O'zbekiston respublikasi


Partologiya — partiyalar hakidagi fan


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#234557
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
siyosat nazariyasi


Partologiya — partiyalar hakidagi fan. 
Ijtimoiy qatlamlashuv — o'zaro bog'liq va pog'onalashuv asosida tashkil topgan
qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi 


Sinflar — daromad miqdori, kasbinnig nufuzliligi, bilimi, hokimiyatga ta'siri darajasiga 
ko'ra belgilanuvchi, ijtimoiy maqomi taxminan bir xil bo'lgan odamlar guruhi. 
Mnllat — xudud, iqtisodiy aloqalar, til, ruhiy o'ziga xoslik, madaniyat va o'z — o'zini 
anglashning umumiy jihatlariga ko'ra ajralib turuvchi ijtimoiy guruh. 
9 — BOB 
Elitologiya — elitalar xaqidagi fan. 
Kooptatsiya — saylanuvchi organ tarkibiga yangi a'zolarni qo'shimcha saylovlar 
o'tkazmasdan, shu organ qaroriga ko'ra kiritilishi. 
Qadriyat — borliqdagi narsa, xodisalarning jamiyat, guruh shaxs ehtiyojlariga muvofiq 
kelishi yoki kelmasligi nuqtai nazaridan ahamiyati. 
Konfessional — diniy. 
Demografiya — aholi tarkibidagi o'zgarishlarni o'rganuvchi fan. 
Etakchilnk —  yo'l boshlovchi, rahbar ma'nosini beradi. Etakchilik — boshqa odamlarga; 
ta'sir o'tkaza olish, ularni ma'lum mo'qsadga erishish yo'lida birlashtirish qobiliyatidir. 
Snyosiy etakchilik — insoniyatga xos bo'lgan eng qadimgi universal institutlardan biri va 
u davlat hamda jamiyat miqyosida hokimiyat funktsiyalarini bajaruvchi sub'ektlardan biridir. 
13 — BOB 
Siyosiy ong - siyosiy borliqning sub'ektiv in'ikosidir. U jamiyatning alohida mustaqil — 
siyosiy soxasini aks ettiradi. Kishilar o'z faoliyatida mavjud siyosiy voqelikni shunchaki ko'rish 
bilan -qanoatlanib qolmaydilar. 
Kishilarning ana shu - siyosiy borliq, xaqidagi bilimlari, qarashlari, tasavvurlari ularning 
siyosiy ongini tashkil etadi. Siyosiy ong -kishilarning siyosiy bilimlari,  tasavvurlari, maslaklari, 
e'tiqodlari, va o'zlari yashab turgan siyosiy tuzumni baholashlarining yig'indisidan iboratdir. 
Maxsus siyosiy ong — bu qoida bo'yicha, mafkuraviy jihatdan bir xil bo'lgan ongdir. Bu 
ongni siyosiy xujjatlar (dasturlar, doktrinalar) da ifoda etilgan va siyosatni shakllantirish jarayoni 
va qarorlar qabul qilinishiga bevosita jalb qilingan siyosiy tasavvurlar, qarashlar, kontseptsiyalar 
tashkil qiladi. Dastlab maxsus siyosiy ong kam sonli kishilarning, elitalarning mulki xisoblanadi. 
Uning sohiblari — siyosiy partiyalar va boshqa siyosiy tashkilotlar va birlashmalardir. Ular 
muayyan yo'nalish bo'yicha ommaviy ongni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 
maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini belgilaydi. 
Ommaviy siyosiy ong — jamiyat ehtiyojlarining darajasi va mazmunini bevosita ifoda 
etadi. U siyosiy voqelik xaqidagi jamiyat bilimlarining xarakterini ham aks ettiradi. Bunday 
bilimlar, bir tomondan, turli mafkuralar "tomonidan ishlab chiqiladi va siyosiy madaniyatda 
mustahkamlanadi. Ikkinchi tomondan esa ushbu bilimlar ommaviy ijtimoiy guruhlarning amaliy 
faoliyati tomonidan qo'lga kiritiladi. 
 Nazariy siyosiy ong — siyosiy xarakterga ega bo'lgan turli turdagi g'oyalar, 
kontseptsiyalar, qarashlardir. 
Empirik siyosiy ong — bu bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda alohida kishilarning, 
mayda va yirik sotsial birliklarning jonli ishtirok etishlariga asoslangan siyosiy ong darajasi va 
shaklidir. U nazariy siyosiy ongning zamini bo'lib xizmat qiladi. 
14 — BOB 
Siyosat — ijtimoiy guruhlar va insonning ziddiyatli jamoa manfaatlarini anglash, butun 
jamiyat uchun majburiy bo'lgan qarorlarni ishlab chiqish va ularni davlat hokimiyati yordamida 
amalga oshirish faoliyatidir. 
Siyosiy mafkura — u yoki bu ijtimoiy guruhning manfaatlarini ifodalovchi va himoya 
qiluvchi hamda ko'prproq miqdordagi kishilarning individual o'y — fikrlafi va hatti — 
xarakatlarini hokimiyatdan foydalanishning muayyan maqsadlari va vazifalarga bo'ysundirishni 
talab qiluvchi sistemalashgan, mantiiqiy izchil g'oyaviy qarashlarning yig'indisidir. qisqacha 
qilib ayttanda, siyosiy mafkura - bu muayyan ijtimoiy guruhning hokimiyatga intilishini yoki 
undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy xarakatning u yoki bu strategiyasini ko'zda tutuvchi 
yaxlit g'oyaviy tizimdir. 


Liberalizm - shaxs erkinligi va boshqa fuqarolik va siyosiy xuquqlarini e'tirof etuvchi va 
davlat faoliyati sohalarini cheklovchi ta'limot va ijtimoiy — siyosiy xarakat. 
Konservatizm — davlat va jamiyat hayotining tarixan vujudga kelgan shakllarini, uning 
oila, millat, din, mulkchilikda namoyon bo'luvchi qadriyatlarini saqlab qolishga qaratilgan 
g'oyaviy — siyosiy ta'limot va harakat. 
Neokonservatizm — mumtoz konservatizm va liberalizm g'oyalarini uyg'unlashtiruvchi 
mafkura. 
Sotsial-reformizm — evolyutsion rivojlanish, demokratik sotsializm va unga islohotlar 
orqali erishishga yo'nlagan ijtimoiy — siyosiy ta'limot va xarakat. 
15 — BOB 
Siyosiy psixologiya — o'z tabiatiga ko'ra siyosiy voqelikni emotsional va xissiy tarzda 
idrok etadigan siyosiy ong shaklidir. 
Siyosiy psixologiya siyosatni hissiy va emotsional tarzda aks ettirib siyosiy ongning 
o'ziga xos "amaliy" darajasi sifatida maydonga chiqadi. 
Siyosiy psixologiya - siyosiy ongning o'ziga  xos shaklidir. U siyosyy voqelikni aks 
ettirish xususiyatlariga ko'ra siyosiy mafkuradan farq qiladi. 
Siyosiy kayfiyat — mohiyatiga - ko'ra, aholining siyosatga jalb etilganligining hissiy — 
baholovchi ko'rsatkichi bo'lib  uning mavjud siyosiy tartibga va hukmron qadriyatlarga 
moslashishi dapajacini ko'rsatadi. 
16 — BOB 
Siyosiy jarayon- siyosiy holatlar va xodisalarning ichki bog'liklikka ega zanjiri, siyosat 
sub'ektlarining hokimiyatga qaratilgan xarakatlari birligi. 
Siyosiy munosabatlar — sub'ektlarning hokimiyat doirasidagi siyosiy manfaatlarini 
boshqarish va muvofiqlashtirish borasidagi aloqalar. 
Siyosiy jarayon, sub'ektlari — siyosiy jarayon ishtirokchilaridir. Ularga shaxslar, ijtimoiy 
qatlamlar, etnoslar, diniy va demografik gypuhlap, ijtimoiy va siyosiy institutlar kiradi. 
Siyosiy xulq — shaxs, ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatni amalga oshirishida, o'z 
siyosiy manfaatlarini himoya qilishda ishtiroki shakli. Siyosiy ishtirok — siyosat sub'ektlarining 
siyosiy munosabatlarga jalb qilinganligidir. 
Endogen — ichki sabablar natijasida vujudga, kelgan ta'sirlar. 
Ekzogeo' — tashqi sabab, turtki natijasida vujudga kelgan ta'sirlar. 
17 — BOB 
Siyosiy ihtilof — hokimlik munosabatlari tizimidagi o'rni va roliga ko'ra qarama — 
qarshi siyosiy manfaatlar, qadriyatlar, qarashlar, maqsadlarga ega sub'ektlarning kurashidir. 
Siyosiy ihtilof tushunchasi bir turdagi sub'ektlarning boshqalari bilan hokimiyat va siyosiy 
xukmronlik uchun kurashini anglatadi. 
Identifikatsiya — sub'ekt o'zini jamiyat, davlat, muayyan guruh bilan bog'liq, deb 
anglashi. 
Bashorat-bo'lajak ihtilof to'g'isida muayyan aniqlik bilan vaqti va o'rnini ko'rsatilgan 
tasavvur. 
18 — BOB 
An'anaviy jamiyatlar uchun iqtisodda texnologik ortda qolish xos. Ijtimoiy sohada 
ijtimoiy munosabatlar ko'plab qoidalar, an'analar, udumlar bilan tartibga solinadi. Jamiyatning 
asosini jamoa tashkil etadi. Bunday jamiyatlarda odamlar mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab 
qolishga intiladilar, o'z turmush tarzlaridan farq qiluvchi boshqa qadriyatlar tizimiga salbiy 
yondashadilar. 
Zamonaviy jamiyatlarga sanoati rivojlangan davlatlar kiradi. Bu jamiyatlar keng ijtimoiy 
munosabatlar tizimida shaxs eng oliy qadriyat sifatida e'tirof etiladi. Zamonaviy jamiyatlar 
pragmatizm, ratsionalizm, tanlash erkinligi, mulkchilik, madaniyatlar muloqoti kabi umumiy 
qadriyatlar asosida rivojlanadi. Erkin individlar fuqarolik jamiyatini tashkil etadilar. Hukumat va 
ratsional byurokratiya ularning oldida mas'uldir. 


Rivojlanish, ya'ni siyosiy tizimning o'zgarib borayotgan ijtimoiy sharoitta moslashish 
qobiliyatining  ortib borishi tarixiy, tabiiy va uzluksiz jarayon. 
Zamonaviylashuv - jamiyat tizimi xususiyatlarining o'zgarishi jaryoni sifatida uning eng 
muhim sohalarining qayta qurilishini va murakkabrok, ammo moslashuvchan turmush tarzining 
shakllanishini nazarda tutadi. 
Tranzit (o'tish} — tushunchasi avtoritar siyosiy tizimlardan demokratiyaga o'tishni 
anglatadi.  

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling