O`zbеkistоn rеspublikasi


Ishchi organlarining harakatini muvofiqlashtirish va koordinatsiya qilish bo’yicha


Download 168.37 Kb.
bet2/6
Sana14.10.2023
Hajmi168.37 Kb.
#1701664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RDB kurs ishi (1)

2.Ishchi organlarining harakatini muvofiqlashtirish va koordinatsiya qilish bo’yicha: pozitsion; to’g’ri burchakli; konturaviy va kombinatsiyalashgan boshqarish turlari mavjud.
Pozitsion boshqarish ishchi organni dasturda belgilangan holatga avtomatik ko’chirish uchun xizmat qiladi (rasm a). Bunda ko’chirish vaqtida detalga ishlov berilmaydi. Pozitsion boshqarish asosan teshiklarga ishlov berishda keng qo’llaniladi.
To’g’ri burchakli boshqarish (rasm b) ishchi organni to’g’ri burchakli traektoriya bo’yicha harakatlanish uchun ishlatiladi.Bunday boshqarishda ishchi asbob yoki organ bir vaqtda faqat bitta koordinat o’qi bo’yicha harakat qiladi.
Konturaviy yoki uzluksiz boshqarish (rasm v) ishchi organni bir vaqtda bir necha koordinat o’qlari bo’yicha belgilangan funktsional bog’liq asosida surilishini ta’minlaydi.
Kombinatsiyalashgan boshqarish pozitsion va uzluksiz boshqarishlarning funktsiyalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega.

R
asm 1. Ishchi organlarining harakatini muvofiqlashtirish va koordinatsiya qilish bo’yicha dastgohlarning klassifikatsiyasi:a) pozitsion boshqarish;b) to’g’ri burchakli boshqarish;v) konturaviy boshqarish


3.Bir vaqtda boshqariladigan ishchi harakatlar soni bo’yicha: a) bir koordinatali; b) ikki koordinatali; v) uch koordinatali; g) to’rt koordinatali; d) ko’p koordinatali.
4.Dastgohda joylashgan kesish asboblar soni bo’yicha: a) bir asbobli; b) rezets tutgichlar bilan (4 – 6 asbob); v) revolver kallaklar bilan (6 - 12 asbob); g) asbob magazainlari bilan (12 asbobdan ziyod).
5.Aniqlik jihatidan dastgohlar quyidagi (klasslar) sinflarga bo’linadi: a) normal (N); b) yuksalgan aniqlik sinfi (P); v) yuqori aniqlik sinfi (V); g) o’ta yuqori sinf (A); d) o’ta aniq sinfi (S).Dastgohni u yoki boshqa aniqlik klassiga mansubligi diskretlik miqdori, dastgohning aniqligi hamda “dastgoh - moslama - asbob - detal” (DMAD) tizimining bikrligiga bog’liq. Diskretlik bu ishchi organning koordinat o’qi bo’yicha dastur orqali eng kichik surilishi.

Download 168.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling