O’zbеkistоn rеspublikаsi
Import hududlar kesimida8
Download 1.82 Mb.
|
tashqi savdo 211 iqt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Importida yuqori ulushga ega mamlakatlar. 9
Import hududlar kesimida8
Respublika importi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 48,6 % bilan 14 913,2 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,5 % bilan 145,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2022- yil yanvar-dekabr natijalariga koʻra MDH mamlakatlaridan import ulushi 36,9 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,2 % ga kamaydi. O‘zbekiston Respublikasi 179 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (XXR, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Turkiya, Germaniya va Turkmaniston) jami importning 2/3 qismini tashkil etdi. 8-rasm Importida yuqori ulushga ega mamlakatlar.9 Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonning oziq-ovqat importi hajmi 39,1 foizga oshib, 2,81 mlrd dollarni tashkil qildi. Ta’minotning asosiy qismini bug‘doy, xom shakar, margarin va aralash yog‘lar, go‘sht va kartoshka tashkil qiladi.Mazkur davrda 2,81 mlrd dollarga oziq-ovqat mahsulotlari import qilindi, bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 793,1mln dollarga ko‘pdir. Umumiy importning 74,7 foizi uchta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston birinchi o‘rinni saqlab qoldi va O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘z ulushini oshirdi — 1 021,6 mln dollarga (36,2%), Rossiya 680,3 mln dollar (24,1 foiz) bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.Braziliya esa 414,7 mln dollarlik oziq-ovqat importi bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Braziliyadan ayrim oziq ovqat mahsulotlari import O‘zbekistonda:shakar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom shakarqamish — 397,9 mln dollar.Bundan tashqari, Braziliyadan go‘sht importi ham davom etmoqda — o’n oy davomida import hajmi 7,01 mln dollarni tashkil etdi. Yanvar-oktabr oylarida Qozog‘istondan bug‘doy importi — $579,2 mln ga (+21,6 foiz), bug‘doy uni — $103,6 mln ga (+48,9 foiz), o‘simlik yog‘i — $104,9 mln ga (+60,8 foiz), margarin va margarin mahsulotlari — $55,3 mln ga (10,6 baravar), go‘sht — $66,1 mln ga (4,6 marta), arpa — $16,8 mln ga (2,3 baravar) oshdi. Rossiyadan oziq-ovqat yetkazib berish ham oshdi. Margarin va aralash yog‘lar importi 3,6 baravarga — 156,4 mln dollarga, kakao va shokolad — 68,5 mln dollarga yoki 12,3 foizga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari — 18,6 mln dollarga (+43,0 foiz) o‘sdi.Belorussiyadan go‘sht importi 2 baravarga oshib, 92,1 mln dollarga yetdi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Pokistondan qariyb 3 barobar ko‘p kartoshka — 39,5 mln dollar, mandarin 2,1 barobar ko‘p — 5,6 mln dollarga import qilindi.Shuningdek, O‘zbekiston Ekvadordan 43,7 mln dollarga (2,3 barobar) banan, Turkiyadan 6,4 mln dollarga (+50,3 foiz) makkajo‘xori import qildi. Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-avgust oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati: — Bugʻdoy – 465 mln. AQSH dollariga; — Shakarqamish – 298 mln. AQSH dollariga; — Margarin mahsulotlari – 188 mln. AQSH dollariga; — Qoramol goʻshti – 142 mln. AQSH dollariga; — Oʻsimlik yogʻi – 128 mln. AQSH dollariga; — Bugʻdoy uni – 84 mln. AQSH dollariga; — Kakao va shokolad – 72 mln. AQSH dollariga; — Kartoshka – 58 mln. AQSH dollariga; — Sut mahsulotlari – 53 mln. AQSH dollariga; — Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 48,5 mln. AQSH dollariga; — Banan – 34,2 mln. AQSH dollariga; — Choy – 30,7 mln. AQSH dollariga; — Parranda goʻshti – 29,3 mln. AQSH dollariga; — Makkajoʻxori – 23 mln. AQSH dollariga; — Kofe – 19 mln. AQSH dollariga; — Qandolat mahsulotlari – 17 mln. AQSH dollariga10. Bug‘doy hali ham umumiy oziq-ovqat importida salmoqli ulushni egallamoqda — 595,2 mln dollar (umumiy hajmning 21,1%). Xom shakarqamish importi 402,3 mln dollar (14,3 foiz), margarin va margarin mahsulotlari — 217,3 mln dollar (7,7 foiz), qoramol go‘shti — 185 mln dollar (6,6 foiz), kartoshka — 65,8 mln (2,3 foiz), kakao va shokolad — 103 mln dollarni (3,7%) tashkil etdi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling