida qo`llanadigan so`zlar qo`llangan. Buning yorqin dalili quyidagi satirik to`rtlikda ko`rinadi: Sipohi poro istar, Mulla ijora istar Bechora chora istar, Bir chora zamon bormu? Xalq so`zlashuv tili xususiyatlari ayrim morfologik belgilarda ham ko`rinadi, Avaz O`tar she`rlarida yozma asarlar tiliga xos bo`lgan va bog`lovchisi deyarli 135 qo`llanmagan. Uning asarlarida harakat nomining -v//uv//uv affiksi bilan hosil qilingan formasi qayd qilinadi. SHu jihatdan uning «Til» degan g`azali xarakterlidir: Har tilni biluv emdi bani odama jondur Til vositai robitan olamiyondur. G`ayri tilini sa`y qiling bilgali, yoshlar, Kim ilmu hunarlar rivoji andin ayondur. Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, Bilmakka ani g`ayrat eting, foydali kondur. Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni Onda o`qug`onlar sori yakton jahondur. Zor o`lmasun onlar dog`i til bilmay Avazdek, Til bilmaganidin ani bag`ri to`la qondir. Xalq so`zlashuv tiliga xos yana quyidagilar Avaz O`tar asarlarida qayd qilinadi. 1.Ma`lumki, men olmoshi eski o`zbek adabiy tilida 1-bo`g`inda e tovushi saqlanadi. Avaz O`tar she`rlarida esa og`zaki tilga (shevaga) xos bo`lgan a tovushiga aylanadi: Oh kim qildi falak, ayru diyorimdin mani To yiroq solmoqqa bir gulrux nigorimdin mani. YOki: Molimni yo`lida aylabon sarf, Mandin hazar etgusi gadolar. 2.Xorazm shevasiga xos uyg`onib o`rniga uyonib formasi qo`llangan: Bu yanglig` olam ahlidin keyin qolmay yurush ayla, Avaz, bo`lg`ay uyonib komgoru komron millat. 136 Avaz O`tar asarlari tilida Navoiy traditsiyasi quyidagilarda ko`rinadi. 1. Navoiy o`z asarlari bilan o`zbek adabiy tilida yirik asarlar yaratib, o`zbek tilini xalq tiliga yaqinlashtirgan bo`lsa, Avaz O`tar o`g`li ham shu traditsiyani davom ettiradi. Buning dalilini yuqoridagi faktlarda ko`rdik. 2.Navoiy asarlarida qo`llangan ko`pgina so`z va so`z formalaridan foydalanadi: a) III-shaxs kishilik olmoshining ko`pligi alar formasida ham qo`llanadi: Umidim-yashasin maktab bolasi, Alar har biri sheri jayonim. («Fidoyi xalqim»). b) -dag`i bog`lovchisi qo`llangan: Ko`ngullarning sururi, dog`i ko`zlar nuridir farzand, Alarning umrini, albatta obod etgusi maktab. v) -gu//ku//gu//ku affiksidan foydalangan: Bo`lg`usi, ey dil, muyassar vasli jonon, g`am ema, Kim oning kelmakligiga bordur imkon, g`am ema. g) ravishdoshning -bon//ibon//ubon affiksi bilan hosil qilingan formasi qayd qilinadi: Ochib har bir sarida maktabing unvonin aylab cho`x, Taraqqiy aylamasmu o`qubon behaddu son millat. d) kelasi zamon sifatdoshining qo`llanishida ham Navoiy tiliga xos forma qayd qilinadi: Ne manga yoronu hamdam, ne manga bir mehribon SHum iqbolim agardi (eyurdi), yo`ku borimdan meni. e) jo`nalish kelishigining -a//e affiksli formasi aktiv qo`llangan: 137 Lozim siza har tilni biluv ona tilidek. j) so`roq olmoshi qago Avaz O`tar she`rlarida qo`llangan: Qaro millatga bizdek gar nosimi inqiroz etsa Anga albatta mustahkamlik ijod etgusi makteb. 3. Navoiy tilida uchraganidek, O`g`uz gruppa (Xorazm shevasining o`g`uz gruppa sheva bo`lganligi uchun ham) tillarining ta`siri uchraydi. Masjidni o`ziga dom etibdur, Bilmam, buni kim imom etibdur. Avaz O`tar she`rlarida «SHajarai turk» va «SHajarai tarokima»asarlarining ayrim ta`siri ham qayd qilinadi. Masalan, III -shaxs kishilik olmoshining ko`plik formasi onlar tarzida ham qo`llangan: Bilmayin onlarda hech millat, vatanni saqlamoq Bo`ldi qurbon bu sababdin doimo ag`yor xalq. Avaz O`tar o`g`li asarlari leksikasini asosan turkiy va arabcha-forscha so`zlar tashkil etadi. Rus va rus tili orqali kirgan so`zlardan u deyarli foydalanmadi. Umuman, o`zbek adabiy tili XIX asrning II-yarmida o`zining yuqori bosqichiga ko`tarilishida Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O`tar o`g`li kabi demokratik-ma`rifatparvarlarning asarlari rol’ o`ynadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling