O`zbеkistоn rеspublikasi


Boshqarish dasturini dastgohga kiritish yo’li bo’yicha


Download 168.37 Kb.
bet3/6
Sana14.10.2023
Hajmi168.37 Kb.
#1701664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RDB kurs ishi (1)

6.Boshqarish dasturini dastgohga kiritish yo’li bo’yicha:

  • Dastgohning boshqaruv pulti klaviaturasi orqali;

  • Kodlangan dasturni perfolentaga yozish orqali;

  • Kodlanmagan dasturni magnit tasmaga yozish orqali;

  • Boshqaruvchi elektron hisoblash mashinasi xotirasi orqali;

  • Kombinatsiyalashgan usullar orqali.

7.Ishchi shpindellar soni bo’yicha dastgohlar bir shpindelli, ikki shpindelli va ko’p shpindelli bo’lishi mumkin.
8.Universallik darajasi bo’yicha dastgohlar (a) keng universal; (b) universal; (v) ixtisoslashgan va (g) maxsus bo’ladi. Keng universal dastgohlar tarkibi asosan ko’p operatsiyali dastgohlardan tashkil topgan.
9.Avtomatlashtirish darajasini oshiradigan qurilmalar mavjudligi bo’yicha:
a) RDBD + asboblarni almashtirish qurilmasi (AAQ);
b) RDBD + zagotovkalarni almashtirish qurilmasi (ZAQ);
v) RDBD + burilish stoli (BS);
g) RDBD + AAQ + ZAQ + BS;
d) RDBD + ko’p shpindelli kallaklarni almashtirish qurilmasi.
10.Ishchi organni boshqarish uchun xizmat qiladigan axborot manbalari soni bo’yicha dastgohlar quyidagi bo’lishi mumkin

Rasm 2. Axborot manbalari soni bo’yicha dastgohlarning klassifikatsiyasi:
1 - raqamli dastur bilan boshqarish qurilmasi; 2 - qadamli yuritma; 3 - reduktor;
4 - dastgohning stoli; 5,8 - teskari aloqa datchigi; 6 - ichki teskari aloqa zanjirining datchigi; 7- dastgoh; U1,U2, U3, U4 –axborot manbalari

Quyida bir qancha RDB dastgohlarini texnik xarakteristikalari va rasmlarini keltiraman.




16К20Ф3 RDB tokarlik dasgohi

Parametr

Qiymat

Ishlov berish uchun detalning eng katta diametri,mm

500

Ishchi qismining eng katta diametri,mm




Stanina

400

Support

220

Ish qismining eng katta uzunligi,kallak turiga qarab,mm




6-o’rinli kallak

900

8-o’rinli kallak

750

12-o’rinli kallak

850

Markazlarda o’rnatilgan mahsulotning eng katta uzunligi,mm

1000

Shpindel teshigi diametri, mm

55

Supportgacha bo’lgan eng katta masofa , mm




Ko’ndalang

210

Bo’ylama

905

Boshqariladigan koordinatalar soni

2

Bir vaqtning o'zida boshqariladigan koordinatalar soni

2

Surishning eng kam oralig’i

0,001

Shpindelning aylanishlar soni, min-1

20...2500

Ishchi surish miqdori, mm/min

1 ... 1600

Kallakdagi o’rinlar soni

6-12

Elektrodvigatel quvvati, kWt

11

Dastgohning o’lchamlari




Uzunligi

3700

Uzunligi(chipli konveyr bilan)

5160

Eni

2260

Balandligi

1650

Dastgohning og’irligi

4000

Umumiy quvvat sarfi, kWt

21,4


1



6К20Ф3 RDB tokarlik dasgohining umumiy ko’rinishlari


АТПР2М12НЦ RDB tokarlik dasgohi

Parametr

Qiymat

Ishchi qismining eng katta diametri,mm




Stanina ustida

250

Support ustida

210

Supportning eng katta harakati,mm




Bo’ylama

230

Ko’ndalang

170

Surish qiymati




Bo’ylama Z,mm/min

10000

Ko’ndalang, mm/min

10000

Eng katta kesish kuchi, kN

16

Elektrodvigatel markasi

ЭВ-3С

Namunalarning X va Z koordinatalari bo’yicha sirt tozaliki,
mkm

1.6



Shpindelning aylanishlar soni, min-1

70...1780

Keskichlar magazini

12

Dastur qurilmasi

NC-200

Dastgohning o’lchamlari




Uzunligi

2240

Eni

1750

Balandligi

2035

Dastgohning og’irligi

4000









АТПР2М12НЦ tokarlik dasgohining umumiy ko’rinishlari

ZК5150 vertikal parmalash dastgohi



Parametr

Qiymat

Eng katta uzatish kuchi,kN

16

Eng katta burovchi moment,Nm

350

Shpindelning Morze Konusi tipi

№ 4

Servodvigatel quvvati,KWt

4

Aylanishlar soni,min-1

31.5…1400

Surishning eng katta qiymati, mm/min

4000

Shpindelning korpusi,mm

600

Stoldan X o’qi bo’yicha yurishi

1000

Stoldan Y o’qi bo’yicha yurishi

600

Shpindelning Z o’qi bo’yicha yurishi

250

Ishchi stol o’lchamlari,mm

1000*630



Shpindel va stol orasidagi masofa

650

Dastgohning o’lchamlari




Uzunligi,mm

2800

Eni,mm

2400

Balandligi,mm

2900

Dastgohning og’irligi.kg

6500







ZК5150 vertikal parmalash dastgohi umumiy ko’rinishi







ГФ2171 vertikal frezlash dastgohi

Parametr

Qiymat

Ishchi stol o’lchami




Bo’yiga(X o’qi bo’yicha)

1010

Eniga(Y o’qi bo’yicha)

400

Bo’yiga(Z o’qi bo’yicha)

260

X, Y, Z koordinatalari bo'yicha surish diapazoni,mm/min

3…6000

Shpindelning aylanish chostatasi,min-1

50…2500

Qayta ishlangan detalning eng katta massasi,kg

400

Keskichlar magazini,ta

12

Asbobni almashtirish vaqti,sek

20

Silindrsimon sirtni kontur frezalashda yumaloqlikdan og'ish, mm

0.05

Asbobning maksimal og’irligi,kg

15



Bir vaqtning o’zida boshqariladigan o’qlar soni




chiziqli interpolyatsiya bilan

3

dumaloq interpolyatsiya bilan

2

chiziqli-dumaloq interpolyatsiya bilan

3

Dastgohning o’lchamlari




Uzunligi,mm

3350

Eni,mm

4170

Balandligi,mm

3150

Dastgohning og’irligi.kg

6580








ГФ2171 vertikal frezlash dastgohining umumiy ko’rinishi






Metallarga mexanik ishlov berishda tokarlish, frezalash, parmalash jarayonlarini RDB dastgohlarida dasturlash parametrlarni tadqiq qilish va optimallashtirish, asosiy parametrlarni aniqlash, mexanizmlarni loyihalash bo‘yicha tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish
Sanoatda programma (dastur) yordamida boshqariladigan dastgohlar tobora keng ishlatilmoqda. Alfavit raqamli kodda berilgan va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan ishni bajarishni ta'minlovchi komandalar izchilligi ko‘rinishida berilgan programma bo‘yicha boshqarish, metal kesish, jihozini programma yordamida boshqarish deyiladi.
Programma chizma haqida analog raqam ko‘rinishida, ya'ni sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so‘z va ko‘rsatmalar, shartli belgilar va boshqa simvollar ko‘rinishida yozilgan ma'lumotlardan iborat. Sonli programma yordamida boshqarish qurilmasi va ma'lumotlarni dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga o‘zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi.
Umumiy holda boshqarish komandasini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo‘lgan komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi.
Sonli programma yordamida boshqarish sistemasi bu komandalarni avtomatik tarzda o‘qiydi va bajaradi. Programmalarni yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2 lik va 10 lik sanoq sistemalaridan iborat.Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o‘tishi uchun perfolenta, perfokarta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi.
Raqamli yoki sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat:

  • odam dastgohda ishlashdan ozod bo‘ladi;

  • mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko‘proq ta'minlanadi;

  • jihozlarning samaradorligi yuqori, programma yordamida boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o‘rnini bosadi;

  • sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat liniyalar tuzish oson.

Programma yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning malakali programmachi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat ortadi, brak miqdori kamayadi.Programma yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan avtomatik liniyalarni EXM.ga ulash oson. EXM oldidan tuzilgan programma bo‘yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozining ishini o‘zgartiradi. Programma yordamida boshqarish sistemasi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.
Ayni vaqtda sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarni joriy etishda programmachilar tayyorlash zarurligi, jihozlar remontining murakkablashuvi va buyumlarni tipiklashtrish lozimligini e'tiborga olish zarur.
Programmalashtirishning 2 ta usuli mavjud bo'lib: Birinchi usulda detal chizmasi olinadi va jadval yoki analitik ko‘rinishdagi tenglama ko‘rinishida kodlanadi. Bunda dastgoh asbobi va ish organlari harakatining trayektoriyasi elementar uchastkalarga bo‘lib chiqiladi. Har bir uchastkaning koordinatalri x, y, z o‘qlariga ortirma ko‘rinishida tushuntiriladi.
Programma eltgich hajmi kichikroq bo‘lishi uchun magnitli lentaga yozishga mo‘ljallangan bir necha yo‘lcha bor. (6 ta yoki 8 ta). Programma universal yoki maxsus hisoblash mashinasiga kiritiladi.
Programma tuzishning ikkinchi usuli boshqaruvchi mashinani o‘qitishdan iborat. Bu usulda chizmada asbob yoki detalning harakat trayektoriyasi jadvali yoki tenglamasini tuzish shart emas. Bu holda dastgohga zagotovka o‘rnatiladi va programma qurilmasi ulanadi. Ishchi dastgohni qo‘lda bajarib, chizma bo‘yicha birinchi detalni tayyorlaydi va ishlov berishga doir ma'lumotlar dastgohning magnit lentasiga avtomatik tarzda yoziladi.
Zagotovkalarga mexanik ishlov berishda ish harakati va qo‘shimcha xarakatlarning ma'lum izchilligini ta'minlash lozim. Ana shu izchillikka programma deyiladi.Dastgohni ijro organlari xarakatlantiruvchi mexanizmlarga ta'sir etadigan qurilmalar boshqarish sistemalari deb ataladi. Dastgohlarda ishlov berishdagi qo'lda boshqarish programmani dastlabki informatsiya (chizma, texnologik xujjatlar), shuningdek dastgox va asbobni ishini o‘lchash xamda kuzatishlar natijasiga qarab yig‘ilgan joriy informatsiya asosida operatorning o‘zi bajarishini ko‘zda tutadi.
Dastgohni avtomatik boshqarish butun programmani maxsus programma eltuvchi - xotira qurilmasidan foydalangan xolda qayd qilish va bajarishni ko'zda tutadi. Programma eltuvchilar sifatida rostlanaligan tiraklar, kulachoklar, koperlar, terish qurilmalari va xokazo qo'llaniladi.
Sonli dastur yordamida boshqarish (SDB) avtomatik boshqarishning bir turi xisoblanadi. U programmani xarf-raqamli kod tarzida qayd qilishni ko'zda tutadi.
Sanoatda dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar tabora keng ishlatilmoqda. Aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ishchi organlarining belgilangan ishni bajarishini ta'minlovchi buyruqlar ko‘rinishida berilgan dastur bo‘yicha boshqarish metall kesish jihozini dastur yordamida boshqarish deyiladi.
Umumiy holda, boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanishini boshqarish uchun xarur bo‘lgan dasturlarni tayyorlash, hisoblash va yozish (dastur uzatgichga) tushuniladi. Raqamli dastur yordamida boshqarish tizimi - buyruqlarni avtomatik ravishda o‘qiydi va bajaradi.
Raqamli dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar quyidagi afzalliklarga ega:

  • odam dastgohda ishlashlashdan ozod bo‘ladi;

  • mehnat unumdorligi ortadi;

  • jihozlar ish bilan ko‘proq ta'minlanadi;

  • jihozlarning samaradorligi yuqori;

  • dastur yordamida ishlaydigan dastgohlardan avtomatik liniyalar tuzish oson;

  • dastur yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun texnologik dasturlarni tayyorlashni markazlashtirishga imkon beradi;

  • sifat ortadi va brak kamayadi.

Dastur yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzligan avtomat liniyalarni elektron hisoblash mashinalariga ulash oson. EXM oldindan tuzilgan dastur bo‘yicha butun liniya ishini tashkil etadi.
Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozlarning ishini o‘zgartiradi. Dastur yordamida boshqarish tizimi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.Frezalash stanoklarida qo'llaniladigan programma asosida boshqarishning sonli sistemalari ikki xil bo'ladi:ochiq va yopiq.
Ochiq sistemalarda xisoblovchi qurilmadan ijro mexanizmiga yo'nalgan informatsiyalar oqimi bitta bo'ladi. Programmali lenta xisoblovchi qurilma va deshefrator orqali xarakatlanganda uning kirishida buyruq signallari vujudga keladi. Biroq, odatda, bu signallar ijrochi organlarni xarakatlantirish uchun zarur quvvatga ega bo' lmaydi. Shu sababli avtomatik qurilmalar sistemalarida signallarni kuchaytirish uchun ko'pincha kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kuchaytirilgan signallar yuritmaga tushadi, u esa stanokning ma'lum uzelini bevosita yoki oraliq mexanizmlar orqali zarur vaziyatga suradi. Bu yerda ish organlarining xarakati qadamli dvigatellar bilan aniq dozalangan. Bu sistema oddiy va arzon bo'ladi, lekin uning puxtaligi va aniqligi teskari aloqali boshqarish sistemalarinikidan past.
Berk sistemalarda detalga ishlov berish jarayonida ishlov beriladigan zagatovkaning xaqiqiy o'lchami yoki stanok uzelining xaqiqiy xarakati berilgan programma bilan uzluksiz taqqoslab turiladi. Berilgan programmani xisoblashda xisoblovchi qurilma va deshefratorning chiqishida buyruq signallari vujudga kelib, taqqoslovchi qurilmaga boradi. Datchik stanok uzelining xaqiqiy xarakati kattaligini yoki zagatovka o'ichamini o'ichaydi va natijada teskari aloqa signaliga aylantirib, taqqoslovchi qurilmaga yo'naltiriladi.
Taqqoslovchi qurimada teskari aloqa datchigidan kelayotgan signallar xisoblovchi qurilma va deshefratordan kelayotgan signallar bilan taqqoslanadi. Agar xarakatlarning berilgan kattaligi bilan xaqiqiy kattaligi orasida farq bo'lsa, taqqoslovchi qurilmaning chiqishida shu farqqa mos signal paydo bo'ladi. Bu signal kuchaytirgich orqali ijrochi qurilmaga uzatiladi, u esa stanok ishini berilgan programmaga moslab rostlaydi.

Download 168.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling