O'zbekiston respublikasi
Mavzuga doir tayanch iboralar
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONA TILI OQITISHNING AHAMIYATI
Mavzuga doir tayanch iboralar:
- ilmiylik - mustahkamlik - sistemalilik
- izchillik - tushunarlilik
- prinsip - amaliyot bilan bog'liqlik
1. Ona tili va uni o'qitish haqida. 2. Ona tili boshqa fanlarni o'rganish vositasi sifatida. 3. Bolaning shakllanishida ona tilining ahamiyati. 4. Xulosa.
Har bir fan o'z o'rganish ob'yektiga, maqsad va vazifalariga ega bo'lib, o'ziga xos alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbek tili o'qitish metodikasi ham o'quvchilarga ona tilidan bilim va malaka berish yo'llarini o'rgatadi. O'quvchilarga o'zbek tili grammatikasi, leksika va fonetikasi haqida ma'lumot berish va bu jarayonda olingan bilimlarni amalda tadbiq etishni o'rgatish o'zbek tili o'qitishning muhim vazifalaridandir. O'quvchilar amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o'qiy olsalar, adabiy tilda so'zlay olsalargina ularning ona tilida olgan bilimlari haqiqiy va mustahkam hisoblanadi. O'quvchilarga shuningdek, tinish belgilarini to'g'ri qo'yish, o'z fikrlarini aniq va tushunarli bayon etishni o'rgatish ahamiyatlidir, aks holda o'quvchilar savodsiz bo'lib koladi. Eng avvalo, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan har bir inson o'zbek tilini bilishi kerak, chunki u o'zbek bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'iy nazar kishilar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va muloqotda bo'ladi. O'z ona tilini bilmagan kishi, "ona", "vatan" kabi tushunchalarning mohiyatiga tushunmaydi, bu kishi hech qachon "men o'zbekman" deb faxrlana olmaydi. O'z ona tilini bilmagan xalq nafaqat kelajagini barpo etadi, balki o'z tarixini ham bila olmaydi. O'tmishsiz esa kelajak bo'lmaydi. Bir olim shunday degan ekan: "Agar xalqni yo'q qilmoqchi bo'lsang, uning tilini yo'qotgin". Demak, o'z tiliga ega bo'lmagan, ona tilini bilmagan xalq hech qachon xalq bo'la olmaydi. O'quvchilar ona tilini qunt bilan o'rganish orqali fan asoslarini ongli o'zlashtirib, fikr doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. Ular qayerda ishlamasin, qayerda o'qimasin, baribir o'zbek tiliga murojaat qiladilar. Ona tili barcha bilimlarni o'rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan barcha ishlar uchun zarurdir. Ona tili boshqa fanlarni o'qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi, tarbiyaviy va boshqa gumanitar fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Ona tili bolaning umumiy taraqqiyotida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham ahamiyatlidir. Ona tili, ayniqsa, uning yozma shakli butun madaniyatimiz boyliklarini, fan-texnika yutuqlarini avaylab saqlovchi va avloddan avlodga yetkazuvchi yagona xazinadir, ya'ni u orqali biz milliy qadriyatlarimiz haqida ma'lumot olishimiz, bugungi fan taraqqiyoti natijasida vujudga kelayotgan yangiliklar bilan tanishishimiz mumkin. Demak, adabiyot ham, tarix ham, madaniyat ham-hamma meros ona tilida o'rganiladi. Bundan tashqari, ona tilini chuqur va to'la o'rganmay turib boshqa bir chet tilini puxta o'rganish mumkin emas, chunki o'z ona tilini bilmagan inson o'zgalar tiliga tushuna olmaydi. Chet tilini o'rganishda esa ona tiliga qiyoslab o'rganish katta samara beradi. Demak, biz o'zbek tili vositasida boshqa chet tillarini o'rganish imkoniyatiga ham ega ekanmiz.
10 Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqsh kabidir, deydi dono xalqimiz. Bola yoshligida 2-3 yil ichida shuncha narsani urganib, kup narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan va metodik jihatdan juda to'g'ri o'qitganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Demak, ona tilini bolaga yoshligidan o'rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun quyi sinflarda ona tili o'qitish uchun ajratilgan soatlar ko'proqdir. Ona tili o'quvchilarni aqliy, axlokiy va estetik tarbiyada juda katta o'rin tutishi bilan maktab ta'limida yetakchi hisoblanadi va bundan buyon ham ona tili o'qitish muhim ahamiyatga ega bo'lib qoladi. Ayniqsa, har bir bolaning shakllanishida ona tili ulkan ahamiyatga ega. Yuksak ma'naviyatli va madaniyatli kishini, avvalo, uning og'zaki va yozma nutqi boshqalardan ajratib turadi. O'quvchilarning ijodiy kuchi va bilish qobiliyatini, mustaqil ishlash malakasini oshirishda ham ona tili alohida ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, ona tili o'qitish o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda ham alohida o'rin tutadi. O'quvchilar maktabga kelgunlariga qadar ham ona tilidan foydalana olish ko'nikmasiga ma'lum darajada ega bo'ladilar. Maktab ona tili kursi esa bolalardagi ana shu ko'nikmalarni rivojlantiradi, takomillashtiradi va adabiy til normalari tomon yo'naltiradi. Ona tili orqali har bir o'quvchining nutq qobiliyati o'sib, so'z boyligi oshib boradi. O'quvchilar ilmiy, siyosiy, badiiy kitoblarni o'qish bilan o'z bilim saviyalarini oshirib boradilar. Bu, albatta, til orqali amalga oshadi. Grammatika o'qitish va nutq o'stirish bo'yicha olib borilgan ishlar o'quvchilarning fikrini tartibga soladi, ya'ni mantiqiy fikrlashga, bilimlarini yozma va og'zaki tarzda maqsadga muvofiq ravishda bayon etishga o'rgatadi. O'quvchi ona tilini o'rganib borib, dunyoni bilish va fikrni shakllantirishning eng qulay vositasi bilan qurollanadi. Shubhasiz, ona tili bilan jiddiy shug'ullangan kishi yuksak saviyali, madaniyatli bo'ladi, chunki ona tili, ayniqsa, o'quvchining aqliy mehnat malakalarini o'stiradi. Xulosa aytish mumkinki, ona tilini o'quvchilarga o'qitish juda katta ahamiyatga ega: 1. Ona tilini o'qitish jarayonida o'quvchilarga fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis, punktuasiya, uslubiyat kabi bir qator til bo'limlarining jihatlari haqida ma'lumot beriladi, ularning o'xshash va farqli tomonlarini faxmlashga o'rgatiladi, tilning jamiyat hayotidagi ahamiyati, taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi. 2. Ona tili o'qitish o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini o'stirishga yordam beradi. 3. Ona tili o'qitish orqali o'quvchilarga so'zlarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish o'rgatiladi. 4. Ifodali o'qishga o'rgatiladi. 5. Ona tilini o'qitish o'quvchilarning savodxonligini o'stirishga yordam beradi. Ona tilini o'qitish kabi masuliyatli kabi vazifa pedagoglarning zimmasiga yuklatilgan ekan, bu mas'uliyatni his qilgan holda sidqidildan, jonkuyarlik bilan xizmat qilish zarur.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling