O`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi ajiniez nomidagi nukus davlat pedagogik instituti tarix fakul`teti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
beriladi. Sholini yilning oxirida, yomg`ir kwp yog`adigan paytda ekib aprelda yig`im-terim
boshlanadi. Hosilni qwlga yig`ib olib, toshga urib yoki mol yuborib xirmonda yanchilanadi. Odatda, kuydirilgan erga ikki yil ekin ekiladi, keyin 8-10 yil partav qilib qoldiriladi, yangi er ochiladi. Janubi-g`arbiy dahalarda makkajwxori, vodiylarda kartoshka, lobiya, jwxori, manioka, banan, sabzavot, mevali daraxtlar ham ekiladi, asalari va pilla yetishtiriladi. Markaziy adirlarda, shimoli- sharqiy sohillarda kofe, vanil, qalampir, yog`li ekinlar, shakarqamish kabi tovar mahsulotlari ekiladi. Chorva hududlarida esa yirik shoxli mol-zebu, chwchqa, echki, turli parranda boqib yetishtiriladi. Madagaskarni ba`zan «zebu oroli» deb ataydilar, chunki bu yerda 10 mln.ga yaqin zebu boqiladi. Ammo chorva boylikni belgilovchi soha bwlsa-da asosiy rolni wynamaydi, mol gwshti kam ishlatiladi, faqat twy va boshqa marosimlarda swyiladi. Aholining kwpchilik qismi (90 foiz) qishloqlarda yashaydi. Uylari twg`ri burchakli, qamishdan nishabli, toplari palma yaproqlari bilan yopilgan, devorlari qamishdan twqilib loy suvalgan. Markaziy tog`li joylarda toshdan va g`ishtdan qurilgan jihozlar, yog`ochdan wyma naqsh berilgan mebellar, chiroyli twqilgan chipta va bwyralar, chipta dasturxon va salfetkalar, turli gaqshli yog`och idishlar, haykalchalarni kwrish mumkin. Milliy kiyimlardan oq yoki gulli chitdan boshdan oyoq wrama qilib kiyiladigan lamba keng tarqalgan. Qizil ipakdan bichilgan lamba kishi wlganda kafan vazifasini bajargan. Madagaskar aholisining yarmidan kwpi (54 foizi) mahalliy an`naviy dinlarga, ayniqsa, ajdodlarga sig`inish ibodatiga amal qiladilar. Odamning hayoti twg`ilishidan to wlimigacha urug` iborati marosimlari va odatlari bilan twla, hosil twplash va molnii bolalashi ham turli urf-odatlar bilan nishonlanadi. Malagasiylarning turmushida daft qilish va xotirlash marosimlari alohida wrinni egallaydi. Xotir marosimlarida musiqa, ritual raqslar, miltiq otishlar, kata xarajatli xudoyilar va haftalab davom qiladigan ziyofatlar juda keng tarqalgan. Ayniqsa, qabr ustiga qwyiladigan yodgorlik ustunlari chiroyli wrnatiladi, wyma naqshlar va qwkiz shoxlari bilan bezatiladi. Qarindoshlarni daft qilish va qabrlariga qarab xotirlash eng muhim odatlardan hisoblanadi. Shuning uchun sohil aholisida qabristonlarni obodonlashtirish, dabdabali sag`ana tiklash, qimmatbaho haykallar qwyish keng tarqalgan. Malagasiylar wlimni hayotning davomi deb tasavvur qiladilar. Orol aholisining 41 foiz qismi nasroniy diniga wtgan bwlsada, asl qadimiy an`naviy marosimlar va urf-odatlarga amal qiladilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvohlari ular bilan birga uyda yashaydi, avlodlarning turmushi, xwjalikda, kundalik hayotida va diniy marosimlarida an`naviy udumlarga rioya qilishlarini kuzatadilar. Taxminan 10% malagasiyalar sunna mazhabidagi islom diniga, ozgina qismi esa shia mazhabiga itoat qiladilar. Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. 115 Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha rivojlangan. Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada qolmay, doymiy rivojlanishda bwlganlar. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. Afrika, arab va hind madaniyatlarining kwp asrlik yaqin aloqalari va aralashmasida paydo bwlgan yorqin va original suaxili madaniyati umumjahon mohiyatga ega bwlgan va juda kwp etnoslarga mansur tushgan madaniyatga aylangan. Uy qurilishida, kiyimlari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlarida, ma`naviy hayotida nihoyatda gwzal va rang-barang wziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil qismi aholisi hozirgacha zargarlik, misrgarlik, yag`och va suyak wymakorligi san`ati an`nalarini davom ettirmoqdalar. Suaxilliklarning oq xalat (galabey)lari, kumush bilan kashtalangan chiroyli dwppilari, ayollarning quyuq kwk, wziga xos parda va shoyshablari, turli taomlari sharqiy-janubiy sohil aholisi orasida keng tarqalgan. Tanzaniyada mahalliy bantu xalqlarining wtroq dehqonchilik madaniyati bilan hunarmandchilik va sohillardagi suaxili savdogarlarining madaniy an`nalari qadimiy davrlardan aralashib shakllanib kelgan. Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha rivojlangan. Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish hozirgacha saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qwkiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan. Jahonda Namibiya qorakwl terisi ishlab chiqarishda birinchi wrinda turadi (har yili 2,5-3,5 mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorakwl qwylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib kwpaytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik birinchi wrinda turadi. Qadimiy davrlardan efioplar temir mahsulotlari, bilaguzuk, sirg`a va boshqa turli bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush buyumlar qammatbaho toshlar bilan bezatilgan. Wsimlik naqshlari qadimiy qwlyozmalarda ham ishlatilgan. Hozir g`arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning kwpligi muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgarcha bu erda og`ir sanoat bwlmagan. Mustaqillikka erishilgandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bwla boshladi. Markaziy Afrikada yog`och ishlab chiqarish, twqimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari ham rivojlangan. Og`ir sanoatning asosiy mahsulotlari eksportga ishlaydi. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. Ammo Afrika xalqlari uzlarining necha asrlik mustamlaka tuzimida bulishiga qaromasdan mustaqil taraqqiyot ywliga wtib katta yutuqlarga erishaolganlar va jaxon tsivilizatsiyasining eng qadimgi uchoqlaridan biri ekanligini sifatlayoldi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling