O’zbеkistоn rеspublikаsi
Download 1.82 Mb.
|
tashqi savdo 211 iqt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari
Xalqaro savdo - tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarning vujudga kelishi; - tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalashuvi; - tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo‘llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi; - tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi –(XVIII-XIX asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog‘liq; - tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq; - integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta‘sir etish bosqichi – (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi); - tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi. Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari: - Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi; - Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining qisqarishi; - Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi; - Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi; - Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi; - Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligini ortishi; - Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi sodda shaklining turli mamlakat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o‘tilishi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling