O'zbekiston respublikasi


Partiyaga xayrixoh guruh mavjud bo'lishi mumkin. Ular tashkilotga kirmagan holda


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#234557
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
siyosat nazariyasi


Partiyaga xayrixoh guruh mavjud bo'lishi mumkin. Ular tashkilotga kirmagan holda 
uning mafkuraviy va pirovard maqsadlarini qo'llab — quvvatlaydilar. U xayrixohlarning roli 
saylov kampaniyalari davrida, ayniqsa, beqiyos ortadi. 
Partiyalar hayotida moliyaviy jihatdan ularni qo'llab- quvvatlaydigan tashkilot yoki 
alohida shaxslarning roli juda muhim. Ularga yirik kapital egalari yoki milliy, chet el 
tadbirkorlik, kasaba, diniy va madaniy tashkilotlar kiradi. Partiyalarga ko'rsatgan moliyaviy 
yordamlari tufayli homiylar unga ta'sir eta olish qobiliyatiga ega bo'ladilar. 
 
1.2. Siyosiy partiyalarni turkumlash 
 
Siyosiy partiyalarni turkumlashning ko'plab asoslari mavjud. Quyida ularning ayrimlarini 
ko'rib chiqamiz: 
Dasturining ijtimoiy yo'nalishi va faoliyat yo'nalishiga ko'ra siyosiy partiyalar 
• sotsial — demokratik; 
• liberal-demokratik; 
• kommunistik; 
• milliy; 
• irqiy; 
• diniy; 
davlat - vatanparvarlik
• xalq partiyalariga ajratiladi. 
Faoliyatining g'oyaviy asoslariga ko'ra siyosiy partiyalar quyidagicha bo'linadi: 
• doktrinal (o'z mafkurasini himoya qiluvchi); 
• pragmatik (maqsadga muvofiqlikdan kelib chiquvchi); 
• xarizmatik (muayyan siyosiy yetakchi atrofida birlashuvchi). 
Dasturni amalga oshirish uslublariga ko'ra: 
• inqilobiy (jamiyatni tubdan qayta isloh qilishga intiluvchi); 
• islohotchi (ijtimoiy hayotni keskin tarkibiy o'zgarishlarsiz o'zgartirish tarafdori). 
Siyosiy faoliyat tabiatiga ko'ra siyosiy partiyalar: 
• reaksion; 
• konservativ; 
• radikal; 
• ekstremistik; 
• mo'tadil bo'lishi mumkin. 
Hokimiyatda ishtirokiga ko'ra siyosiy partiyalar: 
• hukmron; 
•muxolif (oshkora, yashirin) larga bo'linadi. 
Siyosat maydonida joylashishiga ko'ra: 
• markaz partiyalari; 
• o'ng partiyalar; 


• so'l partiyalar mavjud. 
Tashkiliy tuzilishiga ko'ra siyosiy partiyalar: 
• parlament partiyalari (birlamchi tashkilotlari sifatida huduhiy qo'mitalar kiradi); 
• leyboristik partiyalar (parlament partiyalarining bir ko'rinishi bo'lib, kollektiv a'zolik, 
shu jumladan, mehnat jamoalarining partiyaga kollektiv a'zoligiga ruxsat etadi); 
• avangard partiyalar (demokratik sentralizm va a'zolarning hududiy — ishlab chiqarish 
asosida birlashtirish tamoyiliga asoslanadi). 
Parlament partiyalari o'z navbatida parlamentdagi ta'siri nuqtai nazaridan: 
• majoritar, ya'ni eng ko'p mandat oluvchi va hukumat tuzuvchi partiyalar; 
• ustun partiyalar, ya'ni nisbatan ko'p mandat egalari
• minoritar partiyalarga bo'linadi (kam mandatli). A'zolik tabiatiga ko'ra partiyalar: 
• kadrlar partiyalari (kam sonligi, a'zolikning erkinligi, tashkiliy bo'shligi); 
• ommaviy (ko'proq a'zolarga ega bo'lishga intiluvchi, qattiqqo'l intizomga asoslanuvi) 
bo'linadi. 
XX asrning 60 – yillarida ko'pgina mamlakatlarda sinflar yoki hatto mafkuralararo 
dasturlar ishlab chiqib, to'liq elektoratga qaratilgan "saylovchilar" partiyalari shakllandi. Hozirgi 
kunda ko'p ommaviy partiyalar o'z dasturlarini "saylovchilar" partiyalariga moslab 
o'zgartirayaptilar. "Saylovchilar" partiyalarining bosh g'oyasi — turli ijtimoiy kuchlarni 
birlashtirishga imkon beruvchi maqsadlarni ilgari surishdan iborat. 
"Milliy partiyalar" tushunchasi. Milliy partiya hududiy chegaralarda emas, butun davlat 
miqiyosida amal qiluvchi partiya bo'lib, u parlamentga saylovlar mobaynida (ba'zan 
prezidentlikka to'g'ridan — to'g'ri saylovlar mobaynida) doimiy ravishda muayyan foiz ovoz 
oladi (odatda 2 - 3% dan kam bo'lmagan), o'z nizomi, dasturiga ega, ro'yxatdan o'tgan, muayyan 
miqdorda a'zolarga ega (masalan, Meksikada 1947-yil qonuniga ko'ra shtatlarning yarmidan 65 
mingdan kam bo'lmagan a'zolar soni). Milliy deb e'tirof etilgan partiyalar (odatda bu — 
markaziy saylov qo'mitasi tomonidan qilinadi) saylovlarda bir qator ustunlikka ega bo'ladi. 
Masalan, ular uchun ushbu partiya nomzodlarini quvvatlovchi imzolar yig'ish shart emas. Milliy 
partiyalar konsepsiyasi saylov tizimini bir muncha soddalashtirish, ortiqcha harakat va sarflardan 
qochish, vaqtni tejash imkonini beradi. Ba'zi mamlakatlarda partiyalarni milliy deb tan olinishi 
ikki bosqichga ega. Birinchi bosqichda partiya umummilliy saylovlarda belgilangan miqdorda 
ovoz olishi kerak. (masalan, Meksikada 1,5 %). Shunda u milliy partiya sifatida shartli ravishda 
ro'yxatdan o'tadi. Keyingi umummilliy saylovlarda qatnashib, shu partiya yana belgilangan 
ovozlar miqdorini olsa, u umummilliy, deb e'tirof etiladi. 
 
11.3. Partiya tizimlari 
 
Siyosat nazariyasida partiya tizimi deyilganda, hokimiyat uchun kurashda va uni amalga 
oshirishda ishtirok etuvchi barcha partiyalar birligi tushuniladi. Partiya tizimlari shakllanishiga 
va uning o'ziga xosligigiga juda ko'p omillar ta'sir etadi. Xususan, amaldagi Konstitutsiya, 
qonunchilik, saylov turi, shuningdek, jamiyatda amal qiluvchi siyosiy madaniyat, an'analar, 
milliy, diniy omillar, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar – partiya tizimi tabiatini belgilashda muhim 
rol o'ynaydi.  
Tarixan partiyaviy tizimlarning quyidagi turlari shakllangan: bir partiyaviy, ikki 
partiyaviy (ba'zi adabiyotlarda ―mukammal ikki partiyaviy tizim‖ va ikki yarim partiyaviy tizim) 
hamda ko'ppartiyaviy tizim (ba'zi adabiyotlarda ―mukammal ko'ppartiyaviy tizim‖ va ―hukmron 
Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling