O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi


Download 0.94 Mb.

bet8/10
Sana12.02.2017
Hajmi0.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Shahlo ko`z bir qizga bo`ldi oshiq u  

Ko`zlar dil ovlashga g`oyat ustakor  



Ko`zlarga bag`ishlab tuzdi qo`shiq u. 

 

 



 

 

Shayxzoda 



bastakor 

 

 



oshiq 

ustakor 

 

 

qo`shiq u 



Keltirilgan qofiyalarning birinchisida so`z oxirida 5 ta, ikkinchisida ham xuddi 

shuncha tovush ohangdosh bo`lib kelgan. So`z oxiridanhisoblaganda ohangdosh 

tovushlar qancha ko`p bo`lib, ichkari borsa, qofiya shuncha boy va chuqur sanaladi. 

Bunday qofiyalarni rus tilida glubokaya rifma deb ham ataydilar. 



OCH  QOFIYa.  Bunday  qofiyada  ohangdoshlik  juda  kuchsiz  yoki  qariyb  yo`q 

bo`ladi.  Bunday  qofiyada  asosan  qo`shimchalargina  (qo`shimcha  bo`lganda  ham  bir 

ma’noli,  bir  xil  qo`shimcha)  ohangdoshlik  tasavvurini  yaratib  keladi.  Demak,  och 

qofiya to`la bo`lmagan ohangdoshlikdir: 

SHodlik yo`lga boshladi meni 

Baxtiyorlik bo`ldi adatim. 


SHoir bo`lib shodlik va baxtni 

Kuylamaklik zo`r saodatim. 

 

 

 

 

 

 

H.Olimjon 

Meni:  baxtni  qofiyasida  faqat  -ni  qo`shimchasigina  ohangdoshlik  yaratib 

turibdi, xolos. Aslida esa bu erda qofiyaning o`zi yo`q. 

 

NOANIQ  YOKI  TAKRIBIY  QOFIYa.  Bunday  qofiyada  tovushlar  to`la  muvofiq 

kelmasa- da, ular to`la ohangdoshlik hosil qiladi: 

 - qofiyadosh so`zdagi undosh tovushlar bir-biriga to`la muvofiq kelmaydi: 

Telba dunyo ekan umr degani, 

Endi aql kirdi, endi tetikman

YOshlik kayfi bilan ko`p mo`’jizani  

Ko`rmasdan yonidan o`tib ketibman. 

 

 

 



 

A.Muxtor. 

Tetikman;   ketibman 

 - undoshlar muvofiq kelmaydi. Faqat unlilargina muvofiq bo`ladi: - assonans: 

Ikkalasi muhabbat haqqi 

Bo`pti cho`lda yaShashga rozi 



O muhabbat, qanchalar qudrat 

Xo`sh, bormidi o`zga iloji 



 

 

 

 

SHukrullo 

- Shakli ham, mazmuni ham bir qo`shimchalardan tuzilgan bo`lib, bunday qofiya 

eng qashshoq sanaladi. 

NOTeNG  BO`G`INLI  QOFIYada  qofiyalangan  so`zlardagi  bo`g`inlar  soni  teng 

bo`lmaydi.  Masalan,  nuqul:  Tursunqul,  nash’a:binafSha,  nashida:  jiyda,  rozi:tarozi, 

tobga:oftobga, tan:tuban. 

YOPIQ. Undosh tovush bilan tugagan (yopiq bo`g`in) so`zdan tuzilgan qofiya. 

Botir bo`l, ayama, qonga qon so`ra, 

Otang qasamini aylagil davom. 

Toki mal’un dushman achchiq sezolsin, 

DahShatdir bizdagi xunin intiqom. 

   


 

 

 



G`.G`ulom. 

OCHIQ. Unli tovushlar (ochiq bo`g`in) bilan tugagan qofiya.  

Saroy kiyib shohidan,  

Ochlarni qamchilardi

Har asr nigohidan 

Isyonlar tomchilardi



 

 

 

H.Olimjon  

YuMSHOQ . Yarim unli bilan tugagan qofiya. 

Bunyod qilichi bilan, 

Zaharli uchi  bilan 

Devni burdalay berdi, 

Qilich qon yalay berdi. 

 

 



 

 

H.Olimjon 



Rus she’riyatida qofiyaning o`ziga xos quyidagi turlari mavjud: 

Mujskaya:  oxirgi  bo`g`inga  urg`u  tushgan  so`zdan  yasalgan  qofiya.  Masalan, 

nochnoy: mgloi, listq; i tq. 

Jenskaya:  Oxiridan  ikkinchi  bo`g`inga  urg`u  tushgan  so`zdan  yasalgan  qofiya. 

M.: vershinq ; dolinq, doroga: nemnogo. 

Gornqe vershinq 

Spyat vo tpme nochno

Tixie dolinq 

Polnq svejey mglo

Ne pqlit doroga 

Ne drojat listq 

Podojdi nemnogo 

Otdoxneshp i tq 

Daktilicheskaya. Urg`u oxiridan uchinchi bo`g`inga tushgan qofiya. 

M.: vqbrasqvatp; klassovqy 

Mutno - svintsovuyu gryazp 

Trubq ustali vqbrAsqvatp 

Segodnya v zavode prazdnik 

Krestpyanskiy, klAssovqy 

 

Giperdaktiliyacheskaya. Urg`u oxiridan to`rtinchi bo`g`inga tushgan so`zdan. 



Leshiy  borodu pochesqvaet 

Palku sumrachno obtqesqvaet 

 

 



 

 

 



Blok. 

Sostavi jihatidan qofiya sodda va murakkab  (sostavli) bo`lishi mumkin. 

Sodda. Birgina so`zdan iborat bo`ladi. 

Ulg`aydim, yor senga mubtalo bo`ldim. 

Ko`zini ko`rsatdi shunda go`zallar 

Hazil - hazil bilan muchallar o`tdi 

Kulmasin o`spirin yoshli go`zallar 



 

 

 

 

 

G`.G`ulom 

Sostavli (murakkab): birdan ortiq so`zdan tuzilgan.  

- qo`shma so`zdan: 

er yuzida yaShagan inson 

Mayliga u qaerli bo`lsin 

Tinch mehnatda kunlari shodon 

Kechalari xayrli bo`lsin 



 

 

 

 

 

E.Vohidov 

-

 



juft so`zdan: 

Uyg`on, quyosh o`ynar yuzingda, 

Bugungi tong shunchalar go`zal. 

Lovillaydi Shafaqlar yal-yal, 

Nechun hayol qotmish ko`zingda. 

Kiprigingda yosh olmos – olmos, 

Nechun sening uyg`onging kelmas. 

 


-

 

sostavli so`z yoki jumladan: 



Bo`ydoq to`rt yuz karnay ham  

SHo`x qo`shiq, sho`x kulgilar 

Oqsin go`yo SharShara, 

To`rt yuz rubob, to`rt yuz tang, 

To`rt yuz jezu zar nay ham.  

 

 



 

 

 



Mirtemir 

-

 



pantorifma: butun misra qofiyalaShadi. 

Yulduzni uzib beray, 

Kunduzni tuzib beray. 

 

 



 

H.Olimjon 

Pantorifma mumtoz adabiyotda ham mavjud bo`lib, uni tarse deb yuritiladi. 

 

 



Kirsun bu savodi a’zam ichra, 

 

Kezsun bu bilodi motam ichra.        A.Navoiy 



 

Omonim  qofiya.  Shakli  bir  xil,  biroq  ma’nosi  turlicha  bo`lgan  so`zlardan 

tuzilgan qofiya. 

Boqib ko`nglim uchun necha martaba

Nega bunday qilding, charxi kajraftor. 

Bir sohilga berib yuksak martaba

Boshqa bir sohilni qilding xokisor. 

 

 



 

 

 



 

E.Vohidov 

Bunday qofiya Shakli mumtoz adabiyotda ham uchraydi. 

Boqar oxulayin har yon o`Shal ikki qaro ko`zlar 

Hadangi g`amzasin otmoq uchun go`yo qaro ko`zlar 

 

 

 

 

 

 

 

Atoyi 

 

Qofiyaning bu turi mumtoz adabiyotda asosan tuyuq uchun xarakter-lidir. 



 Jangga soldi daxr g`urbat   norini (anor) 

 Ko`z yoshim bo`ldi mo`g`ulning norini (norin) 

 Bu arada men degandek bo`lmasa, 

 Ko`zlayin Issiq qo`l, undan norini ( nariroq) 

 

So`z  o`yini.  Qofiyaning  bu  turi  omonimdan  farqli  o`laroq  bir  so`zdan  iborat 



bo`lmasligi mumkin. Bundan tashqari, so`z o`yini (kalambur) qofiyada askiya, hazil, 

lutf  elementlari ham bo`ladi. 

Tavtologik  qofiya  ham  o`z  tuzilishi  jihatidan  omonim  hamda  kalambur 

qofiyaga yaqin turadi. Farq shundaki, tavtologik qofiya bir Shakldagi so`zdan tuzilib, 

mazmun jihatidan ham bir-biridan farq qilmaydi. 

 

Yo`q, kerakmas, qo`ying, kerakmas, 



Menga orom istamang, do`stlar 

Xilvat soz deb qistamang, do`stlar 

Qo`ying, bunday orom kerakmas

 

 



 

 

 



 

A.Oripov. 

Grammatik tuzilish jihatidan qofiyani quyidagicha tasnif qilish mumkin: 

Ot qofiya. Ot hamda ism so`zlar (sifat, son)dan yasalgan qofiya. 

 


YOg`ar edi pag`a - pag`a qor

Dalalarda izg`ir oq quyun. 

Yo`llar jimjit. Ingrar daraxtzor

Qishloq uzra qoru ko`k tutun 

 

 

 



 

 

 



Oybek 

Fe’l qofiya. Fe’l hamda boshqa yordamchi so`zlardan tuzilgan qofiya. 

Shabboda, men seni ko`rmayman 

Qo`limga tutmayman 

Jamoling ne taxlit so`rayman 

Javobing kutmayman   



 

Zulfiya 


 

 

 



 

 

 



 

Grammatik bir xil. Bir xil so`z turkumidan tuzilgan. 



OT:OT 

yo`lkalar : o`lkalar 

  

ko`klam : o`lkam 



 

boyonlar : chayonlar 

Sifatdosh : sifatdosh 

yugirib : sug`urib 

otar      : botar 

Fe’l : fe’l 

o`rgayman : ko`rgayman 

kechmasa : ichmasa 

o`payin : ko`payib 

Grammatik har xil. Turli so`z turkumlaridan tuzilgan. 

 

Osonmas, osonmas shoir yurakka,       = ot 



Unda tumanlarning dardi, ohi bor 

Unga bu dunyoda yaShash murakkab        = sifat 

CHunki shoir qalbning ishtibohi bor 

 

 



 

 

 



 

 

E.Vohidov. 



O`zak qofiya. So`zning o`zagidan tuzilgan qofiya. 

 

yiroq : firoq 



 

ochiq : oshiq 

 

Shahar : haShar 



 

temir : tomir 

Qofiyalarning o`rniga ko`ra turlari.  

Boshlanma (anaforik) qofiya. 

 

Sababi shunda edi, 



Ko`nglim tugunda edi. 

O`lib ketar deb edim, 

CHirib ketar deb edim. 

 

 

 

 

 

 

 

H.Olimjon. 

Ichki  qofiya.  Misra  so`nggidagi  qofiyadan  tashqari,  misra  o`rtasidagi  so`zlar  ham 

ohangdosh bo`ladi. 


Koshki edi, men boshingda 

Turgan bo`lsam o`Sha dam 



Kirmasmidim men qoshingga 

Bermasmidim jonni ham  



  

 

 

 

 

 

 

Zulfiya 

 

Ichki qofiya mumtoz adabiyotda ham keng tarqalgan.  



Qaro zulfing firoqida parishon ro`zg`orim bor 

Yuzingning ishtiyoqida na sabru na qarorim bor 

 

 

 

 

 

 

 

Bobur 

Qo`sh  qofiya.  Misra  ichidagi  qofiya  misra  oxiridagi  qofiya  bilan  ham  ohangdosh 

bo`lib keladi. 

 

 



Salqin saharlarda, bodom gulida  

BinafSha labida, ellarda bahor. 



 

Qushlarning parvozi, ellarning nozi 

 

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor 



 

 

 

 

 

 

 

Zulfiya 

Bunday qofiyaning mumtoz adabiyotdagi ko`rinishi. 

Labing bag`rimni qon qildi, ko`zimdan qon ravon qildi, 

Nega holim yomon qildi, mening andin so`rorim bor 

Bunday qofiyani Navoiy zulqofiyatayn deb ataydi. 

 

Bandni uyushtirish jihatidan qofiyaning misradagi o`rni. 



Kesishuvchi qofiya a b a b 

Zamin otli bir Sayyorani 

Ikki bo`lak qilib so`ydilar



G`arb dedilar bitta porani 

Bir porani Sharq deb qo`ydilar



 

 

 

 

 

 

 

E.Vohidov 

Qoliplovchi qofiya: a b b 

 

Ba’zi tunlar qattiq - qattiq 



 

Bo`kirdi - da qo`ydi sellar 

 

Quturadi vaxshiy ellar 



 

Ucha yozdi ko`rpa - yostiq 

 

 

 



 

 

 



 

Oybek 


Juft qofiya: a a  b  b   v v  g g 

 

Ikki do`stga aytib Sharaf - shon 

 

Oqar edi toshqin Zarafshon 



Olam sari sochib yangi ong 

Sekin - sekin yoriShardi tong. 

 

 

 



 

 

 



H.Olimjon 

Mumtoz adabiyotda masnaviylar xudda shunday qofiyalanadi. 

Nedur ahvoling, ey zori g`aribim, 

Visolim davlatidin benasibim. 

CHekarding g`am tog`in holing nechundir, 

Bu yukdan jimmi chun noming nechukdir. 



 

 

 



 

 

 



 

Navoiy. 


Bo`ldi taajjub qiziq hangomalar, 

Arz etayin emdi yozib nomalar. 

Adl qulog`i - la eshit holimi 

Zulm qilur baski menga zolimi  

 

 

 



 

 

 



 

Muqimiy 


SHunday qofiyalash yo`li bilan yozilgan asarlar masnaviy deyiladi. 

Uzilgan qofiya: a b v b 

Tong otarchog`ida juda sog`inib 

Bedil o`qir edim, chiqdi oftob. 

Loyqa haylatlar chashmaday tindi 

Pok - pokiza yurak - bir qatra simob.   

G`.G`ulom 

Uchlik qofiya: a a b a  

 

 

Qofiyaning  bu  turi  xalq  qo`shiqlari  uchun  xarakterli  bo`lib,  yozma 



adabiyotga ham o`Sha erdan kirib kelgan. 

Olma ekilmasmidi, 

Tagi chopilmasmidi

Nega qariga berding? 

Tegim topilmasmidi 

Ruboiy ham xuddi shunday qofiyalanadi: 

Ayrim hollarda ruboiyning qofiyasi a a a a bo`lishi ham mumkin. 

 

Sen gulsanu men haqir bulbuldurmen, 



Sen shu’lasanu ul shu’laga men quldurmen, 

Nisbat yo`qtur deb ijtinob aylama kim, 

Shaxmen elga, vale senga quldurmen 

 

 



 

 

 



 

 

Bobur. 



So`zdurki, nishon berur o`lukka jondin

So`zdurki, berur jonga xabar jonondin

Insonni so`z ayladi judo hayvondin 

Bilkim, guhari Sharifroq yo`q ondin 



 

 

 

 

 

 

 

Navoiy 

Bunday ruboiy taronai ruboiy deyiladi. 

Zanjirli qofiya: a b a b v b v g v g d g 

 

Qofiyaning bu turi G`arbiy evropada t e r  ts e t yoki tertsina deb yuritiladigan 



uch  misrali  bandlardan  tashkil  topgan  she’rlarda  yoki  shunday  misralardan  tuzilgan 

epik  poemalarda  uchraydi.  M.Dantening  «Ilohiy  komediya»  asari  ana  shunday 

tertsina bilan yozilgan. Bu xususiyat A.Oripovning tarjimasida ham yaxlit berilgan.  

 

Ternarnaya  rifma  -  bu  ham  uch  misrali  bandlarda  uchraydigan  qofiya  turi 



bo`lib, zanjirli qofiyadan farqli o`laroq, a a b   v v b   s s b bo`ladi. G`.G`ulomda ana 

shunday ternarnaya rifmaning o`ziga xos ko`rinishi uchraydi: a b v  a b v 

 

 

Ko`rmasdan, bilmasdan uylanish 



 

Turmushday eng shirin ne’matga 



Alamni o`rtoqlash emasmi? 

 

Tanimay to`satdan bo`lgan yosh 



YaShashda eng chuqur kulfatga 

Sudrovchi yov tunin qiymasmi? 

 

 

 



G`.G`ulom. Tagduzi 

 

SHe’r  turlari,  ulardagi  misralarnig  soni  va  bandlarning  xususiyatiga  qarab, 



zanjir qofiyaning boshqa bir qator turlarini uchratish mumkin. 

 

Katren (to`rtlik). To`rt misrali bandlardan tashkil topgan she’r bo`lib, qofiyasi a 



b a b  s d d s  e g e   g e g  

 

SHe’rim! Yana o`zing yaxshisan, 



Boqqa kirsang, gullar Sharmanda. 

Bir men emas, hayot Shaxsisan, 

Jonim kabi yaShaysan tanda. 

 

Yuragimning dardi - naqshisan,  



Qilolmaymen seni hech qanda! 

O`t bo`lurmi ishqi yo`q tanda? 

Ishqimsanki, she’rim, yaxshisan. 

 

Sen orada ko`prik bo`ldingda, 



Teyne bilan o`rtoq tutindim, 

Lermontovdan ko`mak o`tindim. 

 

Butun umrim sening bo`yningda, 



Saharda qon tupursam, mayli, 

Men - Majnunman; she’rim sen Layli! 

 

 

 



 

 

 



 

Nosir. 


Sekstika (oltilik). Qofiya sistemasi avvass  avavss  aavsssv  avsavs 

Detsima (o`nlik). Qofiyasi: Avvaassdds yoki avavssdeed 

Detsima  ispan  poeziyasidan  kelib  chiqqan  bo`lib,  uning  qofiyasida  mujskaya 

va jenskaya rifma baravar bo`ladi. 

Rondelp. Uch bandli she’r bo`lib, qofiyasi avva  avav avvaa  

Ayrim  qofiyalash  sistemalari  o`Shanday  qofiya  sistemasini  birinchi  marta 

ishlatgan  asar  nomi  bilan  ataladi.  M.,  A.S.Pushkinning  «evgeniy  Onegin»  she’riy 

romani 14 qatorli bandlardan tashkil topgan bo`lib, qofiyalash sistemasi quyidagicha: 

abab   aabb  abba aa  

Bunday qofiyalash sistemasi «oneginskaya strofa» nomi bilan yuritiladi. 

G`.G`ulom  she’riyatida  (ayniqsa  ijodining  dastlabki  bosqichida  yaratilgan 

she’rlarida) turli-tuman qofiyalash sistemalarining ishlatilganligini ko`ramiz. 

«Go`zallik nimada» - aaab  aaab 

«Surnay»             - aabva 

«Bo`lsin»   

   - aabv    

«Beviqor qor» 

   - aabbv  bbba 

«CHaman»   

    - aaaaaa   bbbbba 



«Salom va tabrik»  - aaabb 

«Paranji» 

 

    - aaaa  bbbaa 



Oybekning  «Na’matak»  she’ri  qofiyasi  ham  juda  nodir  bo`lib,  hech  erda 

uchramaydi. 



















i      a 



Qofiyalangan  proza.  Qofiya  prozada  ham  bo`lishi  mumkin.  Qofiyalangan 

proza  saj’  deyiladi.  Sajh  namunasini  xalq  og`zaki  ijodida  ko`p  uchratamiz. 

Ertaklarda:  bor  ekanda  yo`q  ekan,  och  ekanda  to`q  ekan,  bo`ri  bakovul  ekan,  tulki 

yasavul  ekan,  qarg`a  qaqimchi  ekan,  chumchuq  chaqimchi  ekan,  toshbaqa  tarozidor 

ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan 

 

Maqollarda: «Otalar so`zi  - aqlning ko`zi» 



«Ming o`yla, bir so`yla» 

«Qari bilganni pari bilmas» 

Xalq  dostonlarida:  «Bir  so`zni  eshitib,  Intizor  oym  ertaroq  bormay,  uncha- 

buncha  so`zga  quloq  solmay,  oltin  ko`shkning  ustida  turib,  ko`shkning  pastida  asp 

jallob buni ko`rib, og`zi angrayib turdi». 

Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida: «Dehqonki dona sochar, erni yormoq 

bilan rizq yo`lin ochar. Agar rostlik va salohi bordur, uyi solih nokasidin nomadordir. 

Olam  ma’murligi  alardin,  olam  ahli  masrurligi  alardin.  Har  qayon  qilsalar  harakat, 

elga ham qut etkurur ham barakot». 

Qofiyali prozada yozish usuli boshqa. 

 

Saj’ usulida yozilgan asarlar musajja deyiladi. 



Qofiyali  proza  yozish  usuli  ham  boshqa  xalqlar  adabiyotida  ham  bor. 

M.R.Rollanning «Kola Bryunpon» romani. 



Oq she’r. Oq she’r qofiyasiz she’r bo`lib, unda qofiya o`rnini vazn, intonatsiya 

va  boshqa  vositalarning  mukammalligi  bosishi  kerak.  Qadimgi  yunon  poeziyasida, 

Gomer  dostonlarida  qofiya  bo`lmagan.  SHekspir  dramalari  ham  qofiyasiz  yoziladi. 

M. Pushkinning «Boris Godupov», Shayxzodaning «Mirzo Ulug`bek», Nekrasovning 

«Rusiyada  kim  yaxshi  yaShaydi»  poemasi  qofiyasiz  oq  she’rda  yozilgan.  O`zbek 

adabiyotida  Shayxzoda  va  Mirtemirlar  oq  she’r  namunasini  yaratganlar. 

Shayxzodaning «Urug` socharlar» she’r buning namunasidir. 

Qofiyadan  keyingi  elementlar.  Ba’zi  she’rlarda  qofiyadan  keyin  ham  ayrim 

so`z,  birikma  yoki  butun-butun  jumla  bir  xilda  takrorlanib  kelishi  mumkin. 

Qofiyadosh so`zlardan keyin aynan takrorlanib keladigan yordamchi so`zlar, alohida 

so`z  yoki  jumlalar  barmoq  sistemasidagi  she’rlarda  hamda  yirik  epik  asarlarda 

boshdan  oxirigacha  davom  etadigan  izchil  takror  bo`lmasdan,  o`tkinchi,  epizodik 

xarakterga ega bo`ladi. Bunday takror qofiyadosh so`zlardan keyin misra oxiridagina 

bo`lmasdan band oxirida ham bo`lishi mumkin. 

Tavtalogik qofiya ham aslida misra oxiridagi takrorga kiradi. 

erdagi tangrilarning qora qanotin 

YOndirib, naxra ochding nurga, bahorga


Biz azalgi tunlarning oltin saboxin. 

O`ndik kurashlardan so`ng mirqib bahorga  

 

 

 



 

 

 



 

 

Oybek 



  

NAZORAT SAVOLLARI: 

1. SHe’riy nutq. 

2. SHe’riy nutq komponentlari. 

3. SHe’r komponentlarining o`zaro bog`liqligi. 

4. Hijo.  

5. Ritm. 

6. Pauza. 

7. Bo`g`in va hijo. 

8. Turoq va rukn. 

9. Misollar asosida bo`g`inlarni ajrating. 

10. Qofiya haqida ma’lumot bering. 

11. Qofiya turlari. 

12. Kesishuvchi va juft qofiya. 

13. SHe’riy nutq xususiyatlari. 

14. Hijo, ritm, pauza. 

15. Band, turoq, misra. 

16. Naqorat, alliteratsiya. 

17. Bo`g`in va hijo. 

18. Qofiya turlariga misollar keltiring. 

19. Oq she’r. 

20. Hozirgi o`zbek she’riyatida qofiya.  

 

 



 

 

            



 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling