O’zbеkistоn rеspublikаsi
Download 1.82 Mb.
|
tashqi savdo 211 iqt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpogiston Respublikasi
- Toshkent sh.
- Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi
- Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi, uning hissasi 39,1% yoki $19 530,1 mln.ni, eng kam ulush esa 0,7% yoki $372,8 mln darajasida Surxondaryo viloyatida qayd etildi. Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yirik 20 hamkorlari orasida uchta mamlakat bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda. Bular Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston. Qolgan 17 mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 204 ta davlati bilan savdo munosabatlari o‘rnatgan. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Rossiya Federatsiyasi (18,6%), XXR (17,8%), Qozog‘iston (9,2%), Turkiya (6,4%), Janubiy Koreya (4,7%), Qirg‘iziston (2,5%) va Germaniya (2,3%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O’zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aloqalari .O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 15 721,5 mln.dollarni yoki 31,4%ni tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 5 572,0 mln.dollar yoki 28,9%ni, import hajmi esa 10 149,5 mln.dollar yoki 33,1%ga yetgan.2022-yilning dekabr oyi yakuni bilan O‘zbekistoning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo hajmidagi ulushi: Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 9 279,7 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 3 066,9 mln. dollarga, import hajmi esa 6 212,8 mln dollarga yetdi. Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 4 621,0 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 1 379,7 mln. dollarga, import hajmi esa 3 241,2 mln. dollarga yetdi. Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 1 260,0 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 979,3 mln. dollarga, import hajmi esa 280,7 mln. dollarga yetdi. Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 536,2 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 126,5 mln. dollarga, import hajmi esa 409,7 mln dollarga yetdi. Armaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 24,8 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 19,6 mln. dollarga, import hajmi esa 5,1 mln dollarga yetdi. O‘zbekiston 2020 yilning dekabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Aynan shu uyushma bilan eng yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilib, YeOII bilan yanada integratsiyalashuv ularni yanada mustahkamlash imkonini beradi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo aylanmasi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi. YeOII mamlakatlarining ulushi O‘zbekiston umumiy tovar eksportining 30-31% ini tashkil etadi. O‘zbekiston 2019 yilda umumiy qiymati 9,42 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi, shundan 2,83 milliard dollarlik mahsulot YeOII hududiga yetkazib berildi. ITSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi to‘rt yilda 75% ga oshgan. An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Respublikada qurilish materiallari, yog‘ochni qayta ishlash va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sut va go‘sht mahsulotlari YeOIIdan olinadi. YeOIIga yanada integratsiyalashgan holda O‘zbekiston tashqi bozorlarga chiqishda, xususan Vetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan savdo qilishda yanada qulay sharoitlarga ega bo‘ladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling