O`zbekiston respublikasi
ADABIY TILNI TARIXIY-STILISTIK TOMONIDAN
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
ADABIY TILNI TARIXIY-STILISTIK TOMONIDAN
O`RGANISH MASALASI. O`zbek adabiy tili tarixining vazifasi badiiy, publitsistik, ilmiy- ommabop, dokumental asar va ishlarning tilini, ularda adabiy tilning aks etishini, taraqqiyot jarayonini hamda ularning stillarini o`rganishdan iborat. Umuman, adabiiy til taraqqiyoti ikki aspektda o`rganiladi; tarixiy va stilistik. Ular bir-biri bilan bog`liq holda o`rganiladi. Adabiy til stillar sistemasidan iborat bo`lib, u turli davrlarda jamiyatning rivoji bilan turli xil bo`lishi mumkin. Chunki fikrni ifoda etish jarayonida xar bir asar nutq tuzilishining o`ziga xosligi bilan farqlanadi. Adabiy til stili taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan ajralgan qolda qaralmaydi. Til birliklari va ularning qo`llanishi normalari asar janri bilan mustahkam aloqadadir. SHuning uchun ham adabiy tilning stillarini klassifikatsiya qilganda,uning janr xususiyati hisobiga olinadi. Janrlarga qarab adabiy tilning stillarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin. 1. Adabiy-badiiy stil. Bu ikki gruppaga bo`linadi: poetik uslub va prozaik uslub. 2. Ijtimoiy-publitsistik stil. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy 6 ishlar, maqolalar va ocherklar stili kiradi. 3. Ilmiy bayon stili. Bunga butun fanlarga doir ilmiy asarlarning stili kiradi. 4. Professional texnik stil. Bu turli kasb-hunar sohasida ish yurituvchilar uchun xizmat qiladi. 5. Rasmiy hujjatlar stili. 6. Har xil yozishmalar, kundalik va xatlarga xos bo`lgan stil. Adabiy til tarakqiyotining turli davrlarida adabiy stillarning qo`llanishi doirasi o`zgarib boradi. Masalan, inqilobgacha o`zbek adabiy tilida poeziya stili keng qo`llangan bo`lsa, hozir proza stiliga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. Endi adabiy stillar uchun nimalar umumiy va nimalar o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadi,degan savolga javob beramiz. Adabiy til stili uchun umumiy bo`lgan xususiyat tilning struktura elementlaridan-tilning fonetik, grammatik va leksik elementlaridan foydalana olishidir. Tilda shunday so`zlar borki, ular adabiy tilning barcha stillarida qatnasha oladi. Bu kabi so`zlarni ilmiy adabiyotlarda stilistik neytral so`zlar deb ham yuritiladi. Masalan, oq, suv, o`tirmoq, bormoq. Bunday umumiylik leksikada chegaralangan bo`lsa, fonetik va morfologiyada deyarli chegaralanmagan. Stillar quyidagi xususiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi; 1. So`z tanlash xususiyatiga ko`ra. Rasmiy qog`ozlarda stilistik neytral so`zlar ko`p qo`llansa, she`riyatda obrazli so`zlar ko`p qo`llanadi. 2. Terminologik ma`nolariga ko`ra. Masalan, morfologiya tilshunoslikda so`z formasi haqidagi ta`limotni bildirsa, meditsinada hujayralar haqida fikr yuritiladigan sohani bildiradi va x.k. O`zbek tili O`rta Osiyodagi qoraqalpoq, turkman, qirg`iz, MDH davlatlaridan Volga bo`yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumuk, qorachoy, bolqar, qrimdagi gagauz, qrim-tatar, chet mamlakatlaridagi uyg`ur, usmonli turk kabi qator tillar bilan birgalikda alohida til gruppasini tashkil etadi. Bu gruppa fanda turkiy tillar oilasi deb yuritiladi. Turkiy tillar umumiy gruppa qurilishi, fonetik teng kelishi, lug`at sostavi jihatidan bir-biriga yaqinlik 7 darajasi shu tillar tarakqiyotining keyingi davrida yuzaga kelgan hodisa bo`lmay, balki qadimgi hodisadir. Turkiy tillar qanchalik qadim bo`lsa-da, ular orasidagi o`xshashlik, yaqinlik ko`pdir. Bularning hammasi turkiy tillar qadim zamonlarda qandaydir bir til manbaiga, negiziga ega bo`lganligidan darak beradi. Turkiy tillar esa, o`z navbatida, boshqa tillar bilan aloqasiz va boshqa tillardan ajralib qolgan oila tili bo`lmagan, aksincha ular Oltoy gruppasiga kiradigan boshqa tillar bilan ko`p jihatidan tarixiy umumiylikka egadir. Turkiy tillarning o`zaro o`xshashlik darajalari quyidagilarda ko`rinadi: 1. O`zbek tilidagi so`zlar boshqa turkiy tillardagidek asosan uch tovushli bo`ladi: bil, Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling