O’zbеkistоn rеspublikаsi


Download 0.58 Mb.
bet99/134
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#264633
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134
Bog'liq
O’zbåkistîn råspublikàsi

Inson va shayton

Ba’zilarga hayron qolasiz. Qilg’ilikni qilib qo’yadi-da, “bilmay qoldim, shayton yo’ldanurdi”, deydi... To’g’ri, odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi-bor gap. Ammo.. Shunaqangi erkaklar borki, qirqta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi. Shunaqangi ayollar borki, qirqta erkak shaytonni aliment to’laydigan qilib qo’yadi... Hamma aybni shayton sho’rlikka to’nkayvermang!




Ayol qalbi

Ayol qalbi teskari magnitga o’xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-yaqinlashadi.




Hushyor bo’ling

Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo’ling. Otashin muhabbat-rashkka, rashk-shubhaga, shubha-xudbinlikka, xudbinlik-dushmanlikka aylanishi mumkin.




Go’dak isi

Ayol go’dak isini birinchi farzandi tug’ilganidayoq his etadi. Erkak esa go’dak isi nimaligini nevarali bo’lganidan keyin anglaydi!... Biz-erkaklar doim kechikib yuramiz…





Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling