O'zbekiston respublikasi
partiyali ko'ppartiyaviy tizim‖)
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosat nazariyasi
partiyali ko'ppartiyaviy tizim‖). Bir partiyali tizimda yagona partiya davlat hokimiyatiga ham egalik qiladi. Yorqin misoli – sobiq SSSR Kommunistik partiyasi. Umummilliy saylovlarga mamlakatda amal qilayotgan partiyalarning faqat ikkita – yetakchisigina – ovozlarning 90% va undan ortig'ini to'plasa – ―mukammal ikki partiyaviy tizim‖to'g'risida fikr yuritish mumkin bo'ladi. Bunday tizim – AQSda mavjud. ―Ikki yarim‖ partiyaviy tizimda ikki yirik partiya saylovchilar ovozlarining 75-80% ga ega bo'lib, ―uchinchi‖ partiya saylov natijalariga jiddiy ta'sir ko'rsata oladigan darajada ovoz to'plagan bo'ladi. Yirik partiyalar ―uchinchi‖ partiya bilan, yoki o'zaro bir-biri bilan ittifoqlar tuzishga majbur bo'ladilar. Bu tizim, masalan, GFR da amal qiladi. Ammo, vaziyat butunlay qarama-qarshi ham bo'lishi mumkin: mamlakatda amal qilayotgan partiyalar ichida birining mavqei shunchalik yuqori-ki, unga birorta boshqa partiya yetib olomaydi. Ba'zan u saylovda mag'lub bo'lishi mumkin. Chunki, qolgan partiyalar unga qarshi ittifoqda chiqadilar. Ammo, juda qisqa vaqt ichida bu partiya yo'qotgan mavqeini tiklab olish qobiliyatiga ega. Bunday tizimlar ―hukmron partiyali ko'p partiyaviy tizimi‖ deb ataladi. Bunday tizimlar hozirgi kunda bir qator g'arb demokratiyalarida uchraydi: Shvetsiya, Norvegiya, Daniya. Bu yerda hukmron sotsial-demokratik partiyalar o'z mavqelarini muxolifotning ko'p sonligini va uyushmaganligi tufayli ham uzoq vaqt davomida saqlab qola olayaptilar. Shu jihati bilan bu partiyalar bir partiyaviy tizimdagi yagona partiyadan farq qiladi. Ko'pgina mamlakatlarda mavjud ko'p partiyaviy tizimlarda bir qator partiyalar hokimiyat uchun kurashda deyarli bir xil imkoniyatlarga ega. Shuningdek, ular turli ittifoqlar, partiya bloklari tuzishlari mumkin. Bunday tizimlardagi partiyalarning sonlari turlicha bo'ladi: 3 tadan (Belgiya, Avstriya) 12 ta (Niderlandiya) va undan ortiq. Ko'ppartiyaviylik shakllanishiga bir qator omillar ta'sir etadi. Ko'p qatlamlar, sinflarga ega mamlakatlarda ko'ppartiyaviylik shakllanishi oson (Rossiya). G'arbiy Yevropa mamlakatlarida mafkuraviy va diniy, shuningdek, tarixiy va milliy omillar ko'ppartiyaviylik shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan. Partiyalar soniga saylov tizimining turi ham ta'sir etadi. Xususan, M.Dyuverje uch sotsiologik qonunni bayon etgan: 1) proporsional vakillik ko'ppartiyaviylikka olib keladi; 2) majoritar tizim asosidagi ikki bosqichli saylovlar ittifoqlar bilan yumshatiluvchi ko'ppartiyaviylikka olib keladi; 3) bir bosqichli majoritar tizimdagi saylovlar ikki partiyaviylikka olib keladi. Xo'sh, sanab o'tilgan partiyaviy tizimlardan qaysi biri mukammal? Albatta, bu savolga uzil — kesil javob berib bo'lmaydi. Bir partiyaviy tizim demokratiyaga mutlaqo yotligini nazarda tutib, ikki va ko'ppartiyaviy tizimlarning afzalliklari va kamchiliklari to'g'risida to'xtalib o'tamiz: Ikki partiyaviy tizimda g'olib chiqqan partiya hukumatni tuzadi va o'zi faoliyat ko'rsatgan muddatdagi barcha yutuqlar va kamchiliklar uchun yakka o'zi mas'uldir. Bunday hukumat barqaror bo'ladi, negaki, hukumat a'zolari bir partiya vakillari bo'lishi bilan birga, shu partiya parlamentdagi mandatlarning ham, ko'pchiligiga ega bo'lishi mumkin. Aholi ishonchini oqlamagan taqdirda ham norozilik siyosiy tartibga emas, hokimiyat partiyasiga qaratilgan bo'ladi. Ikki partiyaviy tizim partiyalar o'rtasidagi mafkuraviy ixtiloflarni yumshatishga xizmat qiladi, deb hisoblanadi. Bu esa siyosiy tizimni ancha barqarorlashtiradi. Faqat ikki partiyaviy tizimgina mas'uliyatli boshqaruv talabiga javob beradi. Partiyalardan biri hokimiyat tepasida turadi, ikkinchisi — muxolifotda. Saylovchilar saylovlardan partiyalarni nazorat etish uchun foydalanishadi. Ikki partiyaviy tizimlar, haqiqatan ham, barqarorligi va samaradorligini namoyon etdilar. Ko'p partiyaviy tizim ikki partiyaviy tizimdagi muhim bir kamchilikni to'ldiradi — u jamiyatdagi barcha manfaatlarning bayon etilishini ta'minlaydi va shu tariqa davlat hokimiyatiga, kim tomonidan bo'lmasin, ta'sirning monopollashishiga yul qo'ymaydi. Bu esa, ayniqsa, o'tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda demokratik islohotlarning yana bir kafolati bo'lib xizmat qiladi. Ammo, ko'ppartiyaviylikning bir qator kamchiliklari ham bor: har bir partiya faqat o'zi bayon etayotgan tabaqa manfaati bilan cheklanib, jamiyatdagi talablarni uyg'unlashtirishga intilmaydi. Shu tariqa, u jamiyatdagi manfaatlarni saralash funksiyasini yaxshi bajarmaydi. Ko'p partiyaviylik uchun siyosiy hukumat inqirozlari xos. Ko'ppartiyaviylikda — yetarlicha siyosiy madaniyatga ega bo'lmagan odam to'g'ri qarorga kelishi qiyin, negaki u xilma-xil partiyalarning dasturlaridagi barcha qirralarni chuqur anglab yetish, tushunishi, ularni farqlashi kerak bo'ladi. 11.4. O'zbekistonda partiyaviy tizim shakllanishi xususiyatlari O'zbekistonda bugungi kunda ko'ppartiyaviy tizim shakllanib bo'ldi. Ammo, bu jarayon hali tugallangani yo'q. Iqtisodiy islohotlar, mulkchilikning turli shakllari rivojlanib borishi bilan aholining ijtimoiy mobilligi ortib boradi va, demak, bugungi partiyalar va harakatlar tarkibi va mazmunida o'zgarishlar ro'y berishi muqarrar. Oliy Majlis tuzilishida belgilangan o'zgarishlar ham partiyalar va elektorat faollashishi, partiya dasturlarining konkretlashishi, partiya tayanuvchi ijtimoiy qatlamlarning saralanishiga olib keladi, deb ehtimol qilishga imkon beradi. Garchand, O'zbekistondagi olimlar, jamoatchilik vakillarining bir qismi mamlakatimizda ikki partiyaviy tizim amal qilishi tarafdorlari sifatida partiyalar sonining kamayishini bashorat qilsalar—da, fikrimizcha, yaqin yillar ichida O'zbekistonda ko'ppartiyaviy tizim saqlanib qoladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Jamoat birlashmalari" nomli XIII bobining 60 - moddasida siyosiy partiyalarga quyidagi ta'rif berilgan: "Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o'z faoliyatlarining moliyaviy ta'minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organlarga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar". O'zbekistonda partiyalar faoliyati huquqiy jihatdan bir qancha hujjatlar bilan tartibga solinadi: 1. O'zbekiston Konstitutsiyasining 34 - moddasida fuqarolarning erkin tarzda kasaba uyushmalariga, siyosiy partiya va ijtimoiy harakatlarga birikishlari mumkinligi belgilangan. 2. O'zbekiston Konstitutsiyasining 60 - moddasida siyosiy partiyalarning o'zlari saylab qo'ygan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishlari ta'minlanadi. 3. "O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari" to'g'risidagi (1991 yil 31 avgust) Qonun. 4. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to'g'risida" (1991-yil 18 sentabr) Qonuni. 5. "O'zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to'g'risida" (1992 yil 2 iyul) Qonun. 6. "Siyosiy partiyalar to'g'risida" (O'zbekiston Respublikasi) Qonuni. "Xalq so'zi" 1997-y. 7-yanvar. 7. "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov" to'g'risidagi Qonun (1993-yil 28- sentabr) Qonuni v.h. 8. O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil qilish to'g'risida"gi Qonun. 1993-yil 2-sentabr. Hozirgi kunda O'zbekistonda mavjud partiyalar faoliyati, sustligini fuqarolar ham, mutaxassislar ham ta'kidlayapti. Buning bir qator obyektiv sabablari bor. Ma'ruzadan bilib olganimizdek, partiyalar fuqarolik jamiyati negizida fuqarolar, guruhlar, qatlamlar manfaatini davlatga bayon etuvchi tashkilot sifatida faoliyat ko'rsatadi. Ammo, O'zbekistonda fuqarolik jamiyati endi shakllanayapti, xususiy mulkchilik negizida yangi qatlamlar vujudga kelishi va manfaatlarning saralanishi hali uzoq davom etadigan jarayon. Shuning uchun ham, partiyalarimiz dasturlari va tayanch bazalari o'xshab ketadi, dasturlarda bayon etilgan maqsadlar bilan amaliy faoliyat o'rtasida farq mavjud. Partiyalar kasaba uyushmalari yoki davlat tashkilotlariga o'xshash vazifalarni bajarib kelayapti. Bu vaziyatda partiyalar apparatida ishlash uchun ko'proq politolog, sotsiolog, psixologlar jalb qilinib, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bu boradagi yuzaga kelayotgan manfaat va talablarni bayon etib, saralab, davlat hokimiyati organlariga yetkazish, aholi siyosiy madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishlari maqsadga muvofiq bo'lib ko'rinadi. Partiyalarning bugungi O'zbekiston siyosiy tizimidagi o'rni demokratik jamiyat qurishda davlatga yaqindan yordam berishdan iborat. SAVOLLAR 1. Partiyalar tashkil topishining qanday bosqichlarini bilasiz? 2. O'zbekistondagi siyosiy partiyalarning dasturlarini tahlil qilish asosida ularni turkumlovchi o'z jadvalingizni tuzing. 12-BOB. MANFAAT GURUHLARI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HARAKATLAR 12.1. Manfaat guruhlari: tushunchasi, funksiyalari. Demokratik siyosiy tizimlarning alohida xususiyati – ularda xalqning siyosiy jarayonlarda ishtiroki mexanizmlari faol qo'llanishidir. Xalq saylovlarida ovoz berish referendumlarda o'z idorasini bayon etish bilan birga, kundalik hayotda o'z manfaatlarini, talablarini, takliflarini hokimiyatga yetkazish, ularni hal qilish, hokimiyatni nazorat etish kabi vazifalarni amalga oshirish, ya'ni tom ma'noda siyosat subyekti tarzida faoliyat ko'rsatish imkoniga ega bo'ladi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar bilan bir qatorda, turli xil jamoat birlashmalari va ijtimoiy — siyosiy harakatlar faoliyat ko'rsatadi. Jamoat, birlashmalarini bir o'rinda manfaat guruhlari, boshqa bir o'rinda bosim guruhlari, deb nomlash qabul qilingan. Xo'sh, manfaat guruhlari, deganda nimani tushunamiz? Manfaat guruhlari — siyosat subyektlarining o'ziga xos turidir. Ular rasmiy hokimiyat tashkilotlaridan farq qiladi, ammo ushbu tuzilmalar ichida ham vujudga kelishi mumkin. Ayni vaqtda, ular partiyalar bilan ham bir narsa emas (ular siyosiy hokimiyatni egallashga intilmaydilar). G'arb demokratik konsepsiyalarida "manfaat"ni birinchi bor shaxs bilan emas, guruh bilan bog'lagan siyosatshunoslar Jeyms Medison, Artur F.Bentli, Devid Trumenlardir. 1908-yilda nashr etilgan "Boshqaruv jarayoni" asarida A.F.Bentli XIX asr oxiri XX asr boshi ingliz faylasuflarining "guruh — jamiyatning asosiy birligi" haqidagi g'oyalarini rivojlantirib, jamiyatni turli xil manfaat guruhlari majmuasi tarzida o'rganishni taklif etdi. Unga ko'ra, siyosiy tahlil obyektini — siyosiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy ravishda guruhlarga birlashgan odamlar faoliyati tashkil etishi kerak. Shu tariqa, siyosatga "guruh" tushunchasi konseptual tarzda kirib keldi, ya'ni guruh, deganda jamiyatdagi mavhum jismoniy shaxslar birligi emas, manfaat va maqsadlar birligi bilan ajralib turuvchi fuqarolar ittifoqi nazarda tutila boshlandi. Fuqarolar va ijtimoiy tabaqalarning turli — tuman manfaatlarini ifoda etish va bu haqda hokimiyat tuzilmalarini xabardor qilish, jamiyat siyosiy tizimida manfaatli guruhlar siyosiy Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling