O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
til, kel, ko`z va h.o.
2. O`zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko`p bo`g`inli so`zlar juda kam. Asosan bir bo`g`inli: ot, ov, oy; ikki bo`g`inli bo`ladi: ikki, olti, etti va h.o. 3. Barcha turkiy tillardagi singari so`zlar ko`p ma`nolidir: bosh, tosh, tish, uch. 4. Ayrim ko`makchilarni hisobga olmaganda, so`zining oxirgi bo`g`inida undoshlar qator kelmaydi: ostki, ustki. 5. Boshqa turkiy tillardagi kabi affikslar so`z oxiriga qo`shiladi. Bundan fors-tojik tilidan o`zlashgan prefikslar mustasno. 6. Barcha turkiy tillardagi singari o`zbek tilida agglyutinatsiya qonunlari amal qiladi va h.o. YUqoridagi o`xshashliklar bilan bir qatorda o`zbek adabiy tili o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi. Masalan; o`zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, ә, o, o`, u, i) qirg`iz tilida sakkizta (a, ә, o, ө, u, ү, i, i), uyg`ur tilida ham sakkizta (a, e, o, ө, e, u, ү, i), xakos tilida esa to`qqiztadir. Hozirgi o`zbek adabiy tilida singarmonizm qonuniyatiga amal qilmaydi, boshqa turkiy tillar esa bu qonuniyatga amal qiladi. Eski o`zbek tilida unlilar uyg`unligi bo`lgan, lekin u qattiq va yumshoqlikka qarab farqlangan: kәlduk, kөrүң, bardi. 8 O`zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. Ammo turkiy tillardan ba`zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi. O`zbek va turkman tillarida so`z boshida keladigan y tovushi qipchoq guruhidagi turkiy tillarda dj va j tovushi bilan beriladi: yigit - jigit, yo`q –jo`q, etti — jetti. O`zbek tilida k, t bilan boshlanadigan so`zlar o`g`uz guruxidagi turkiy tillarda d, g bilan beriladi: temir - demir, teve — deva, til - dil, ko`z — go`z, kun - gun kabi. O`zbek tilida ayrim so`zlarda ch, sh undoshlari ishlatilgani holda, qoraqalpoq va qozoq tillarida s undoshlari ishlatiladi: kuch — kush, och - ash, tish — tis, bosh-bas kabi. O`zbek tilida g` undoshi bilan tugagan so`zlar tatar, boshqird, qirg`iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog` – tav – tau, bog` – bav – bau, sog` – sav – sau kabilar. O`rta Osiyo va Qozog`istondagi turkiy tillar grammatik qurilishida ham o`xshash tomonlar mavjud. Turkiy tillardagi so`z turkumlari, so`z yasovchilar, so`z o`zgartiruvchilar, shakl yasovchilar bir-biriga o`xshaydi. Ammo affikslar har bir tilning o`z fonetik tuzilishiga ko`ra turlicha variantlarda keladi. Masalan, o`zbek adabiy tilidagi ko`plik -lar afiksi bilan ifodalanadi. Boqsha turkiy tillarda ham -lar bilan beriladi. Lekin qozoq tilida oltita (-lar, -lәr, - dar, - dәr, - tar, - tәr), qirgiz tilida o`n ikkita (-lar, -lәr, - dar, - dәr, - tar, - tәr, - lor, - lәr, - dor, - dәr, - tor, - tәr) varianti bordir. Xuddi yuqoridagi kabi o`zbek tilidagi kelishik, egalik, kesimlik, shaxs, zamon, affikslari boqsha turkiy tillarning talaffuz qonuniga ko`ra turlicha fonetik variantlarda ishlatiladi. O`zbek tili bilan boshqa turkiy tillar o`rtasidagi o`xshashlik va noo`xshashliklar ularning lug`at tarkibida ham mavjuddir. Agar o`zbek tili lug`at tarkibini ko`zdani kechirsak, unda umumiy turkiy tillarga, O`rta Osiyo va 9 Qozog`iston turkiy tillarga tegishli va faqat o`zbek tilining o`ziga xos so`zlarini uchratamiz. Umumiy turkiy tillarga tegishli so`zlarning dastlabki qo`llanishini runik yozma yodnomalarda uchratamiz. O`rta Osiyo va Kozog`istondagi turkiy xalqlarga aloqador bo`lgan so`zlarning dastlab ishlatila boshlanishi X-XIII asrlar yodgorliklarida ko`ramiz. O`zbek tilida boshqa turkiy tillarga xos xususiyatlar bilan birga turkiy bo`lmagan tillarda so`zlashuvchi unsurlarning ta`siri ham bor. Bu hol o`zbek tili materiallari asosida turkiy tillarga oid bir qator muammolarni hal qilishda qiyosiy- tarixiy usulni joriy qilishga keng imkon beradi. Tillarning qarindoshligini qiyosiy-tarixiy usul asosida o`rganishni birinchi marta Mahmud Qoshg`ariy boshlab bergan. Biroq uning jahon axamiyatiga ega bo`lgan «Devonu lug`atit turk» asari etarli darajada o`rganilmagan. Ma`lumki, VI asrda turkiy kabilalar kuchayib, o`zlarining ko`chmanchi Tukyu imperiyasini tuzadi.Bu imperiyaning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, Hindistonga borib taqalar edi. O`zaro urushlar va arablar istilosi natijasida Tukyu davlati ikki qismga ajraladi. Biri markazi Ettisuv bo`lgan g`arbiy turklarga va ikkinchisi markazi Mo`g`iliston bo`lgan sharqiy turklarga ajraladi. Ettisuvdagi Tukyu davlati turgeshlarga o`tadi. VIII asrda o`g`iz va qarluqlarning siquvi ostida bu davlat qarluqlarga o`tadi va Tukyu davlati IX asrning boshigacha Ettisuvni egallab turganlar. Uyg`urlar 745 - yilda dastlab sharqiy tukyu eriga, so`ng g`arbiy tukyu eriga xujum qilib, butun Tukyu davlatini bosib oladi. 840 yilda qirg`izlar uyg`urlarga qarshi kurashib, hokimiyatni qo`lga kiritadilar. SHundan so`ng uyg`urlarning bir qismi qarluqlar tomoniga va bir kismi Tibetga ketadi. Xuddi ana shu davrda hozirgi vaqtda amalda qo`llanib kelinayotgan turkiy tillardan birontasiga ham to`la mos kelmaydigan qadimgi turkiy adabiy tili paydo bo`ladi. Qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari turk-runiy (O`rxun- 10 Enasoy) va turk-uyg`ur yozuvi orqali bizgacha etib kelgan. Bu yozuvlar orqali etib kelgan yodgorliklarni turkiy tillarning birontasiga tegishli deb bo`lmaydi. CHunki ularda O`rta Osiyo va Qozog`istonda yashovchi turkiy xalqlarga tegishli fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni uchratamiz. Masalan: Kultәgin yoq, әrsәr, kөplөltari әrtigiz. Inim Kultegin kәrgәk Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling