O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16- maydagi
Download 27.36 Kb.
|
1 2
Bog'liqHuquqiy zakovat NIZOMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Huquqiy zakovat”
- Tanlov tashkilotchilari
- II. Savol-javob jarayoni
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16- maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi 259-sonli qarorining ijrosi to’g’risida” gi 2022 yil 13-iyundagi 168-sonli buyrug’ining “2022-2023-yillarda Sogʻliqni Saqlash Vazirligi hodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 5- bandiga muvofiq Farg’ona shaxar Adliya bo’limi bilan hamkorlikda 2- Farg’ona tibbiyot kolleji hodimlari o’rtasida 2022- yil noyabr oyida “Huquqiy zakovat” intellektual o’yinini o’tkazish NIZOMI I. Kirish “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini - jamoaviy musobaqa bo‘lib, unda jamoalar o‘ynalishi belgilangan vaqt doirasida savollarga javob berish bo‘yicha musobaqalashadi. O‘yin davomida jamoalarning maqsadi raqib jamoalarga qaraganda ko‘proq savollarga javob berishdir. Tanlov tashkilotchilari: Farg`ona shahar Adliya bo’limi, 2-Farg’ona tibbiyot kolleji Tanlovda o‘z arizasini topshirgan va 7 nafardan iborat (6 nafar asosiy, 1 nafar zaxira) tarkibdagi barcha hodimlar jamoalari ishtirok etishlari mumkin. Ariza va jamoalar tarkibi 7 nafardan iborat (6 nafar asosiy, 1 nafar zaxira) ko‘rinishda yuborilishi lozim. Jamoa tarkibiga barcha hodimlar (millati, irqi, dinidan qat’iy nazar) jamoaga kiritilishi mumkin. Jamoa a’zolarini belgilangan vaqtda belgilangan joyda bo’lishlarini ta’minlash jamoa sardori mas’ul hissoblanadi. Tanlov davomida jamoaning asosiy tarkibida ko’pi bilan 6 nafar, kamida 5 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. II. Savol-javob jarayoni Savollar o‘zbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qayerda? Qachon?” o‘yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan ko‘rinishda bo‘ladi. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim bo‘ladi. Maxsus javob blankaning yuqori qismida albatta jamoa nomi, savol raqami ko‘rsatilishi kerak. Ushbu ma’lumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankaning bir tomonida bo‘lishi kerak. Bir savolni o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya bo‘lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani xaqida ogohlantiradi. 1 daqiqa vaqt tugagach, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blanklariga yozishlari uchun yana ko‘shimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan 1 gacha ovoz chiqarib sanaydi. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgan so‘ng jami 1 daqiqayu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankani baland ko‘targan xolda turishlari lozim. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar tomonidan yig‘ib olinadi va xisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blankalarini jamoa a’zolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘z vaqtida javob blankasini ko‘tarishga ulgurmagan jamoaning javobi qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi to‘g‘ri bo‘lsa ham, ochko berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankasiga kechikkanligi to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yiladi. Javob varianti tushunarli xusnixat bilan yozilgan bo‘lishi va aniq javobni ko‘zlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi. Javob blankasida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan ortiq variand yozilgan javob variandlari, garchi ulardan biri to‘g‘ri bo‘lsa ham, qabul qilinmaydi va jamoaga ochko berilmaydi. Ustiga chizilgan, ustidan bo‘yalgan yoki qavsga olingan javob variandlari xisobga olinmaydi. Masalan, savolning to‘gri javobi “Qulf va kalit” deylik. Bunday vaziyatda jamoa javob blankaga “Qulf” suzini yozdi va qavs ichida “(kalit)” deya kushib kuydi. Bunday xolatda jamoaning javobi aniq javob sifatida qabul qilinmaydi va ochko berilmaydi. Jamoalar tanlov davomida qushimcha manbalardan (telefon, planshet, shpargalka va x.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday xolat aniqlangan taqdirda jamoa a’zolari to‘liq tarkibi bilan tanlovdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor kilinadi. Savol-javoblar o‘ynalayotgan jarayonda jamoa a’zolarining o‘rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o‘yin jarayoniga oid bo‘lmagan boshqa xatti-xarakatlar qilishi taqiqlanadi. Bunday xolat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 ochkodan 3 ochkogacha jarima ochkosi ushlab qolinishi mumkin. Download 27.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling