O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining


Download 23.59 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1184215
  1   2
Bog'liq
Тошкент вилояти PISKENT TUMANI 211 бўйича йиллик хисобот AKM


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining
2021-yil 28-dekabrdagi 211-son bayoni ilovasi “O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarorining Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining tegishli bandlariga asosan Toshkent viloyati “Olmaliq” AKMda bajarilgan ishlar yuzasidan yillik hisobot





Belgilangan vazifa

Ijro muddati

Bajarilgan ishlar

Ma’lumotlarni qanday shaklda berish kerakligiga Izoh

Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar

1-band

Axborot-kutubxona markazlarini internet tarmog‘iga ulanganlik darajasi qayta ko‘rib chiqilishi va optimal tariflar asosida eng yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish ishlari olib borilishi, electron resurslari fondini boyitib boorish, Wi-fi zonalarni tashkil etish

2022-yil
Fevral

Toshkent viloyati tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining 2022- yil xarajatlar smetasi uchun fondini to‘ldirish maqsadida 930 mln. so‘m ajratildi. Internet xizmatlari (WI-FI zonalari) uchun mablag’ ajratildi.
Oqqo’rg’on tuman AKM binosida WI-FI zonasi ishga tushirildi.
Olmaliq shahar AKM binosida WI-FI zonasi ishga tushirildi.
O’rta Chirchiq tumani AKM binosida WI-FI zonasi ishga tushirilgan.

Joriy yil davomida qaysi va nechta AKM lar internet tarmog‘iga ulandi, shartnoma tuzildi, Wi-Fi zona yaratildi.

16-band

Tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining mavjud binolari va moddiy texnik bazasi holatini xatlovdan o‘tkazish hamda 2022-2028 yillar davomida bosqichma bosqich namunaviy loyihalar asosida binolarni qurish, ularni zamonaviy mebel va texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish

Yil davomida

2019-yil “Obod mahalla” yili dasturi asosida Angren shahar axborot-kutubxona markazi kapital rekonstruksiya qilish maqsadida 480 000 000,0 so‘m ajratilgan. Pandemiya va mablag‘ yetishmasligi sababidan qurilish-rekonstruksiya ishlari qisman bajarilib (20 %), oxiriga yetkazilmagan.
Toshkent viloyatining 12 ta axborot-kutubxona markazlari (Angren, Chirchiq shaharlari, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Qibray tumanlari) axborot-kutubxona faoliyati yuritish uchun moslashgan binolarda, 9 ta axborot-kutubxona markazlari (Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Yangiyo‘l shaharlari, Bekobod, Parkent, Toshkent, Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq tumanlari) axborot-kutubxona faoliyati uchun moslashmagan binolarda joylashgan. Shuningdek, tuman-shaharlar axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, kompyuter jamlanmalari, nusxa ko‘chirish uskunalari bilan ta’minlash ishlari qoniqarli darajada deb bo‘lmaydi.
2022-yil iyul oyida Chinoz tuman AKM Chinoz tumani Olmazor qo’rg’oni Samarqand ko’chasi 10-uyda joylashgan binoga to’liq kapital ta’mirlanib faoliyat yuritish uchun ko’chib o’tdi.
2022-yil avgust oyida Bo‘stonliq tuman axborot-kutubxona markazi binosi “Open-byudjet” loyihasi asosida kapital ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
2022-yil oktabr oyida Olmaliq tuman axborot-kutubxona markazi binosi “Open-byudjet” loyihasi asosida kapital ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. AKM uchun 21 dona kitob shkafi, xodimlar uchun stol-stullar va bir qator kitobxonlarga xizmat ko’rsatishda qulaylik yaratuvchi jihozlar sotib olindi.
2022-yil noyabr oyida Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazi binosi “Open-byudjet” loyihasi asosida kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.
2022-yil oktabr oyida Angren shahar axborot-kutubxona markazi binosida “Open-byudjet” loyihasi asosida joriy ta’mirlash ishlari boshlandi.
2020-yil noyabr oyida O’rta Chirchiq tuman hokimligi tomonidan rekanstruksiya qilingan bino foydalanishga topshirildi.

Yil davomida AKM va TAKM binolarida bo‘lgan o‘zgarishlar (yangi qurildi, ta’mirlandi, yangi bino ajratildi) keltirilishi kerak.

17-band

Kutubxona fondini yangilash, o‘zbek tili lotin yozuvidagi adabiyotlar bilan to‘ldirish maqsadida, axborot-kutubxona muassasalarini bosma nashrlar bilan ta’minlashning markazlashgan tizimini joriy qilish masalasini ko‘rib chiqish

Yil davomida

Bekobod shahar Axborot-kutubxona markazida sentabr oyida Bekobod shahar Moliya tomonidan 20.000.000 (yigirma million so’m) mablag`i ajratilib, 9.000.000(to’qqiz million) so’mga 213 nomda 422 nusxada kitob sotib olindi.
Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazida iyun oyida Chirchiq shahar Moliya bo’limi tomonidan ajratilgan 4275000,00 so’m mablag’ga 1177 dona kitob harid qilindi.
Olmaliq shahar axborot-kutubxona markazida iyun oyida Olmaliq shahar Moliya bo’limi tomonidan ajratilgan 20570000,00 so’m mablag’ga 825 dona kitob harid qilindi.
Piskent tuman axborot-kutubxona markaziga dekabr oyida Piskent tuman moliya tomonidan 44292825 (qirq to’rt million ikki yuz to’qson ikki ming sakkiz yuz yigirma besh so’m) mablag’ga 1215 dona kitob xarid qilindi.

Yil davomida AKM va TAKMlarga jami qancha nusxa va summadagi yangi o‘zbek tili lotin yozuvidagi adabiyotlar olindi.

18-band

Vaqtli (davriy) matbuot nashrlariga obunani kengaytirish (gazeta va jurnallar) orqali tuman (shahar) ning barcha toifa va yoshdagi aholisi talabini qondirish maqsadida, xarajatlar smetasini qayta ko‘rib chiqish (bunda, markaziy nashrlargaobuna bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish).

2022-yil yanvar oyidan boshlab

Toshkent viloyati “TURON”axborot-kutubxona markazi davriy nashrlar obunasiga 85,0 mln so`m ajratilib 56 nomda gazeta va 29 nomda jurnallarga obuna tashkil etildi. Foydalanuvchilar talabi asosida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari vaqtli matbuot nashrlariga obuna tashkil etildi. Davriy nashrlar obunasiga 57, 4 mln soʼm ajratildi. 114 nomda gazeta va 45 nomda jurnallarga obuna tashkil qilingan.
Piskent tumani axborot-kutubxona markazida davriy nashrlar obunasiga 9 million so`m ajratilib 20 nomda gazeta hamda 7 nomda jurnallarga obuna tashkil etildi.

Yil davomida vaqtli (davriy) matbuot nashrlariga obuna holati summasi va obuna bo‘lingan nashrlar soni.

19-band

Axborot-kutubxona muassasalari kompyuter texnikasini yangilash va rivojlantirish (skaner, infokiosk, elektron katalog dasturiy ta’minoti), elektron resurslardan foydalanishni tashkil etish va bunda jahonning yetakchi ilmiy-ta’limiy elektron bazalariga ulanishni hamda foydalanuvchilarga inklyuziv xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish maqsadida, har yili byudjetdan tizimli ravishda mablag‘lar ajratib borish choralarini ko‘rish

2022-yil yanvar oyidan boshlab




Yil davomida AKM va TAKMlarga sotib olingan texnik vositalar summasi, soni, nomlari bilan keltirilishi kerak.
Ilmiy-ta’limiy elektron bazalarga a’zolik darajasi va
Inklyuziv xizmatga doir bajarilgan ishlar haqida ma’lumot ham berilsin.

20-band

Kutubxonachilik sohasida zamonaviy bilimlarga ega soha mutaxassislarini shakllantirish maqsadida xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni (xizmat safarlari, o‘quv kurslari uchun to‘lovlar) mahalliy byudjet tomonidan yetarlicha mablag‘lar ajratilishini ta’minlash (alohida hisob-kitoblar asosida)

2022-yil yanvar oyidan boshlab




Yil davomida malaka oshirgan xodimlarning umumiy soni, qayerda malaka oshirganligi, harajatlar uchun qancha summa ajratilganligi keltirilsin.

21-band

Axborot-kutubxona fondlarini talab darajasida, kutubxonachilik standartlari asosida (havo aylanish tizimi, yorug‘lik va isitish tizimlari) saqlash maqsadida zarur shart-sharoit yaratilishini ta’minlash

2022-yildan boshlab investitsiya va boshqa davlat dasturlari doirasida




Havo aylanish, yorug‘lik va isitish tizimlarida muammosi bor TAKM larda qanday ishlar amalga oshirilganli keltirilsin.

22-band

Axborot-kutubxona markazlari joylashgan binolarini muassasalar balansiga o‘tkazib berish masalasini o‘rganib, amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda hal etish choralarini ko‘rish.

2022-yil
Aprel




Apreldan boshlab qaysi TAKMlar binosi o‘z balansiga o‘tkazib berilganligi haqida ma’lumot.

23-band

Kutubxonalarni mebel va jihozlar bilan ta’minlashda maxsus kutubxonachilik me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash.

Doimiy




Yil davomida qaysi TAKMlar yangi mebel va jihozlar bilan ta’minlandi, qancha summadagi, qaysi turdagisi bilan keltrilishi kerak.

24-band

Axborot-kutubxona markazlari hududlarini obodonlashtirish ishlarini yakunlash hamda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, aholi uchun qulayliklar yaratish masalasini xal etish.

2022-yil
May




Maydan boshlab bajarilgan obodonlashtirish ishlari umumlashtirilib keltirilishi kerak.


Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling