O`zbekiston respublikasi
O`RTA OSIYONING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINGANIDAN
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
O`RTA OSIYONING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINGANIDAN
1905 YILGACHA BO`LGAN DAVRDAGI O`ZBEK ADABIY TILI O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shib olinishi chekka o`lkalarda yashagan millatlar va elatlar shu jumladan o`zbek xalqining ham rus madaniyati va adabiyotidan bahramand bo`lishida ijobiy rol’ o`ynadi. Bu davrda ikkita adabiyot-reaktsion va progressiv-demokratik adabiyoti o`sdi va taraqqiy etdi. Davrning adabiy tiliga diqqat qilsak,, undagi o`zgarish va burilish avvalo leksikada ko`rinadi. XIX asrning II yarmida so`z san`atkorlari yangi tushunchalarni ifodalash uchun rus tiliga, mahalliy shevalarga va o`zbek adabiy tilining ichki imkoniyatlariga murojaat qildilar. So`z tanlash va ijod qilishda o`sha davrda uch manbaga asoslanib ish tutdilar.. Ular quyidagilardir: 1.O`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida yaratilgan so`zlar hisobiga adabiy til boyidi. Ma`lumki, jamiyatda paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bunday so`zlarning bir qismini 123 semantik neologizmlar tashkil etadi. Rus madaniyati va fani bilan bog`liq kirib kelgan tushunchalar quyidagicha ifoda qilingan: a) Ruscha tushunchalarning ma`nosini berish uchun o`zbek tilida avvaldan bo`lgan so`zlar moslashtirilgan. Masalan, Jahonnoma geografiya ma`nosida, manzil (T.Z.G)-stantsiya ma’nosida, bosmaxona-tipografiya, tabib-vrach, nishon (T.V.G)-orden. b) Rus tilidagi terminlarni kol’ka qilish orqali yangi tushunchalar ifoda qilingan: poxval’naya gromata-ta`rifnoma, ambulatornaya - tabibxona, upravitel’ — boshqaruvchi, jeleznaya doroga — temir yo`l, beliy tsar’ — oq poshsho, povestka - chaqiruv qog`ozi, kerosin - er yog`i, shtraf - jarima puli, ruchka - po`lod qalam, poezd - otash arava, poroxod - otash kema. 2.Xalq jonli tilidan foydalanib, adabiy tilni boyitdilar, Bu davr so`z san`atkorlari XIX asrning 1-yarmida yashab ijod etgan Maxmur, Gulxaniy traditsiyalarini davom ettirib, «avomcha» hisoblangan xalq tilidan foydalanib adabiy tilning boyishiga xizmat qildilar. Professor Karimov ta`kidlaganidek, adabiyotning jonli tilga intilishi va uning xazinasidan samarali foydalanishi bu adabiyotning hayotga yaqinlashayotganidan, realizmga qarab intilganidan dalolat beradi. Haqiqatan xam, demokratik adabiyotda realizmning g`alaba qilayotganligi adabiy til taraqqiyotida ham, uning leksik sostavida ham ko`rinib turadi. SHunday ekan, demokratik adabiyot vakillarining asarlarida jonli so`zlashuv tiliga xos bo`lgan so`zlarni ko`plab topish mumkin. Masalan, bo`zchi, kosov, bezgak, paxsa, loy, arava va boshqalar. 3.Adabiy til rus tilining hisobiga boyidi. «Turkiston viloyati gazeti» da mahalliy ziyolilar ayrim asar va maqolalarni rus tilidan tarjima qilib nashr qila boshladilar. Bunda ko`pgina ruscha so`zlar o`z holicha qabul qilindi. Bundan tashqari madaniy va siyosiy hayotdagi boshqa o`zgarishlar rus tilidagi so`zlarning o`zbek tiliga o`zlashishiga olib keldi. SHu davrdagi progressiv-demokrat shoir va yozuvchilar asarlarida «Turkiston viloyati gazeti» sahifalarida quyidagi sohalarga oid ruscha va rus tili orqali kirgan so`zlar qo`llangan: 124 1. Ijtimoiy-siyosiy, harbiy-politsiya rejimi bilan bog`liq bo`lgan so`zlar: uezd, volost’, duma, pristav, konsul, soldat, tor’ma, shtraf, geniral, gubernator. 2. Transportga oid so`zlar: poezd, vagon, kolyaska, vokzal, stantsiya. 3. Pochta va telegraf bilan bog`liq bo`lgan so`zlar: pochta, telegraf, adres, marka, konvert. 4. Sanoat va moliya ishlari bilan bog`liq so`zlar: zavod, fabrika, kupets, magazin, bank, vensel’. 5. Fan va madaniyat bilan bog`liq so`zlar: gimnaziya, teatr, muzika, muzey, gazeta. 6. Meditsinaga oid so`zlar: gospital’, doktor, lazaret, fel’dsher. 7.Sud ishlariga oid so`zlar: sud’ya, zakun. 8. Hujjat va mukofotlarga oid so`zlar: bilet, pasport, orden, medal’. 9. Uy-xo`jalik predmetlari nomlari: samovar, stol, stul, patnis, talinka, lampa, fonuz, pech’, kalish, dran, sitets. 10.O`lchov birliklari nomlari: pud, sajen, vershon, minut. 11. Oziq-ovqatga doir so`zlar: pivo, kvas, limonad, kofe, konfet, kartoshka, suxari. 12.Etnik va toponomik nomlar: Moskva, Rossiya, ingliz, frantsuz, rus. Bu davrdagi rus tilidan o`zbek tiliga so`z qabul qilinishi asosiy sababi shundan iboratki, madaniy turmushda bir qancha yangiliklar paydo bo`ldi. Bunday tushunchalarni ifodalash uchun o`zbek tilida so`z yo`q edi. SHuning uchun rus tilidan to`g`ridan-to`g`ri so`z qabul qilganlar. XIX asrning II-yarmida rus tilidan o`zlashgai so`zlarning bir qismi aslida turkiy so`zlardir: Ular yangicha ma`no va ba`zi fonetik o`zgarishlar bilan qabul qilingan. Bularga tovar, istihān, karandash (qalam) boyar, bek, bashmak, kolpak, kabluk, chulan, cherak, den’gi, karaul, yarlik, kabak va h.o. O`zlashgan so`zlar ichida etimologik jihatdan arabcha va Evropaning boshqa mamlakatlari tillariga oid so`zlar ham bor. 125 YUqoridagi kabi so`zlarning aksariyat qismi jonli so`zlashuv nutqi orqali va vaqtli matbuot orqali o`zbek tiliga kirib kelgan. Turli tildagi tarjimalar faqat rus tilidan emas, balki fors-tojik tilidan ham bo`ldi. Ayniqsa bu davrda Bedil ijodi bilan qiziqish va unga ergashish kuchaygan edi. SHu tufayli demokratik shoirlar zullisonaynlikni davom ettiradi. Natijada klassik adabiyotda fors-tojikcha, arabcha leksik va grammatik elementlardan foydalanish traditsiyasi ham davom ettirildi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling