O`zbеkistоn rеspublikasi


Download 168.37 Kb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi168.37 Kb.
#1701664
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RDB kurs ishi (1)

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI


ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVЕRSITЕTI

2201- MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI” guruhi talabasining
Mashinalarni ishlab chiqarishda RDB dastgohlar va robotlarni qo’llash istiqbollari” fanidan


KURS LOYIHASI

Mavzu: RDB dastgohlari va sanoat robotlari asosiy turlari va ularning texnik xarakteristikalari.


Bajardi :


Qabul qildi:


Mundarija:
1.Kirish…………………………………………………………………….3
2.Nazariy qism:
2.1. RDB dastgohlarining mashinasozlikdagi o’rni .……….................4
2.2. RDB dastgohlarining o’ziga xos xususiyatlari……………............9
2.3. RDB dastgohlari va sanoat robotlari asosiy turlari va ularning texnik xarakteristikalari………………………………………………………….10
3.Amaliy qism:
Metallarga mexanik ishlov berishda tokarlish, frezalash, parmalash jarayonlarini RDB dastgohlarida dasturlash parametrlarni tadqiq qilish va optimallashtirish, asosiy parametrlarni aniqlash, mexanizmlarni loyihalash bo‘yicha tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish………………………….20
4.Loyihaviy qism (Chizma qog’ozlarda chiziladi)
5.Xulosa………………………………………………………………….29
6.Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………..30
Kirish.
Ma’lumki shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda ishlab chiqarish katta miqdorda va sifatli bo’lishiga talab juda oshib bormoqda.Bu talablarni qondirish maqsadida asosan yangi ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilish hamda zamonaviy dastgohlardan foydalanilmoqda.Shunday zamonaviy dastgohlar asosini raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar tashkil qiladi(keying o’rinlarda RDB dastgohlari deb yuritiladi). Mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishining 70-80% ni tashkil qiluvchi sеriyali va kichik sеriyali ishlab chiqarishda qo`shimcha jarayonlarga vaqt sarfi juda ko`p bo`ladi. Ma’lumki, bunday ishlab chiqarish sharoitida asosiy ishlab chiqarish vaqti 20-30% ni, qo`shimcha jarayonlarga vaqt sarfi 70-80% ni tashkil qiladi. Qo`shimcha sarf bo`ladigan vaqtni qisqartirishning asosiy yo`nalishlaridan biri - ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdir.Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish albatta ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.Albatta RDG dastgohlarini tannarxi jihatdan boshqa dastgohlardan qimmat bo’lishi mumkin,lekin bu ishlab chiqarish turidan kelib chiqqan holatda ishlatiladi va o’zini oqlaydi.

RDB dastgohlarining mashinasozlikdagi o’rni
RDB stanoklarda ishlov berish texnologik jarayoni odatdagi texnologik jarayonlardan farqli o‘laroq, texnologik masalalarni hal qilishda yuqori darajada detallashtirishni va axborotni aks ettirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishni talab etadi. Texnologik jarayon strukturasi ham o‘rnatish, pozitsiya, texnologik va yordamchi o‘tishlar, ishchi va yordamchi yurishlar kabi elementlardan tashkil topgan operatsiyalarga bo‘linadi.
RDB stanoklar uchun texnologik jarayonlarni detallashtirish yurishlarni qadamlarga bo‘lishga olib keladi, har bir qadam asbob traektoriyasi uchastkasida ma’lum geometrik element bo‘ylab o‘zgarmas rejim bilan harakatdan iborat bo‘ladi. Masalan, asbobning to‘g‘ri chiziq yoki aylana bo‘ylab doimiy tezlik bilan harakati, harakat boshi va oxirida tezlashish va tormozlash qadami hisoblanadi.
RDB qurilmasi o‘zlashtiradigan elementar harakat va texnologik komandalar ishlov berish jarayonining eng oddiy tashkil etuvchilari hisoblanadi. Elementar harakatlar konkret RDB qurilmasi cheklashlarini inobatga olgan holda shakllantiriladi. Bunday tashkil etuvchilarga masalan,
RDB qurilmasi xotirasining registri hajmidan oshmaydigan bitta kvadrat chegarasida aylana yoyini joylashtirish zaruriyati yoki to‘g‘ri chiziq kesmasini diskretlar soni bilan berish kabilar kiradi. Stanokning bajaruvchi mexanizmlari amalga oshira oladigan texnologik komandalar elementar harakatlarni bajarishning zaruriy sharoitini ta’minlaydi va boshqarish dasturi tarkibini belgilaydi.
RDB stanoklar uchun texnologik jarayon va boshqarish dasturini ishlab chiqish ishlab chiqarishning texnologik tayyorlash masalalaridan biri hisoblanadi va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash sistemasining strukturaviy aloqalariga muvofiq ravishda bajarilgan bo‘lishi shart. Umumiy holda, RDB stanoklar uchun texnologik jarayon va boshqarish dasturini ishlab chiqish mahsulotni ishlab chiqish va korxonada ishlab chiqarishga qo‘yish sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi

Mashinasozlik umumiy maxsulotlarining 75-80% gachasi seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishga to'g'ri keladi, bu ishlab chiqarishlarni bajarishga ishchi vaqtining ko'p sarflashi bilan xarakterlanadi. Ma'lumki, mashinasozlikda texnologik operatsiyalarni bajarishga umumiy vaqt me'yorining 20-30% ni asosiy texnologik vaqtni tashkil etsa, yordamchi vaqt umumiy vaqtning 70-80% ni tashkil etadi.


Yordamchi vaqt sarfini qisqartirishning asosiy yo'nalishi bo'lib ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xisoblanadi. Biroq, mayda seriyali ishlab chiqarishda yuqori unumdorli dastgoxlarni qo'llab an'anaviy avtomatlashtirishni bajarish (revolverli, agregatli va ko'p keskichli dasgoxlar, kulachokli bir shpindelli va ko'p shpindelli avtomatlar va avtomatik liniyalar) amaliy jixatdan imkoni yo'q, chunki bu dastgoxlarning tannarxi juda xam yuqori va dastgoxlarni dastlabki sozlashning ish xajmi juda xam katta. Bu barcha sarflar mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlarda bir necha yoki bir necha o'nlab va xatto yuzlab dona ishlov beriladigan zagatovkaning tannarxiga kiradi va ularni tayyorlash baxosini misli ko'rilmagan darajada oshirib yuboradi.
Mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlarda zagatovkalarga mexanik ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy yo'nalishlaridan biri sonli dastur bilan boshqariladigan (SDB) dastgoxlarini qo'llash xisoblanadi. Sonli dastur bilan boshqarish deganda berilgan son shaklida keltirilgan boshqarish dasturi bo'yicha dastgoxda zagatovkalarga ishlov berishni boshqarish tushiniladi. Bunda boshqaruvchi dastur aniq bir detalga dastgoxning tegishli berilgan algoritmi bo'yicha ishni bajarish uchun dasturlash tilida buyruqni bajarishni yig'indisidan iborat bo'ladi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlar yarim avtomat va avtomatlardan iborat bo'lib, ularning barcha xarakatlanadigan organlari tegishli ishchi va yordamchi avtomatik xarakatlarni amalga oshiradi. Bu xarakatlar avvaldan o'rnatilgan, perforirlangan qog'ozga (ba'zida magnitliga), tasma yoki diskka yozilgan dastur bo'yicha amalga oshiriladi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarda murakkab, tayyorlash kimmatga tushadigan va sozlash uchun katta mexnat talab qiladigan kulachokli, andozali va tayanchlar sonli dastur bilan boshqariladigan tizimida talab qilinmaydi. Bu esa kichik partiyali, ayrim xollarda esa yakka zagatovkalarga ishlov berishni rentabelli qiladi, sozlashni osonlashtiradi va jadallashtiradi (ayniqsa zagatovka juda xam murakkab konstruksiyaga ega bo'lganda).
Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarni qo'llashni samarasi:
a) ishlov beriladigan zagatovka ulchamlarining aniqligi va bir xildaligida va shaklida bilinadi; bu aniq shakldor sirtga va ko'p sondagi ulchamlarni saklagan xolda konstruktiv jixatdan murakkab bo'lgan zagatovkalarga ishlov berishda muxim axamyatga ega;
b) qo'l bilan boshqariladigan dastgoxlarda yordamchi vaqt unumini 70-80% dan 40-50 % gacha kamaytirish xisobiga ishlov berish unumdorligini oshiradi (ishlov beradigan markazlardan foydalanilganda 20-30% gacha yordamchi vaqt unumini kamaytiradi), ayrim xollarda esa kesish rejimini intensifikatsiyalash orqali ishlov berish unumdorligini oshiriladi; sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarga ishlov berishni utkazilganda urta xisobda unumdorlik oshadi: tokarlik dostgoxlari uchun ikki-uch marta, frezalash dastgoxlari uchun uch-to'rt marta va ishlov beradigan markazlash uchun besh-olti marta;
c) unumdorlikni oshirishga, dastgoxda ishlovchining malakasiga bo'lgan talabning kamayishi xisobiga ishlov berish tannarxini kamayishiga;
d) avtomatik ishlaydigan va sozlangan sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarda tayyorlanishi murakkab bo'lgan va aniq zagatovkalarga ishlov berishni soddalashtirish xisobiga yukori malakali dastgoxda ishlovchilarga bo'lgan talabni kamayishida ko'rinadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan tizimining konstruksiyasi bo'yicha sikl bilan va son bilan boshqariladigan dastgohlarga bulinadi. Sikl dasturli tizim bilan boshqarish dastgox xarakatlanadigan organlarining xarakatlanish ketma-ketligini va tezligini dasturlashga imkon beradi. Bunday dastur boshqarish poneli orqali yoki shtekkerli barabanda kommutirlaydigan elementlar (shtekkerlar) ma'lum turkumi bilan topshiriladi.
Bunda xaraktlanadigan organlar xarakatlanish qiymati bevosita dastur tartibiga kirmaydi, balki qayta sozlanadigan elektr tayanchlar orqali belgilanadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarning tubdan farq qilishi xususiyati ularning barcha dasturi teshiklar kombinatsiyasi kurinishidagi, raqamlar, xarflar va boshqa belgilar bilan tavsiflangan dastur uzatuvchilarga (perfotasma, magnitli tasma, magnitli disk) yozilishi xisoblanadi. Bunday dastur tarkibiga xarakatlanadigan organlarning xarakatlanishining sonli qiymati xam kiradi, bu sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxining sikl dasturi bilan boshqariladigan dastgohlardan prinsipial fark qilishini tashkil qiladi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarini qayta sozlash, dasturni almashtirish bilan birga oz vaqt talab qiladi, shuning uchun bunday dastgohlar seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun yaroqli bo'lib hisoblanadi.
Pozitsiyali boshqarish deganda dastgohni sonli dastur bilan tushuniladi, bunda dastgohning ishchi organlarining xarakatlanishi belgilangan nuqtada amalga oshadi, biroq xarakatlanish trayektoriyasi topshirilmaydi. Dastur bilan boshqarishning pozitsiyali tizimining vazifasi ko'pgina xollarda asbob yoki tayyorlamini ishchi pozitsiyaga aniq o'rnatishni ta'minlash bo'lib xisoblanadi, bunda bir pozitsiyadan navbatdagi pozitsiyaga xarakatlanishi dastgoh koordinatalari orasida funksional aloqasiz amalga oshadi.
Konturli boshqarish - dastgohni sonli dastur bilan boshqarish bo'lib, bunda dastgohning ishchi organlarining xarakatlanishi berilgan traektoriya va berilgan tezlik bo'yicha ishlov berishning zarur bo'lgan konturini olish uchun amalga oshiriladi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning konturli tizimi dastgohning ikki yoki bir necha ishchi organlarining, ularning uzluksiz o'zaro aloqasi bo'lganda, birgalikda xarakatlanishini boshqarish uchun mo'ljallangan, bu esa murakkab shaklli zagatovkalarga ishlov berishda zarur bo'ladi.

RDB dastgohlarining o’ziga xos xususiyatlari
RDB dastgohlari ularga qo’yilgan texnologik talablar, konstruktsiyasi, aniqligi, bikrligi, ishonchliligi, bosh va surish harakati yuritmalari bo’yicha odatdagi dastgohlardan katta farq qiladi.
RDB dastgohlariga qo’yilgan texnologik talablar ularning vazifasidan kelib chiqadi, bu detalga ishlov berishni boshqarish dasturi bo’yicha avtomatik amalga oshirishdir. Ishlov berilayotgan detal uning chizmasi yoki formulasi hamda texnik shartlariga shakl, o’lchamlar, aniqlik va ishlov berilgan yuzalar sifati bo’yicha muvofiq bo’lishi kerak. RDB dastgohlarida detallar tayyorlash mahsuldorligi yuqori, tannarxi esa odatdagi dastgohlarga nisbatan past bo’lishi lozim.
RDB dastgohida asbob va zagotovkaning harakatini ta’minlovchi ishchi organlarning shakllantiruvchi harakatlarini avtomatik koordinatsiyalash detalga ishlov berish jarayonining xarakterli xususiyatidir. Bunday koordinatsiyalashni RDB qurilmasi stanok yuritmalariga signallarni uzatish bilan avtomatik ravishda ta’minlaydi. Shuning uchun RDB dastgohlarni klassifikatsiyalashda bevosita dastgohlar va RDB qurilmalariga xos belgilarni ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi.
RDB dastgohlarning о‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning ish dasturi, jumladan, ish organlarining siljish kattaligi, tezligi va yо‘nalishi mos dastur tashuvchiga yozilgan kodlarda kо‘rsatilgan. Boshqaruv dasturi tayyorlash jarayoni detalga ishlov berish jarayonidan boshqa dasturni bevosita setsda dastgohni boshqarish pultini tayyorlashga imkon beradigan RDB tizimlari ham paydo bо‘lgan.
Chizmadagi axborotni moddiy detal о‘zgartirish jarayoni quyidagicha kechadi. Avval boshqaruvchi dastur i shlab chiqiladi. Bu dastur ma’lum kod bilan dastur tashigich yoziladi. Sо‘ngra dastur tashigich RDB qurilmasi о‘rnatiladi. Dasturni kiritish qurilmasi (DKQ) dastur tashigichga topshiruvchi axborot (TA) ni hisoblaydi va uni elektr signallar kо‘rinashida ikkita kanal bо‘ylab junatiladi:
1) texnologik komandalar qurilmasi (TKQ) orqali texnologik komandalarni bajaruvchi yelementlarga;
2) dasturni ishlash qurilmasi (DIQ) va yuritmasini boshqarish qurilmasi (YUBQ) orqali dastgohning ish organlarini surish yuritmalarini (SYU) ga yо‘naltiradi. Boshqaruv dasturning bajarilishi tо‘g‘risidagi axborot teskari bog‘lanish datchiklari (TDB) va teskari bog‘lanish qurilmasi (TBQ) orqali dasturni ishlash qurilmasiga keladi.
Boshqaruvchi dastur RDB dastur amalga oshirilgach moddiy detal paydo bо‘ladi. Bu detal о‘zining chizmasidagi geometorik va texnologik axborotlarga mos keladi. Boshqa shakldagi detalga ishlov berish uchun RDB qurilmasiga mos boshqaruvchi dastruli dastur tashigichni о‘rnatish yetarli bо‘ladi.
Ammo kichik sеriyali ishlab chiqarishda yuqori unumdorlikka ega (rеvolvеrli, ko`p jarayonli, agrеgatli va b.) dastgohlar va avtomatik liniyalardan foydalanishning dеyarli imkoni bo`lmaydi. Chunki bunday dastgohlar juda qimmat, tехnologik jihozlariga sarf ko`p hamda dastlabki sozlash ishlari o`ta sеrmashaqqatli bo`ladi.
Kichik sеriyali va sеriyali sihlab chiqarishda bir nеcha yuzlab ishlab chiqarilgan dеtallar tan-narхi qo`shilgan, ushbu sarf-хarajatlar ularning ishlab chiqarish narхini kеskin ko`tarib yuboradi. Bunday holatlarda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy yo`nalishlaridan biri raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlardir. GOST 20523-80 bo`yicha “raqamli dastur bilan boshqarish” tеrmini orqali raqam ko`rinishida (ikkilik sanoq tizimi orqali) ifodalangan boshqaruv dasturi bilan dastgoh ishlov bеrish boshqaruvi tushuniladi. Bunda boshqaruv dasturi ayni bir dеtalga ishlov bеrishda dastgoh ish faoliyati algoritmiga muvofiq dasturlash tilidagi buyruqlar to`plamidan iborat bo`ladi.

RDB dastgohlari va sanoat robotlari asosiy turlari va ularning texnik xarakteristikalari
1.Bajarilayotgan texnologik operatsiyalar bo’yicha: tokarlik, parmalash, frezalash, jilvirlash va hokazo, hamda ko’p maqsadli dastgohlar.

Download 168.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling