8. Pedagogik tahlil:
Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas`uliyatli bo`lib, o`qituvchining tashqi qiyofasi,
o`quvchilar bilan til topisha olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida
umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o`quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati
ham nazarda tutiladi. Shuningdek, pedagogik kvalimetriya (kasbiy rivojlanish) – turli mavzularni
ochishda pedagogik mahoratdan foydalana olish, mavzuga mos sun`iy vaziyatlar yarata olish va
ushbu vaziyatlarni tahlil qilish, pedagogik deontologiya (kasbiy axloq odobi) – o`quvchilar bilan
mavzu doirasida mantiqiy fikrlar orqali munozaraga kirisha olish va ana shu jarayonlarni to`g’ri
boshqarish kabilar chuqur tahlilga tortiladi. eng asosiysi, mashg’ulot mobaynida hozirgi kunda
dolzarb bo`lib turgan milliy tarbiya (ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat, milliy
istiqlol g’oyasini singdirish) elementlari qanday amalga oshiriladi? Bu tarbiya turlaridan qay biriga
aynan shu darsda ko`proq e`tibor berildi? Darsning tarbiyaviy ta`sir samarasi qanday bo`ldi kabi
savollar pedagogik tahlilning asosini tashkil etadi. Shuni ta`kidlash kerakki, o`qituvchining nutqi
dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ovozdan to`g’ri va o`rinli
foydalanish, mimika va xatti-xarakatlar ham o`z o`rnida bo`lishi kerakligi e`tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |