O'zbekiston respublikasi
Partologiya — partiyalar hakidagi fan
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosat nazariyasi
Partologiya — partiyalar hakidagi fan. Ijtimoiy qatlamlashuv — o'zaro bog'liq va pog'onalashuv asosida tashkil topgan, qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi Sinflar — daromad miqdori, kasbinnig nufuzliligi, bilimi, hokimiyatga ta'siri darajasiga ko'ra belgilanuvchi, ijtimoiy maqomi taxminan bir xil bo'lgan odamlar guruhi. Mnllat — xudud, iqtisodiy aloqalar, til, ruhiy o'ziga xoslik, madaniyat va o'z — o'zini anglashning umumiy jihatlariga ko'ra ajralib turuvchi ijtimoiy guruh. 9 — BOB Elitologiya — elitalar xaqidagi fan. Kooptatsiya — saylanuvchi organ tarkibiga yangi a'zolarni qo'shimcha saylovlar o'tkazmasdan, shu organ qaroriga ko'ra kiritilishi. Qadriyat — borliqdagi narsa, xodisalarning jamiyat, guruh shaxs ehtiyojlariga muvofiq kelishi yoki kelmasligi nuqtai nazaridan ahamiyati. Konfessional — diniy. Demografiya — aholi tarkibidagi o'zgarishlarni o'rganuvchi fan. Etakchilnk — yo'l boshlovchi, rahbar ma'nosini beradi. Etakchilik — boshqa odamlarga; ta'sir o'tkaza olish, ularni ma'lum mo'qsadga erishish yo'lida birlashtirish qobiliyatidir. Snyosiy etakchilik — insoniyatga xos bo'lgan eng qadimgi universal institutlardan biri va u davlat hamda jamiyat miqyosida hokimiyat funktsiyalarini bajaruvchi sub'ektlardan biridir. 13 — BOB Siyosiy ong - siyosiy borliqning sub'ektiv in'ikosidir. U jamiyatning alohida mustaqil — siyosiy soxasini aks ettiradi. Kishilar o'z faoliyatida mavjud siyosiy voqelikni shunchaki ko'rish bilan -qanoatlanib qolmaydilar. Kishilarning ana shu - siyosiy borliq, xaqidagi bilimlari, qarashlari, tasavvurlari ularning siyosiy ongini tashkil etadi. Siyosiy ong -kishilarning siyosiy bilimlari, tasavvurlari, maslaklari, e'tiqodlari, va o'zlari yashab turgan siyosiy tuzumni baholashlarining yig'indisidan iboratdir. Maxsus siyosiy ong — bu qoida bo'yicha, mafkuraviy jihatdan bir xil bo'lgan ongdir. Bu ongni siyosiy xujjatlar (dasturlar, doktrinalar) da ifoda etilgan va siyosatni shakllantirish jarayoni va qarorlar qabul qilinishiga bevosita jalb qilingan siyosiy tasavvurlar, qarashlar, kontseptsiyalar tashkil qiladi. Dastlab maxsus siyosiy ong kam sonli kishilarning, elitalarning mulki xisoblanadi. Uning sohiblari — siyosiy partiyalar va boshqa siyosiy tashkilotlar va birlashmalardir. Ular muayyan yo'nalish bo'yicha ommaviy ongni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini belgilaydi. Ommaviy siyosiy ong — jamiyat ehtiyojlarining darajasi va mazmunini bevosita ifoda etadi. U siyosiy voqelik xaqidagi jamiyat bilimlarining xarakterini ham aks ettiradi. Bunday bilimlar, bir tomondan, turli mafkuralar "tomonidan ishlab chiqiladi va siyosiy madaniyatda mustahkamlanadi. Ikkinchi tomondan esa ushbu bilimlar ommaviy ijtimoiy guruhlarning amaliy faoliyati tomonidan qo'lga kiritiladi. Nazariy siyosiy ong — siyosiy xarakterga ega bo'lgan turli turdagi g'oyalar, kontseptsiyalar, qarashlardir. Empirik siyosiy ong — bu bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda alohida kishilarning, mayda va yirik sotsial birliklarning jonli ishtirok etishlariga asoslangan siyosiy ong darajasi va shaklidir. U nazariy siyosiy ongning zamini bo'lib xizmat qiladi. 14 — BOB Siyosat — ijtimoiy guruhlar va insonning ziddiyatli jamoa manfaatlarini anglash, butun jamiyat uchun majburiy bo'lgan qarorlarni ishlab chiqish va ularni davlat hokimiyati yordamida amalga oshirish faoliyatidir. Siyosiy mafkura — u yoki bu ijtimoiy guruhning manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi hamda ko'prproq miqdordagi kishilarning individual o'y — fikrlafi va hatti — xarakatlarini hokimiyatdan foydalanishning muayyan maqsadlari va vazifalarga bo'ysundirishni talab qiluvchi sistemalashgan, mantiiqiy izchil g'oyaviy qarashlarning yig'indisidir. qisqacha qilib ayttanda, siyosiy mafkura - bu muayyan ijtimoiy guruhning hokimiyatga intilishini yoki undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy xarakatning u yoki bu strategiyasini ko'zda tutuvchi yaxlit g'oyaviy tizimdir. Liberalizm - shaxs erkinligi va boshqa fuqarolik va siyosiy xuquqlarini e'tirof etuvchi va davlat faoliyati sohalarini cheklovchi ta'limot va ijtimoiy — siyosiy xarakat. Konservatizm — davlat va jamiyat hayotining tarixan vujudga kelgan shakllarini, uning oila, millat, din, mulkchilikda namoyon bo'luvchi qadriyatlarini saqlab qolishga qaratilgan g'oyaviy — siyosiy ta'limot va harakat. Neokonservatizm — mumtoz konservatizm va liberalizm g'oyalarini uyg'unlashtiruvchi mafkura. Sotsial-reformizm — evolyutsion rivojlanish, demokratik sotsializm va unga islohotlar orqali erishishga yo'nlagan ijtimoiy — siyosiy ta'limot va xarakat. 15 — BOB Siyosiy psixologiya — o'z tabiatiga ko'ra siyosiy voqelikni emotsional va xissiy tarzda idrok etadigan siyosiy ong shaklidir. Siyosiy psixologiya siyosatni hissiy va emotsional tarzda aks ettirib siyosiy ongning o'ziga xos "amaliy" darajasi sifatida maydonga chiqadi. Siyosiy psixologiya - siyosiy ongning o'ziga xos shaklidir. U siyosyy voqelikni aks ettirish xususiyatlariga ko'ra siyosiy mafkuradan farq qiladi. Siyosiy kayfiyat — mohiyatiga - ko'ra, aholining siyosatga jalb etilganligining hissiy — baholovchi ko'rsatkichi bo'lib uning mavjud siyosiy tartibga va hukmron qadriyatlarga moslashishi dapajacini ko'rsatadi. 16 — BOB Siyosiy jarayon- siyosiy holatlar va xodisalarning ichki bog'liklikka ega zanjiri, siyosat sub'ektlarining hokimiyatga qaratilgan xarakatlari birligi. Siyosiy munosabatlar — sub'ektlarning hokimiyat doirasidagi siyosiy manfaatlarini boshqarish va muvofiqlashtirish borasidagi aloqalar. Siyosiy jarayon, sub'ektlari — siyosiy jarayon ishtirokchilaridir. Ularga shaxslar, ijtimoiy qatlamlar, etnoslar, diniy va demografik gypuhlap, ijtimoiy va siyosiy institutlar kiradi. Siyosiy xulq — shaxs, ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatni amalga oshirishida, o'z siyosiy manfaatlarini himoya qilishda ishtiroki shakli. Siyosiy ishtirok — siyosat sub'ektlarining siyosiy munosabatlarga jalb qilinganligidir. Endogen — ichki sabablar natijasida vujudga, kelgan ta'sirlar. Ekzogeo' — tashqi sabab, turtki natijasida vujudga kelgan ta'sirlar. 17 — BOB Siyosiy ihtilof — hokimlik munosabatlari tizimidagi o'rni va roliga ko'ra qarama — qarshi siyosiy manfaatlar, qadriyatlar, qarashlar, maqsadlarga ega sub'ektlarning kurashidir. Siyosiy ihtilof tushunchasi bir turdagi sub'ektlarning boshqalari bilan hokimiyat va siyosiy xukmronlik uchun kurashini anglatadi. Identifikatsiya — sub'ekt o'zini jamiyat, davlat, muayyan guruh bilan bog'liq, deb anglashi. Bashorat-bo'lajak ihtilof to'g'isida muayyan aniqlik bilan vaqti va o'rnini ko'rsatilgan tasavvur. 18 — BOB An'anaviy jamiyatlar uchun iqtisodda texnologik ortda qolish xos. Ijtimoiy sohada ijtimoiy munosabatlar ko'plab qoidalar, an'analar, udumlar bilan tartibga solinadi. Jamiyatning asosini jamoa tashkil etadi. Bunday jamiyatlarda odamlar mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolishga intiladilar, o'z turmush tarzlaridan farq qiluvchi boshqa qadriyatlar tizimiga salbiy yondashadilar. Zamonaviy jamiyatlarga sanoati rivojlangan davlatlar kiradi. Bu jamiyatlar keng ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs eng oliy qadriyat sifatida e'tirof etiladi. Zamonaviy jamiyatlar pragmatizm, ratsionalizm, tanlash erkinligi, mulkchilik, madaniyatlar muloqoti kabi umumiy qadriyatlar asosida rivojlanadi. Erkin individlar fuqarolik jamiyatini tashkil etadilar. Hukumat va ratsional byurokratiya ularning oldida mas'uldir. Rivojlanish, ya'ni siyosiy tizimning o'zgarib borayotgan ijtimoiy sharoitta moslashish qobiliyatining ortib borishi tarixiy, tabiiy va uzluksiz jarayon. Zamonaviylashuv - jamiyat tizimi xususiyatlarining o'zgarishi jaryoni sifatida uning eng muhim sohalarining qayta qurilishini va murakkabrok, ammo moslashuvchan turmush tarzining shakllanishini nazarda tutadi. Tranzit (o'tish} — tushunchasi avtoritar siyosiy tizimlardan demokratiyaga o'tishni anglatadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling