Ushbu tahlil asosida o`tilayotgan mavzu mazmun mohiyatiga uyg’un holda jamiyatda
amalga oshirilayotgan islohotlarning o`quvchilarga etkazilishi e`tiborga olinadi. Dunyo yangiliklari,
60
globallashuv jarayonidagi o`zgarishlarga munosabat va boshqalarning dars mobaynida qay darajada
aks ettirilishi metodologik tahlilda o`z bahosini topadi. Bunda o`qituvchi badiiy asarlar va ularning
namunalari, xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanishi mumkin.
7. Psixologik tahlil:
Bu tahlilda, avvalo, o`quvchilarning ruhiy holati, kayfiyati, ularning sog’lig’i, jamoadagi
sog’lom muhit, fanga bo`lgan qiziqishlari, dars berayotgan o`qituvchiga munosabati, hozir
javobligi, sezgir va topqirligi, idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va
mantiqiy tafakkurlari, fantaziyasi, mas`uliyati, qobiliyati va bilim, ko`nikma hamda malakalar
darajasi tahlil etiladi. O`qituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan o`z obro`sini saqlagan
holda chiqa olishi, mashg’ulot jarayonida ishtirokchilar holatini his qilishi, o`zini boshqara olishi
ham inobatga olinadi.