O’zbеkistоn rеspublikаsi
Download 1.82 Mb.
|
tashqi savdo 211 iqt
birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xom ashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo‘lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlovchi afzalliklardan to‘liq hajmda foydalanilmayapti;
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga yetarli darajada e'tibor qaratilmayapti; to‘rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo‘yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko‘rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan. «Milliy eksportchilarimizga qo‘shimcha imkoniyat yaratish uchun hozirda Hindiston, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan imtiyozli va erkin savdo bitimlarini imzolash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda. Mavjud transport koridorlarini diversifikatsiya qilish maqsadida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni transafg‘on yo‘li orqali Janubiy Osiyoga, O‘zbekiston-Qirg‘iston-Xitoy temir yo‘li orqali Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga hamda Janubiy Kavkazni kesib o‘tuvchi multimodal transport koridori orqali Yevropa mamlakatlariga yetkazish imkoniyatlarini yaratish uchun aniq amaliy harakatlar olib borilmoqda», — prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutida aytib o`tdi. Eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat oʻzgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada koʻtarish maqsadlariga xizmat qiladi. Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilashda bog’langan diversifikatsiya bog’lanmagan diversifikatsiyaga nisbatan afzalroq ekanligini hisobga olish zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati oshirish, buning uchun esa avvalambor zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish orqali mahsulot sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish darkor. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling