partiyalarning ijtimoiy rollari o'xshashligidan dalolat beradi.
Biroq, bu umumiylik, o'xshashlik ular o'rtasidagi muhim farqlarni inkor etmaydi, balki
taqozo etadi.
Manfaatlar guruhlari maqsadi, vazifalariga ko'ra siyosiy partiyalardan farq qiladi. Bu
farqlar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, siyosiy partiyalar jamiyat manfaatlarini himoya qilishning eng muhim
vositasi — hokimiyatni egallash va uni qo'lda ushlab turish deb hisoblaydilar. Manfaatli guruhlar
esa o'z oldiga bunday maqsadni qo'ymaydilar. Ular o'z a'zolarining manfaatlarini hokimiyat
tuzilmalariga ta'sir ko'rsatishi bilan himoya qiladilar.
Ikkinchidan, siyosiy partiyalar, odatda, o'zining ijtimoiy bazasini kengaytirishga
intiladilar va o'z saflarida manfaatlari turli — tuman bo'lgan kishilarni birlashtiradi. Maxsus
manfaatli guruhlar esa, o'z a'zolarining xususiy (o'ziga xos) manfaatlarini himoya qilish uchun
uyushadi.
Uchinchidan, siyosiy partiyalar hokimiyatni egallash uchun saylov kompaniyalarini
tayyorlaydilar va o'tkazadilar. Manfaatli guruhlar esa bunday ish usulidan foydalanmaydilar.
Ular hokimiyat organlarini shakllantirishda qarashlari o'zlariga ma'qul bo'lgan siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |