O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHe’RSHUNOSLIK ASOSLARI R e J A
- Qofiya so`zi arabcha bo`lib, «kafo» - biror narsa ichidan borish, tuzilish ma’nosini beradi. Qofiya ayrim tovush yoki tovushlar
- Asriy tut daraxti
NAZORAT SAVOLLARI: 1. Badiiy obraz haqida ma’lumot bering. 2. Badiiy obraz xususiyatlari. 3. Badiiy obraz turlari. 4. Obraz va obrazlilik. 5. To`qima obraz. 6. Obrazning yaratilishiga ko`ra turlari. 7. Obraz turlariga misollar keltiring. 8. Lirik obraz. 9. Dramatik obraz. 10. Obraz va obrazlilik.
1. Badiiy obraz. 2. Obraz xususiyatlari. 3. Obraz turlari. 4. Obraz va obrazlilik. 5. Obrazlar tasnifi.
ADABIYOTLAR: 1. I.Sultonov. Adabiyot nazariyasi. T., 1980. 2. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. T.. 1980. 3. N.SHukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T.,1980. SHe’RSHUNOSLIK ASOSLARI R e J A: 1. SHe’riy nutqning asosiy xususiyatlari. 2. SHe’rning asosiy komponentlari. 3. Qofiya va uning turlari.
Inson qadimlardan o`z fikrini ta’sirli qilib ifodalsh, nutqdagi asosiy maqsadni tashuvchi so`zga asosiy zarbni berib, murojaat qilishga ehtiyoj sezgan. Bu bilan inson o`zi aytmoqchi bo`lgan fikrinigina ifodalab qolmasdan, o`z his-tuyg`ulari, quvonch va iztiroblarini ham qo`shib ifodalamoqchi bo`lgan. Ma’lum ritmga solib aytilgan nutq uning mehnatini engillashtirgan. Qadimgi dehqon bug`doy yancha turib, ho`kiziga qarab:
Hayda, ho`kizim, hayda,
Somoni o`zingga foyda,- deb kuylar ekan, bu bilan u qo`shiq aytib, ruhini engillashtirmoq-chigina bo`lgan emas, balki shu qo`shiqni aytmasam ish unumli bo`lmaydi, uning vositasida tabiat va jamiyat hodisalari, mehnat jarayonlari hamda odamlararo munosabatlarga ta’sir ko`rsatmoqchi bo`lgan.
Aristofanning «Tinchlik» komediyasida hammollar birgalikda og`r yukni erdan siljitar ekanlar,
O, eyya, eyya, eyya, vot!
O, eyya, eyya, eyya, vsyo! deb kuylaydilar. Bu qo`shiq kishilarni jamoa bo`lib mehnat va kurashga birlashtiradi. SHe’riy nutq ana shunday zaruriyat natijasida kelib chiqqan.
Lirik poeziya badiiy turlar o`rtasida alohida o`rin tutadi. SHe’r badiiy ijodning eng qiyin va murakkabligi bilan ajralib turuvchi sohasidir. SHe’riy nutq emotsional, ta’sirli nutqdir. SHe’r shoirning atrof borliqdan ta’sirlanishi natijasi bo`lib, uning o`zgacha jilo topib Shakllangan fikr-tuyg`ularidir. SHe’rni «na aytib berish va na izoh qilish mumkin, lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo`lsa xuddi shunday o`qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin»,- deydi V.G.Belinskiy. SHe’rda fikr, his-tuyg`u siqiq Shaklda, yorqin, musiqiy ifoda etiladi. SHe’riy asarda hayotning ob’ektiv manzarasi aks ettirilmaydi, aks ettirilsa ham, u asosiy bo`lmaydi. SHe’riy asar voqeaning o`zi emas, ung munosabat, uning muallifda, shoirda qo`zg`otgan ta’siri, hayajonidir.
SHe’riy nutq vazn talabi bilan ma’lum tartibga solingan, ritmli, ohangdor nutqdir. SHe’r tuzilishi she’riy nutqning ma’lum o`lchovda tuzilishidir.
Nasr she’rdan nutqdagi so`zlarning erkin joylashuvi bilan farq qiladi. SHe’riy nutq nasriy nutqdan so`zlarning ritmik uyushtirilganligi bilan farq qiladi.
SHe’riy nutq ritmik o`lchovga solingan bo`adi. Unda umumiy ritmik bo`laklar, tovushlar, uzun-qisqa hijolar bor, urg`uli-urg`usiz bo`g`inlar ma’lum tartibda takrorlanadi. SHe’rda ohang muhim o`rin egallaydi. SHe’riy nutq siqiq, ixcham, g`oyaviy- hissiy, ifodali bo`ladi. SHe’riy nutqda g`oyaviy mazmun faqat yorqin manzara va obrazlar vositasidagina ochilmasdan, so`zning tovush jihatdan tashkil etilishi (evfoniya), so`z va obrazlarni o`ziga xos ravishda joylashtirish (poetik sintaksis), hissiy ifodalilik va mukammallik yordamida ham ochiladi.
dastlabki bo`lak bo`lib, bir nafas bilan aytiladigan tuvushlar guruhidir. Bir so`z bir necha bo`g`ingacha bo`lishi mumkin. Oz bo`g`inli so`zlar she’riyatda ayniqsa faol bo`ladi. CHunki ular yordami bilan rang-barang turoq tovlanishlari yaratish imkoniyati tug`iladi.
Bo`g`in nasrda ham bor, biroq nasrda bo`g`inning aytarli darajada ahamiyati yo`q. SHe’riy nutqda esa bo`g`in ritm yaratuvchi asosiy unsur sanaladi. Ritm yaratish uchun bo`g`inlar ma’lum tartibda guruhlanishi kerak.
Bo`g`inlar guruhlanishi jihatidan yopiq, ochiq, qisqartirilgan va belgisiz bo`ladi. Masalan, va-tan, va-zn, GES (va - ochiq bo`g`in, tan-yopiq bo`g`in; GES - qisqartirilagn bo`g`in; zn- belgisiz bo`g`in).
Sifat jihatidan bo`g`inlar uzun, qisqa, urg`uli, urg`usiz bo`ladi. Bo`g`inlarning ana shu xususiyatlaridan qaysinisiga asoslanishiga qarab bir nechta she’riy sistemalar mavjud. Masalan, barmoq tizimi bo`g`inlarining soni, miqdoriga asoslanadi, aruz sistemasida bo`g`inlarning uzun-qisqaligi, tonik sistemada urg`uli yoki urg`usizligi asosiy o`rin egallaydi va she’rni yaratuvchi asos bo`lib qoladi. Hijolarning tartibi va miqdori barmoq sistemasida turoqni, aruzda ruknni keltirib chiqaradi.
SHe’riyatdagi bo`g`in har doim ham grammatikadagi bo`g`inga teng kelavermaydi.
harakatda ritm bo`ladi. Biroq har qanday harakat ritm yaratavermaydi. Ritm yaratish uchun harakatda muayan qism yoki o`lchov izchil takrorlanishi kerak. Ritm mehnatni engillashtiradi, insonga ruhiy ozuqa beradi. Ritmli nutq ta’sirli bo`ladi. SHuning uchun Aristotelp ritmli nutqni «zinnatli nutq» deb aytdi. Poeziyaning ilk bosqichlarida mehnat qo`shiqlari bevosita ana shu ritmik undovlarni o`zida aks ettirgan. Keyinchalik bunday ritmik sadolar mehnat va san’atning boshqa turlaridan airalib chiqib she’riy nutqqa asos bo`ladi.
Ritm she’riy nutqning muhim xususiyatlaridir. Ritmsiz she’r bo`lmaydi. Ritm bu muayyan bo`laklarning monand ravishda takrorlanishidan hosil bo`ladigan zarb, ohang, musiqadir. SHe’rda turoq, misra va bandlarning bir xil o`lchov va miqdorda takrorlanishi ritmni hosil qiladi.
Ritm jumlaga teng emas. SHe’riy qatorda bir emas bir nechta jumla bo`lishi mumkin. Bir jumlaning bir qismi bo`lishi ham mumkin.
Ritm nutqqa ko`tarinkilik bag`ishlaydi, uni oddiy so`zlashuv nutqidan farqlaydi. Ritmning o`zi ma’no anglatmaydi. SHe’rda boshqa vositalar bilan birgalikda, ritm poetik fikrni ochish vositasi bo`ladi. SHe’rda ritm vositasi bilan ham obraz yaratiladi. Ritm mazmunni ochish vositasi bo`ladi. Lekin ritmning o`zi bilan mazmunni berishga urinish to`g`ri emas. SHe’rda narsalarning ritmini berishga urinish Shaklbozlik (formalizm)ga olib keladi. Masalan,
Yo`llarni och, turmushlar soch Tuk-tuk, ship-ship. Tuk-tuk, ship-ship. To`q-to`q, sib-sib. To`q-to`q, sib-sib. SH.Sulaymon. Turksib ashulasi
Ritm she’rning tomir urushidir. U she’rda muxim estetik ahamiyatga egadir. V.Mayakovskiy ritmni she’rning asosiy energiyasi, degan edi. Bir o`lchovdagi ohangdosh parchalarning ma’lum tartibda qaytirilishi ritmni keltirib chiqaradi. Vodiylarni yayov kezganda 4-5=9 Bir ajib his bor edi menda 4-5=9 CHappar urib gullagan bog`in 4-5=9 O`par edim Vatan tuprog`in. 4-5=9 H.Olimjon Osmonda bir tilim xandalak 3-3-3=9 Misoli muallaq sariq oy 3-3-3=9 Otadan ajralgan farzandek 3-3-3=9 Taqdirning zarbidan qaddi yoy 3-3-3=9 Zulfiya Odam zoti dunyodaki bor 2-2-4=9 Uning bilan muhabbatdir yor 2-2-4=9
Keltirilgan she’riy parchalarnig har uchovi ham 9 bo`g`inli. Lekin bo`g`inlarning turli miqdorda guruhlanishi natijasida, har uch misol-ning ritmi bir- biridan farq qiladi.
Barmoq tizimida misralardagi bir xil hijolar tizimining takrorlanishi ritm yaratadi. Bu kabi takrorlanish natijasida turoq xosil bo`ladi. Aruzda esa uzun va qisqa hijolarning bir hilda takrorlanishidan hosil bo`ladigan ohang ritm bo`ladi. Masalan, Bu vatan maqtovlarini har qancha yozsang oz ekan, Dilga dil, tilga ko`ngil albatta jo`r ovoz ekan. G`.G`ulom. - u - -/- u - -/- u - -/- u - yoki Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman Uqurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman A.Oripov u - - -/u - - -/u- - -/u - - - Meni Shaydo qiladurg`on bu ko`ngildir, bu ko`ngil, Xoru rasvo qiladurg`on bu ko`ngildir, bu ko`ngil. Uu - -/uu - -/uu - -/uu - Kuzung ne balo qaro bo`libdur Kim jonga balo qaro bo`lubdur. Navoiy - -u/u - - -/u - -
Erkin she’rda esa, misralarning mazmuniga muvofiq oxang bilan o`qilishi natijasida ritm hosil bo`ladi.
Bu yo`llar
3
ko`p qadim yo`llardir
3-3-=6
jahoning
3
fotihi Iskandar
3-3-=6
Rum qaysari
4
qotil CHingiz
4
Botu
2 Jo`ji
2
Temurlang
3 qoldirib
3
kimsasiz ish
4
CHindan mo`g`il o`chi 2-2-2=6
borliqni
3
joniga qilib teng
3-3=6 qon deya
3
qon deya
3
bosaroq kechmishdir
3-3-=6
G`.G`ulom
SHe’rdagi ohang, tinish belgilari (vergul)ga qarab to`xtalish - sukun natijasida ritm hosil bo`ladi. Ritm mazmunni chuqurroq ochishga yordam beradi. Ritm ta’sirida misralar emotsionallik kasb etadi. Umuman, she’r ritmik nutqqa qurilgan bo`ladi. Ritm she’rda qofiya tizimining o`zgarishi bilan ham o`zgaradi. SHoirda ritm tuyg`usi rivojlangan bo`ladi.
bilan aytilmoqchi bo`lgan fikr ta’kidlanadi. Pauza ohangga ko`ra bayon, undov yoki so`roq ma’nosiga ega bo`lishi mumkin. Ayniqsa she’riy nutqda uning ahamiyati beqiyosdir. Pauza turoqni belgilaydi, ayrim so`zlarning ahamiyatini ta’kidlaydi, she’rga hayajon bag`ishlaydi. SHe’rdagi bandlar ham pauza bilan bir-biridan ajraladi. SHe’rdagi har bir tovush, so`z va misra muayyan ohang, to`xtalish bilan o`qiladigan mazmunni to`g`ri ifodalaydi. Pauza har bir intonatsion bo`lak oxirida keladi. Intonatsion pauza ritmik pauzadar farq qiladi.
Ritmik pauza misralar oxiridi va turoqlar oxirida yuz beradigan to`xtalishdir. Misra oxiridagi pauza misra orasida, turoqdan keyin keladigan pauzadan ikki barobar katta bo`ladi: a) katta ritmik pauza; b) kichik ritmik pauza.
Katta ritmik pauza bir turoqdan keyin kelib, misrani ikkiga bo`lib yuborishi xam mumkin. Katta ritmik pauza qatorlarning oxirini eslatadi. U shu bilan misralarni bir-biridan ajratadi. Katta ritmik pauza tsezura deyiladi. TSezura (yorish, kesish) kuchli ohangdor to`xta-lishdir. Msira qanchalik uzun bo`lsa, tsezura shunchalik zarur. TSezura she’rdagi uzoq to`xtalishdir. Kichik to`xtalish misradagi so`zlarni bir- biridan ajratsa, tsezura misrani ikkiga ajratadi. V.Mayakovskiy she’rlarida har bir
misra undagi tsezuraga ko`ra zinalarga bo`linadi, ba’zan bir so`zning o`zi alohida satrda qoladi.
Turoqlilik barmoq tizimining o`ziga xos xususiyatidir. Turoq ham she’rda ritmni uyushtiruvchi muhim unsur, vosita vazifasini bajaradi. Biroq turoq bilan ruknning farqi shundaki, turoq faqatgina so`zdan keyin tushsa, rukn so`zni ikkiga bo`lib, uning o`rtasiga ham tushishi mumkin. Aruzda rukn 1 hijodan 5 hijogacha bo`lishi mumkin. Barmoqdagi turoq esa 1 bo`g`indan 8 bo`g`ingacha bo`ladi.
Misralardagi turoqlar soni turlicha bo`lib, 1 dan 4 gacha bo`lishi mumkin. Bo`g`inlar miqdori jihatidan bir xil bo`lgan turkum she’rda turoqlar turlicha bo`lishi mumkin.
Na ko`kning fanori o`chmasdan 3-3-3=9
Vodiylarni yayov kezganda 4+5=9
Odam zoti dunyodaki bor 2+2+4+1=9 Turoq ichida ham turoqchalar bo`lishi mumkin. Biroq bunday turoqchalar butun she’r davomida izchil takrorlanmasdan, she’rning u yoki bu o`rnida vaqtincha keladi va o`Sha o`rinda ritmni kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Suv ustidan // tun / quyuladi
SHunda / qancha // qancha // gaplarni
Esga solib//oy/ham to`ladi. H.Olimjon
4 /2-2/-5/2-3/ = 9
4-5 (1-4) = 9
4/ 2-2/ -5/ 2-3/=9
4-5/ 1-4/=9
Ichki turoq misralararo turoqlar tarkibida paydo bo`lib, she’rning vaznini belgilashda betaraf bo`ladi.
misra tugallanmasdan, uning davomi keyingi qatorga o`tib ketishi ham mumkin.
SHodlik yo`lga boshladi meni,
Baxtiyorlik bo`ldi odatim.
Kuylamaklik zo`r saodatim. H.Olimjon BAND - tugal mazmun bilan bir-biriga bog`langan poetik tuyg`uning muxtasar bir bo`lagini ifoda etadi va bir nafas bilan aytiladi. Band ma’lum qofiya tartibi bilan birlashtirilgan bo`ladi. Qofiya banddagi misralarni payvandlab, o`Sha bandni boshqa banddan ajratib turadi. Band ham musiqiylikni keltirib chiqarishda muhim ahamiyatga ega. SHe’rda band takrorlanib, she’r so`nggigacha o`zgarmaydi. Ana shu kabi bir xil bandlarning takrorlanishi ham she’rda ohang yaratadi. Epigramma, ruboiy hamda tuyuqda bandning o`zi tugal g`oyaviy niyatni ifoda etadi.
Har bir she’rning bandlaridagi misralar miqdori teng bo`lishi kerak. SHe’rning bandlarida qfiyalanish tartibi bir xil bo`lmaydi. Ayrim she’rlar hamda ayrim lirik janrlarda esa har bir bandning qofiyalanish trtibi turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, H.Olimjonning «Ishqim bordur o`Sha ohuda» she’ri abbba aavva ggdga ejeja tartibida qofiyalangan.
O`zbek she’riyatida band 1 misradan 14 misragacha bo`ladi. QOFIYa poetik asarning muhim bo`lagidir. U she’rni uyushtiradi, kompozitsiyani tashkil etadi, she’riy qatorning tugallanganligi haqida ogohlantirib, banddagi misralarni bir-biriga payvandlaydi. SHe’rdagi izchil qofiya butun asarni Shaklga solib turadi. Ba’zi hollarda esa qofiya janrni hosil qiluvchi asosiy vositalardan biri sifatida ham rolp o`ynaydi. «Qofiya bo`lmasa, she’r sochilib ketadi», - deydi V.Mayakovskiy. Qofiyada she’rning ritmi, intonatsiyasi, sintaktik qurilishi, leksikasi bilan bog`liq bo`lgan barcha kuchaytirgich liniyalar birlaShadi. Qofiya she’rdagi ritmni tartbga solishda muhim rolp o`ynab, ritmik qator chegaralarini belgilaydi. Qofiya bilan tugallangan qatorlarning almashinib turishi ritmni keltirib chiqaradi.
Qofiya poeziyaning ifoda Shakli bo`lib, ma’noni ta’kidlaydi, fikrni muxtasar, tugal va ifodali qiladi. Qofiya ohangdoshlik yaratib, kishi tuyg`usiga ta’sir etadi va shu yo`l bilan ma’noni kuchaytirib, alohida ekspressiv hamda emotsional vazifani bajaradi.
Qofiya misra oxiridagi ohangdoshlikdir. U qatordagi undosh tovushlarning tasodifiy takrori bo`lgan alliteratsiyadan hamda xalq og`zaki she’riyatidagi keng tarqalgan parallelizmdan kelib chiqqan. Qofiya so`zi arabcha bo`lib, «kafo» - biror narsa ichidan borish, tuzilish ma’nosini beradi. Qofiya ayrim tovush yoki tovushlar kompleksining takrori bo`lib, band hosil qiladi. Qofiya she’rni esda saqlashni osonlashtiradi. Qofiyada ohangdosh so`z misra oxiriga chiqariladi. Bu inversiyani keltirib chiqaradi. Qofiyaning intonatsion-stilistik funktsiyasi shundan kelib chiqadi. CHunki ajratib ta’kidlangan so`zga urg`u tuShadi, unga e’tibor kuchayadi.
Qofiya bir xil pozitsiyada kelgan so`z yoki tovushlarning ohangdosh ligiga asoslanadi. Mumtoz adabiyotda qofiyaning tovush jihatdan bir xil bo`lishi etarli emas, deb hisoblangan. Qofiya bo`lishi uchun hatto harflar ham bir xil bo`lishi talab etilgan. Qofiyaning keyingi taraqqiyoti natijasida bu talab o`z ahamiyatini yo`qotdi. SHunga qaramay, qofiyaning ikki turi haqida gapirish mumkin: 1.Grafik - yozish uchun qofiya. Qofiyalangan so`zlardagi tovushlarning to`la muvofiq bo`lishiga asoslanadi: Daraxt
paxta
anor dog`
Karaxt
taxta
kanor bog` 2.Akustik - eshitish uchun qofiya. Bu qofiya yozuvda harflarning muvofiqligiga emas, talaffuzdagi ohangdoshligiga asoslanadi. Qofiyalashda shoir ataylab talaffuzni ko`zda tutadi. Paxta
daraxt
dog` sistema
Vaqtda
har vaqt
dor
epidemiya Asriy tut daraxti, Ayniqsa ellar vaqti. Akustik qofiya poeziyaning keyingi taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan bo`lib, qofiya taraqqiyotining kelajagi shu bilan bog`liqdir. Grafik qofiya: Qor. Sovuq. Bo`ronning o`chmagan uni. Ayozning zabtidan qaltirar daraxt. Ho`mraygan Shamolning muzlagan tuni, Sovuqda daryolar, o`rmonlar karaxt.
Tavtalogik qofiya: Men she’r aytdim, ular sizga sehr bo`lib qo`ndilar, Javdiragan nigohlarga ajib ma’no indi- ku, SHo`x - sho`x qizlar birdaniga o`ychanlikka qo`ndilar, Quvnoqqina quv bolaning quvliklari tindi-ku.
T.Sodiqova. Men she’r aytdim. Sinonim: Erur bas chu husnu malohat senga, Yasanmoq, bezanmoq na hojat senga
Navoiy.
So`zlardagi yolqin, alanga, Lablardagi tovush, harorat.
Pushkin. Ohangdosh tovushlarning miqdoriga qarab, qofiya och va to`q bo`ladi. To`q qofiya bir-biriga to`la ohangdosh so`zlardan tuzilgan qofiyadir. Unda so`zlar bir- biriga to`la yoki muvofiq bo`ladi. Biroq qofiyaning to`q yoki ochligi undagi tovushlarning ko`p yoki oz ohangdoshligi bilangina belgilanmaydi. To`q qofiya shunday qofiyadirki, unda qofiyadosh so`zlar ma’no jihatidan bir- biridan qanchalik uzoq bo`lib, tovush tarkibi jihatidan yaqin bo`lsa, qofiya shunchalik to`q sanaladi. Demak, qofiyaning to`q yoki ochligi qofiyalanuvchi so`zda mujassamlashgan informatsiyaga ham bog`liqdir. Aks holda omonim qofiya eng to`q qofiya sanalgan bo`lardi. Shahlo ko`z bir qizni ko`rdi bastakor
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling