O’zbеkistоn rеspublikаsi


Download 1.82 Mb.
bet16/19
Sana23.09.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1686603
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
tashqi savdo 211 iqt

Shunday qilib, jahon iqtisodiyotidagi notinchlik davom etayotganiga qaramay, 2022 yilning bu choragida O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanishni davom ettirdi. Jahon tovar bozorlaridagi va yirik savdo hamkorlari iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat mamlakatda narxlar o‘sishining tezlashuvida o‘z aksini topdi va kelgusi oylarda ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.


Xizmatlar importi tarkibi
2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan xizmatlar importi hajmi 2 526,3 mln. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 8,2 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 42,9 % ga koʻpaydi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi boshqa safarlar (turizm xizmatlari) (56,6 %), transport xizmatlari (15,5 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (9,4 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bogʻliq xizmatlar (5,3 %)ga tegishli boʻldi. Shuningdek, boshqa xizmatlar ulushi jami xizmatlar importining 13,2 % ini tashkil etib, uning tarkibida yuqori ulushlarni intellektual mulkdan foydalanganlik uchun yig‘imlar (4,4 %), qurilish xizmatlari (2,8 %), texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha xizmatlar (2,5 %) va boshqalar tashkil etdi.

Mashina va transport asbob-uskunalari importi.

Import tarkibida mashinalar va transport-asbob uskunalari hajmi 9 648,3 million AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 16,9 % ga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 31,4% ga yetdi.


Mashina va transport asbob-uskunalari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1 396,0mln.AQSH dollariga oshdi. Ushbu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 3 644,5 mln. AQSH dollari (37,8 %) va Koreya Respublikasi — 1 547,1 mln. AQSH dollari (16,0 %), Turkiya - 726,9 mln. AQSH dollari (7,5 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keladi.
Sanoat tovarlari importi.
Import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 5 761,5 million AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 22,0 % ga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 18,8 % ga yetdi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, davlatimiz tomonidan importni o’rnini bosuvchi Tovar va mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki bozorni sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash bo’yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Import tarkibida asosiy ulushni tashkil qilayotgan sanoat mahsulotlari asosan qaysi davlatlardan respublikamizga olib kirilayotganini quyidagi ma’lumotlardan ko’rish mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling