I. Turdosh va atoqli otlar
Bu mavzuni o'tish jarayonida o'qituvchi kishilarning aniq nomlaridan tashqari, taxalluslar va
jonivorlarga atab qo'yilgan nomlar ham atoqli ot sanalishini alohida izohlaydi.
Turdosh ot bir turdagi predmetlarni boshqa turdan ajratsa (kitob, ruchka, suv), atoqli ot shu
turning ichidan bittasini nomlaydi (Qoplon, Arslon).
Ayniqsa, turdosh otning atoqli otga ko'chishini maxsus mashqlar yordamida mustahkamlash
kerak.
to'lqin-To'lqin
uchqun-Uchqun
g'ayrat-G'ayrat
Shu so'zlarni qatnashtirib, gaplar tuzdiriladi. Qaysi o'rinda turdosh, qaysi o'rinda atoqli bo'lib
kelayotganligi izohlanadi.
Atoqli otlar haqida bilim berilganda, ayrim otlarning qo'shtirnoq ichiga olinishini alohida
ta'kidlanadi va bunga bag'ishlangan maxsus mashqlar o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |