O’zbеkistоn rеspublikаsi


Download 1.82 Mb.
bet8/19
Sana23.09.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1686603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
tashqi savdo 211 iqt

Barter kontrakti — pul mablag‘larida o‘zaro hisob-kitoblar qilmagan holda muayyan miqdordagi bir yoki bir necha turdagi tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) boshqasiga almashtirish nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
Tashqi savdo kontraktlari — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport, import, eksport va import birja (yarmarka), eksport konsignatsiya, markazlashtirilgan eksport va import, barter, qayta ishlash kontraktlari, shuningdek tovarlarni respublika hududida yetkazib berish nazarda tutilgan eksport kontrakti;
Tovarlar importi — tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
Ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
Import qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo kelishuvlarini (kontrakt, invoys) tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
Import kontrakti — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
Import birja (yarmarka) kontrakti — birja (yarmarka) savdolarida — tovarlar, ishlar va xizmatlar importiga import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
Qayta ishlash (respublikadan tashqarida) bo‘yicha kontrakt — O‘zbekiston tovarlarini bojxona hududidan qayta ishlash uchun tashqariga olib chiqish va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish nazarda tutilgan import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling