O`zbekiston respublikasi


O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIY


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
til tarixi

O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIY  
IJODINING ROLI 
XIX  asrning  2-yarmi  va  XX  asr  boshida  yashab  ijod  etgan  O`zbek 
demokratik  shoirlari  Muqimiy,  Furqat,  Zavqiy,  Avaz  O`tarlarning  asarlari  o`zining 
g`oyaviy mazmundorligidan tashqari, tilining soddaligi va ravonligi bilan ham feodal-
saroy  adabiyotiga  mansub  bo`lgan  reaktsion  shoirlardan  ajralib  turadi.  Demokratik 
shoirlar o`z asarlarining ommaga tushunarli bo`lishiga va unga tezroq borib etishiga 
katta  ahamiyat  berdilar.  Adabiy  tilni  jonli  tilga  yaqinlashtirishga,  jonli  til 
elementlaridan foydalanib, adabiy tilni boyitishga intildilar. 
O`zbek  adabiy  tili  ko`p  asrlik  traditsiyaga  ega  bo`lib,  u  A.Navoiy 
tomonidan shakllantirilgan va rivojlantirilgan edi. Biroq zamonlar o`tishi bilan Navoiy 
tilidagi  ayrim  formalar  o`zgarib  eskira  boshladi.  Muqimiy  asarlari  tili  Navoiy 
tilining eski o`zbek adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan ko`p jihatlari bilan 
farq qiladi. Bu farq asos-e`tibori bilan tildagi xalqchillikda ko`rinadi. 
Muqimiy  mehnatkash  omma  hayotidan  faqat  tema,  syujetnigina  olmadi, 
balki  shu  bilan  birga  bitmas-tuganmas  manba  bo`lgan  xalq  tilidan  ham  unumli 
foydalandi. Bu jihatdan uning satirik asarlari tili xarakterlidir. 
Muqimiy  asarlari  tilidagi  xalqchillik  xalqning  jonli  tiliga  xos  bo`lgan 
kichraytish,  erkalash  kabi  ma`nolarni  ifoda  qiluvchi  so`z  formalarini  qo`llashda 
ko`rinadi. 


 
126 
Zulfu  kәkilchәlәri yүzginәsigә tushgan  
Anga oxsharki, tutar ayginani hālagina. 
So`z turkumlaridan ot, sifat va ravishga -gina,  - cha, affikslarini qo`shish 
orqali yuqoridagi ma`nolarni ifoda qilishga erishgan. 
Muqimiy juda ham rang-barang bo`lgan jonli so`zlashuv tili vositalaridan 
ustalik  bilan  foydalandi  va  adabiy  tilni  yangi  so`zlar,  frazeologik  birikmalar  bilan 
boyitdi.  Bunday  so`z  va  iboralardan  quyidagilarni  ko`rish  mumkin:  «YOtqizib  tilsәң 
banāgāh qarnidan iqmas alif», «qoydi sāyil kabi nechә xil nān», «qaysi kүn hajdan 
keldi  boldi  rasvābachchag`ar»,  «Kocha  darbāza  toy  kuni  zanjir»,  «zanchaligi», 
rudāpa, dag`uli «solag`i chiqqan», «luchchak», «hangu mang», «nosu bang». 
SHoir  satirasi  lirikasida  xalq  so`zlashuv  tiliga  oid  qator  so`zlarni  uchratish 
mumkinki, ularning ekvivalenti shu davrgacha adabiy tilda bo`lgan emas. Masalan, 
xalq  so`zlashuv  tilida  «sdacha»  ma`nosida  «kolg`ich»  so`zi  ishlatilgan.  SHu  so`z 
Muqimiyda qo`llangan: 
Āshiqidin  choyxo`rini bexabar qalg`ich olur,  
Emdi bolmish it, agar chandiki ilgәri kiyik. 
Paqir so`zi ( chaqa pul ma`nosida). 
Satar olsaң, ӛzim bahā qoysam,  
Bir miri atu bir paqir aravang.  
Tag, joy so`zi. 
Mag`rur xasisu beshu kam,  
Har ganda goz ichkay qasam,  
Tag jāy alur maxāvdin ham,  
Hāji ӛzi murdār ekan. 
Muqimiy satiralarida ba`zi so`zlar ko`chma ma`noda qo`llanib, adabiy tildagi 
ma`no  xususiyatlariga  nisbatan  alohida  obrazlilikka  va  ekspressiv  bo`yoqqa  ega 


 
127 
ekanligi bilan ajralib turadi. Misollar: 
Toyga ӛzi tuxumdin xātin demәdi,  
Achchig`idin atasi ash emәdi.  
YAkka nafsimga gadālig` әylәsәm, andag` emәs,  
Jo`jasi kӛp qip-qizil degәn: qani don?» ko`samen     
Ichkәrisi birlә ham emdi tavakkal gap esәng  
Erlәri ornig`a shāld xātunidin tegsә gap. 
YUqoridagi  baytlardagi  tuxum  so`zi  qarindosh-urug`,  jo`ja-  bola-chaqa, 
ichkari-xotin-qiz, ayol ma`nosida qo`llangandir. 
Muqimiy  asarlarida  jonli  tilga  xos  leksik  elementlarigina  emas,  balki 
fonetik xususiyatlari ham aks etgan: Misollar 
Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taroxlab  
Ichkan giyahi bo`lsa ko`knor, aroba qursun.  
Ilohi saxla sharridin, Muqimiyga jiyandur bu  
Bahaqqi choriyoru hurmati payg`ambaron, bezgach.  
Bu fonetik hodisa Farg`ona vodiysi shevalari uchun xarakterlidir.  
Muqimiy  ijodida  so`zlashuv  tilida  bo`lgan  eng  uchida,  өpkәңni  bas,    kөzgә  
bizi      ilmәgәy,        ashi      misāli      tabaqda      kөz      yashi,        changi      chiqdi      kabi   
frazeologik birikmalardan unumli foydalangan. 
Muqimiy  asarlarida  -zor  affiksi  jonli  tildagidek  shaxs  otlariga  ham  qo`shilib 
kelgan: 
Etdim ul oqshom g`am yutub,  
Dashti qarakchizār ekәn. 
Muqimiy  asarlari  tili  eski  o`zbek  tilining  davomidir.  Muqimiy  asarlari  tilida 
klassik shoirlarda uchrovchi leksik elementlar, grammatik formalarni uchratish mumkin. 
Navoiy  va  boshqa  klassiklar  leksikasida  qatnashgan  so`zlar  Muqimiy  lirikasidan  ham 


 
128 
o`rin olgan. 
Uning  asarlari  grammatik  kurilishida  esa  Navoiy  tilida  qayd  qilingan 
barcha formalar uchraydi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling