O`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi ajiniez nomidagi nukus davlat pedagogik instituti tarix fakul`teti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana17.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#654
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
beriladi.  Sholini  yilning  oxirida,  yomg`ir  kwp  yog`adigan  paytda  ekib  aprelda    yig`im-terim 
boshlanadi.  Hosilni  qwlga  yig`ib  olib,  toshga  urib  yoki  mol  yuborib  xirmonda  yanchilanadi. 
Odatda,  kuydirilgan  erga  ikki  yil  ekin  ekiladi,  keyin  8-10  yil  partav  qilib  qoldiriladi,  yangi  er 
ochiladi. 
Janubi-g`arbiy dahalarda makkajwxori, vodiylarda kartoshka, lobiya, jwxori, manioka, banan, 
sabzavot,  mevali  daraxtlar  ham  ekiladi,  asalari  va  pilla  yetishtiriladi.  Markaziy  adirlarda,  shimoli-
sharqiy  sohillarda  kofe,  vanil,  qalampir,  yog`li  ekinlar,  shakarqamish  kabi  tovar  mahsulotlari 
ekiladi.  Chorva  hududlarida  esa  yirik  shoxli  mol-zebu,  chwchqa,  echki,  turli  parranda  boqib 
yetishtiriladi.  Madagaskarni  ba`zan  «zebu  oroli»  deb  ataydilar,  chunki  bu  yerda  10  mln.ga  yaqin 
zebu  boqiladi.  Ammo  chorva  boylikni  belgilovchi  soha  bwlsa-da  asosiy  rolni  wynamaydi,  mol 
gwshti kam ishlatiladi, faqat twy va boshqa marosimlarda swyiladi. 
Aholining  kwpchilik  qismi  (90  foiz)  qishloqlarda  yashaydi.  Uylari  twg`ri  burchakli, 
qamishdan  nishabli,  toplari  palma  yaproqlari  bilan  yopilgan,  devorlari  qamishdan  twqilib  loy 
suvalgan. Markaziy tog`li joylarda toshdan va g`ishtdan qurilgan jihozlar, yog`ochdan wyma naqsh 
berilgan  mebellar,  chiroyli  twqilgan  chipta  va  bwyralar,  chipta  dasturxon  va  salfetkalar,  turli 
gaqshli  yog`och idishlar, haykalchalarni kwrish mumkin. Milliy kiyimlardan oq  yoki gulli chitdan 
boshdan  oyoq  wrama  qilib  kiyiladigan  lamba  keng  tarqalgan.  Qizil  ipakdan  bichilgan  lamba  kishi 
wlganda kafan vazifasini bajargan. 
Madagaskar  aholisining  yarmidan  kwpi  (54  foizi)  mahalliy  an`naviy  dinlarga,  ayniqsa, 
ajdodlarga  sig`inish  ibodatiga  amal  qiladilar.  Odamning  hayoti  twg`ilishidan  to  wlimigacha  urug` 
iborati  marosimlari  va  odatlari  bilan  twla,  hosil  twplash  va  molnii  bolalashi  ham  turli  urf-odatlar 
bilan nishonlanadi. Malagasiylarning turmushida daft qilish va xotirlash marosimlari alohida wrinni 
egallaydi.  
Xotir marosimlarida musiqa, ritual raqslar, miltiq otishlar, kata xarajatli xudoyilar va haftalab 
davom  qiladigan  ziyofatlar  juda  keng  tarqalgan.  Ayniqsa,  qabr  ustiga  qwyiladigan  yodgorlik 
ustunlari chiroyli wrnatiladi, wyma naqshlar va  qwkiz shoxlari bilan bezatiladi. Qarindoshlarni daft 
qilish  va  qabrlariga  qarab  xotirlash  eng  muhim  odatlardan  hisoblanadi.  Shuning  uchun  sohil 
aholisida qabristonlarni obodonlashtirish, dabdabali sag`ana tiklash, qimmatbaho haykallar qwyish 
keng tarqalgan. Malagasiylar wlimni hayotning davomi deb tasavvur qiladilar. Orol aholisining 41 
foiz qismi nasroniy diniga wtgan bwlsada, asl qadimiy an`naviy marosimlar va urf-odatlarga amal 
qiladilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvohlari ular bilan birga uyda  yashaydi, avlodlarning 
turmushi,  xwjalikda,  kundalik  hayotida  va  diniy  marosimlarida  an`naviy  udumlarga  rioya 
qilishlarini  kuzatadilar.  Taxminan  10%  malagasiyalar  sunna  mazhabidagi  islom  diniga,  ozgina 
qismi esa shia mazhabiga itoat qiladilar. 
Malagasiylarning  tasviriy  san`ati  amaliy  xarakterga  ega  bwlib,  tosh  yoki  yag`och 
wymakorligi,  sopol  idishlari  va  gazlamadagi  tasvirlar,  chipta  va  savatlardagi  naqshlardan  iborat. 

 
115 
 
Ba`zan  motam  munosabati  bilan  ikki-uch  kun  tinmay  bambukdan  yasalgan  noyob  nohinli  torli 
asbob,  nog`ora  va  naylar  ovozi  ansambli  ijrosida  yangrab  turadi.  Og`zaki  ijod  ham  ancha 
rivojlangan. 
Afrika  xalqlari  qadimiy  davrlardan  to  hozirgacha  ijtimoiy  taraqqiyotdan  chekkada  qolmay, 
doymiy  rivojlanishda  bwlganlar.    Mustamlaka  arafasida  Afrika  xalqlari  turli  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot  darajasida  turganlar,  yuksak  madaniyat  yaratgan  yirik  davlatlar  bilan  bir  qatorda,  hali 
ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. 
Afrika,  arab  va  hind  madaniyatlarining  kwp  asrlik  yaqin  aloqalari  va  aralashmasida  paydo 
bwlgan  yorqin  va  original  suaxili  madaniyati  umumjahon  mohiyatga  ega  bwlgan  va  juda  kwp 
etnoslarga mansur tushgan madaniyatga aylangan. 
 Uy  qurilishida,  kiyimlari,  badiiy  hunarmandchilik  mahsulotlarida,  ma`naviy  hayotida 
nihoyatda gwzal va rang-barang wziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil 
qismi  aholisi  hozirgacha  zargarlik,  misrgarlik,  yag`och  va  suyak  wymakorligi  san`ati  an`nalarini 
davom  ettirmoqdalar.  Suaxilliklarning  oq  xalat  (galabey)lari,  kumush  bilan  kashtalangan  chiroyli 
dwppilari, ayollarning quyuq kwk, wziga xos parda va shoyshablari, turli taomlari sharqiy-janubiy 
sohil aholisi orasida keng tarqalgan. 
Tanzaniyada 
mahalliy 
bantu 
xalqlarining 
wtroq 
dehqonchilik 
madaniyati 
bilan 
hunarmandchilik  va  sohillardagi  suaxili  savdogarlarining  madaniy  an`nalari  qadimiy  davrlardan 
aralashib shakllanib kelgan. 
 Malagasiylarning  tasviriy  san`ati  amaliy  xarakterga  ega  bwlib,  tosh  yoki  yag`och 
wymakorligi,  sopol  idishlari  va  gazlamadagi  tasvirlar,  chipta  va  savatlardagi  naqshlardan  iborat. 
Ba`zan  motam  munosabati  bilan  ikki-uch  kun  tinmay  bambukdan  yasalgan  noyob  nohinli  torli 
asbob,  nog`ora  va  naylar  ovozi  ansambli  ijrosida  yangrab  turadi.  Og`zaki  ijod  ham  ancha 
rivojlangan.  Janubiy  Afrika  xalqlarining  eng  qadimiy  madaniyatidan  qoyalarga  rasm  chizish 
hozirgacha  saqlangan.  Fil,  karkidon,  ilon,  qwkiz,  jirafa  kabi  hayvonlar,  ov  marosimi  va  urush 
manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan.  
Jahonda  Namibiya  qorakwl  terisi  ishlab  chiqarishda  birinchi  wrinda  turadi  (har  yili  2,5-3,5 
mln.  dona  eksport  qilinadi).  Ularda  angor  echkisi  oliy  darajadagi  moxer  junini  beradi.  Qorakwl 
qwylari  aslida  1907-yili  nemislar  tomonidan  keltirilib  kwpaytirilgan.  Mamlakatda  2,8  mln.  qora 
mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. 
Hunarmandchilik  nihoyatda  rivojlangan.  Temir  buyumlar  ishlab  chiqarish,  zargarlik  birinchi 
wrinda  turadi.  Qadimiy  davrlardan  efioplar  temir  mahsulotlari,  bilaguzuk,  sirg`a  va  boshqa  turli 
bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush 
buyumlar  qammatbaho  toshlar  bilan  bezatilgan.  Wsimlik  naqshlari  qadimiy  qwlyozmalarda  ham 
ishlatilgan. 
Hozir  g`arbiy  va  Markaziy  Afrikaning  iqtisodiy  taraqqiyotida  qazilma  boyliklarning  kwpligi 
muhim  ahamiyatga  ega.  Yaqin  davrgarcha  bu  erda  og`ir  sanoat  bwlmagan.  Mustaqillikka 
erishilgandan  keyin,  ayniqsa,  yirik  port  shaharlarida  asta-sekin  sanoat  korxonalari  paydo  bwla 
boshladi.  Markaziy  Afrikada  yog`och  ishlab  chiqarish,  twqimachilik,  oziq-ovqat  sanoati  sohalari 
ham  rivojlangan.  Og`ir  sanoatning  asosiy  mahsulotlari  eksportga  ishlaydi.  Mustamlaka  arafasida 
Afrika  xalqlari  turli  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasida  turganlar,  yuksak  madaniyat  yaratgan 
yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar 
ham mavjud edi. 
Ammo  Afrika  xalqlari  uzlarining  necha  asrlik  mustamlaka  tuzimida  bulishiga  qaromasdan 
mustaqil  taraqqiyot  ywliga  wtib  katta  yutuqlarga  erishaolganlar  va  jaxon  tsivilizatsiyasining  eng 
qadimgi uchoqlaridan biri ekanligini sifatlayoldi.
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling