О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-sonli «Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish tо‘g‘risida»gi Qarori Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tо‘g‘risida nizom


Download 13.21 Kb.
bet4/5
Sana22.06.2023
Hajmi13.21 Kb.
#1649218
1   2   3   4   5

11. Bolalarga tibbiy xizmat kо‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari о‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar.Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

4-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish

15. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tkaziladi.

Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bо‘lishi mumkin.

5-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi

19. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar qabul qilinadilar.

6-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlarning tashkil etilishi va ularning faoliyat yuritish tartibi

36. Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida tо‘rt soatli ish tartibi asosida davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida qisqa muddatli guruhlar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bо‘limining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.


Download 13.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling