O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
Vodevilp ham komediyaga yaqin bo`lib, musiqali lahzalar va raqsni o`z
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH IBORALAR
- IJODIY MeTOD ReJA
- 5. Obraz, voqea va xarakterlarning Shartli bo`lishi, mavhum tushunchalarni ifodalovchi tiplar yaratish. Romantizm qahramonlari o`zida jamiyatdagi real
- Jamiyatdagi kurashish ham romantizm asarlarida yaxshilik bilan yomonlik kurashi sifatida talqin qilinadi.
- 8. Tarixiylikning nisbiyligi. 9. Fantastik moyillik.
Vodevilp ham komediyaga yaqin bo`lib, musiqali lahzalar va raqsni o`z ichiga oladi. Fars o`tkir groteskli fosh etuvchi komediya turidir. O`zbek adabiyotida tragediyaga nisbatan komediyaning namunasi bo`ladigan asarlar anchagina. Masalan, «Burungi saylovlar», «Toshbolta oshiq», «Oltin devor» kabilar. «Maysaraning ishi» komediyaning mumtoz namunasidir. «SHohi so`zana» dagi Hamrobuvi bilan Holnisa xarakterlarida komik kolliziya yaxshi berilgan, lekin bu asarning asosiy konflikti darajasiga ko`tarilmagan. Asarning asosida esa dramatik konflikt yotadi. Komediya deb atalayotgan ko`pgina asarlarda aslida komizm o`Sha asar tabiatidan kelib chiqmaydi. Ularda ataylab tomoShabinda kulgi qo`zg`otish uchun qiziqchiliklar, turli maynabozchiliklar beriladiki, bu hali komediya uchun etarli emas.
personajlarning harakati asosida tasvirlovchi sahnaga mo`ljallangan asarlar yoki adabiy turlardan (epik, lirik, dramatik) birining nomi sifatida, tor ma’noda, dramatik turning keng tarqalgan janrlaridan (tragediya, komediya, drama) birining nomi sifatida qo`llaniladi.
Drama asosida o`tkir xarakterlar va kuchli ehtiroslarning shiddatli to`qnashuvi yotadi. Drama ishtirok etuvchi Shaxslarning «harakati va qarshi harakatlaridan» yasaladi, «unda hamma narsa bir maqsadga, bir mo`ljalga qarab yo`nalishi kerak»,- deydi V.Belinskiy. Ikki kishi o`rtasidagi har qanday bahs, munozara drama bo`lavermaydi. «Bahslashuvchilar bir-birlaridan ustun chiqishi uchun, bir-birlarining xarakterlarining qanday bo`lmasin biron tomonini bosib qo`yishga yoki ruhning zaif tomonlarini chertib qo`yishga urinsalar va bu narsa orqali ularning xarakterlari ochilsa, nihoyat bahslashuvchi ularni bir-birlariga nisbatan yangi munosabatda bo`lishga majbur qilsa, - bu narsa drama deb atalishi mumkin» (V.Belinskiy). Dramada konfliktning keskinligi, xarakterlar qirralarining o`tkirligi, personajlar nutqining ifodaliligiga katta e’tibor beriladi. Personaj nutqi aytilgan payt, vaziyat va holat bilan bog`liq bo`lishi kerak, personajning xarakterini yorqin ifodalashi va maqsadga aniq borib tegishi zarur. O`tkir ijtimoiy muammolar, murakkab sotsial, psixologik ziddiyatlar drama materialidir. Dramada inson uchun ezgu va yaqin bo`lgan qadriyatlarning xavf ostida qolgan holatlari berilib, bu narsa «yuqori darajada» dramatizmni keltirib chiqaradi.
Drama tragediya bilan komediya o`rtasidagi hodisa bo`lib, unda har ikki janrning xususiyatlari mujassamlangan. Drama tragediyadan engilroq, komediyaga nisbatan jiddiyroqdir. Unda tragediyaga qaraganda kolliziya kuchli bo`ladi, lekin fojia bo`lishi Shart emas, unda komediyadagi kabi engil, kulgili lahzalar bo`lishi mumkin. Lekin dramaning kulgili bo`lishi Shart emas. Dramada insonning jiddiy hayot sinovlari ko`rsatiladi. Unda kechinmalar keskin qilib qo`yiladi. Komediyada taqdirlar «baxtsizlikdan baxtga», tragediyada «baxtdan baxtsizlikka qarab» rivojlansa, dramada esa taqdirlarning echimi oldindan belgilanmaydi, unda ko`pincha qahramonlarning keyingi taqdiri uzil-kesil hal qilinmay, ochiq qoladi.
Drama tragediya va komediyadan keyinroq Shakllangan bo`lib, XU111 asrga kelib janr holiga kelgandir. Bu davr dramasida oddiy kishining xususiy hayoti tasvirlangan bo`lib, uni «meshchanlik dramasi» deb ataganlar. Lessingning «Emiliya Galotti», SHillerning «Makr va muhabbat» dramalari meshchanlik dramasining eng yaxshi namunalaridir. Bundan tashqari, janrning oilaviy-maishiy, tarixiy, qahramonlik, falsafiy, psixologik xillari ham mavjud. XIX asrga kelib drama janri
g`oyaviy-badiiy yuksaklikka ko`tarildi, unga sotsial fosh etuvchi xususiyatlar kirib keldi. A.P.CHexovning «Olchazor», A.Ostrovskiyning «Sepsiz qiz», G.Ibsenning «O`yinchoq xonadon» dramalarida burjua voqeligi ichki ziddiyatlari ko`rsatildi. Keyingi bosqichlarda yaratilgan dramalar ichida G.Xauptmanning «Hayot shomi», B.Brextning «Karrar xonim miltiqlari», A.Korneychukning «Front», M.Karimning «Oy tutilgan tunda», O.Abdullinning «O`n uchinchi rais», D.Pounellning «Ustasi farang», shuningdek, N.Pogodin, A.Afinogenov, A.Arbuzov, V.Rozov, A.Gelpmanning dramalari mashhur. Urushdan keyingi bosqichda keng tarqalgan konfliktsizlik nazariyasi drama taraqqiyotiga jiddiy zarar etkazdi, yuzakichilik va sxematizmning kuchayishiga olib keldi. SHu davrlarda G`arb mamlakatlarida «absurd dramasi» deb nomlangan «bema’ni drama» paydo bo`ldi. Unda ma’nisiz xarobazor muhit, nursiz hayot, ilojsizlik g`oyalari ifodalanadi. Biroq uning eng yaxshi namunalarida oddiy insonning g`aribona hayoti, xor-zor va ayanchli qismati butun dahShati bilan ro`y-rost tasvirlanadi.
O`zbek dramasi asoschilarining boshida Behbudiy, A.Qodiriy, Hamza turadilar. Behbudiyning «Padarkush», A.Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Hamzaning «Zaharli hayot» asarlari o`zbek adabiyotida yaratilgan ilk drama namunalaridir. Keyingi bosqichlarda Hamzaning «Paranji sirlari», CHo`lponning «YOrqinoy», U.Ismoilovning «Rustam», K.Yashinning «Gulsara», H.Olimjonning «Muqanna», Uyg`un va I.Sultonning «Imon», S.Azimovning «Qonli sarob», O`.Umarbekovning «Qiyomat qarz» kabi asarlari janrning sara namunalari hisoblanadi. Hozirda o`zbek adabiyotida M.Boboev, SH.Boshbekov, E.Vohidov, A.Ibrohimov drama sohasida jiddiy izlanishlar qilmoqdalar.
obrazi, uning tuyg`ulari bilan uyg`unlikda beriladi. Masalan, «evgeniy Onegin» romanida asar qahramonlari Onegin, Tatpyana, Lenskiylar hayoti va taqdirinigina emas, shoirning ichki evolyutsiyasini ham ko`ramiz. Demak, liro-epik turda shoir voqea va obrazlarnigina emas, o`z ichki dunyosi, tuyg`u va kechinmalari ham berish imkoniga ega bo`ladi.
Bu turga masalan, ballada, doston-poema, she’riy roman kabilar kiradi. Biroq janrlarning bu kabi bo`linishi ularda voqealarni qamrab olish hajmigina emas, muallif obrazi, uning kayfiyatini ochish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.
SHe’riy roman. Bu janr dostondan voqelikni qamrab olishning kengligi bilan ajralib turadi. Unda personajlarning o`zaro munosabatlari, muallifning voqea va personajlarga munosabati ko`pqirrali bo`ladi. Xarakterlar har taraflama ochiladi. Masalan, Pushkinning «evgeniy Onegin», Bayronning «Don Juan», Mirmuhsin-ning «Ziyoda va Adiba», X.Sharipovning «Bir savol», M.Alining «Boqiy dunyo», B.Boyqobilovning «SHukuhli karvon» va boshqalar.
SHe’riy romanda muallif Shaxsi, obrazi ham kengroq ochiladi. Unda muallif tuyg`ulari va biografiyasining faktlari qahramonlar taqdiri va tuyg`ulari bilan uyg`unlashib ketadi. SHe’riy romanda odatda biror voqea emas, butun davrning mohiyati ochiladi.
Doston(poema). Hozirgi ma’nodagi doston yoki poema XIX asrda Shakllangan. Poema lirikaning kengaygan namunasi, lirik qissadir. Poema lirikaning mukammal tarqqiyoti natijasida paydo bo`ldi. Poemada qissa yoki hikoyadagi kabi voqea bo`ladi. Biror she’rga solingan hikoyaning o`zi hali poema bo`la olmaydi. Poema qissa bilan hikoyadan o`zining she’riy Shakli bilangina emas, o`zida ifodalangan badiiy material xususiyatlari va unga muallif munosabati bilan ham farqlanadi. Biror voqeani tasirlar ekan, muallif o`z qahramonlari bilan birga dard chekadi, quvonadi va qayg`uradi. Poemada tasvirlanayotgan voqea tipik epik asarlardagi kabi muallif Shaxsidan tashqarida bo`ladi, uning qalbidan o`tadi. Poemada voqedan ko`ra tuyg`u, voqeaga hissiy munosabat kuchliroq bo`ladi. Poemada voqealar yaxlit bo`lmasligi mumkin, umuman, voqea bo`lmasligi ham mumkin. Poemada voqea bo`lganda muallif bu voqeani to`la va batafsil ochishi Shart emas. Poemada voqealar to`laligi bilan aks etmaydi. Unda voqealrning muhim va ko`tarinki lahzalari o`z ifodasini topadi. Poemada qahramonlar taqdiri va sarguzashtlaridan ko`ra, ularning ichki dunyosiga ko`proq e’tibor beriladi, ulardagi ichki evolyutsiyani ochishga ko`proq e’tibor beriladi. Bu narsa poemani psixologizm bilan ta’minlaydi.
Poema bir necha xilga bo`linadi: - voqeaband poema; - lirik poema.
Bundan tashqari, fantastik poema («Parizod va Bunyod») ham mavjud bo`lib, bu ham voqeaband poemaga kiradi. Lirik poema lirikaning intellektuallashuvi natajasida keyingi davrda kelib chiqdi. Uning ilk namunasi Bayronning «Ingliz baxshilari va shotland axborotchilari» asaridir. Bu xilning asl va yirik namunalari V.Mayakovskiyning «Juda soz», Oybekning «Navoiy», X.Sharipovning «Quyoshga oshiqman» poemalaridir.
Ballada. Bu janr poemadan kichikroq bo`ladi. Unda benihoyat keskin va kuchli emotsionallikka ega bo`lgan voqea beriladi. Ballada qahramonona yoki fantastik syujetga ega bo`ladi. Balladada xarakterlar to`la ochilmaydi, ularning muhim lahzalari bo`rttirib beriladi.
Ballada xalq og`zaki ijodidagi maxsus she’riy qo`shiqlardan kelib chiqqan. Ballada ko`pincha fantastik syujetlarga qurilgan bo`ladi. Balladada voqealar shiddat bilan rivojlanib kutilmagan tugallanma bilan tamom bo`ladi. Bu dramaga dramatiklik bag`ishlaydi. Hozirgi realistik balladada kutilmagan tugallanma Shart bo`lmay qoldi, voqea afsonaviy bo`lishi ham Shart emas.
Balladada voqealardan ko`ra muallifning o`Sha voqeaga emotsional munosabati asosiy o`rin egallaydi. Balladaning mumtoz namunalarini F.SHiller, M.Lermontovlar yaratgan. O`zbek adabiyotida H.Olimjon, H.G`ulomning balladalari mashhur.
Masal. Bu janrning epikligi shundaki, unda biroor epizod tasvirlanadi. Biroq masalda asosiy narsa tasvirlangan voqea emas, unga muallif munosabatidir. O`Sha tasvirlangan voqeadan kelib chiqadigan xulosa - axloqdir. SHuning uchun ham masalni nasriy turga kiritish unchalik to`g`ri bo`lmaydi.
Masal ko`pincha allegorik Shakl bo`lib, unda hayvonlar, o`simliklar, jonivor hamda haSharotlar qahramon bo`ladi. SHoir ular vositasida insonlar hayotini, bu hayotning muhim muammolari mohiyatini, ularga o`z munosabatini ochadi. Masalda xatti-harakat va voqealar ana shu o`gitga, axloqqa qaratilgan bo`ladi. Biroq shu xulosa axloq personajlar xarakteri xususiyatlaridan kelib chiqishi lozim. Masal doim ham allegorik bo`lmaydi. Har qanday allegorik latifa, ertak ham masal bo`lavermaydi.
Masalning ilk yaratuvchisi eramizdan avvalgi 1U asrlarda yaShagan Ezopdir. Keyinchalik msal Lafonten, Krilov ijodida rivojlantiril-gan.
Rus adabiyotida mashhur masalchilar D.Bedniy va S.Mixalkov-lardir. O`zbek adabiyotida masalning etuk namunalarini Navoiy, Gulxaniy, Hamza ijodida ko`ramiz. Hozirda o`zbek masalchilari S.Abduqahhor, Ya.Qurbon, O.Qo`chqorbekov kabilar.
Masal o`tkir satirik xarakterga ega bo`ladi. Unda odamlardagi, jamiyatdagi ayrim illatlar tanqid qilinadi. Eng yirik masalchilar o`z asarlarida jamiyatning o`tkir sotsial va siyosiy muammoalrini ko`tarib chiqqanlar. Masalan, Krilovning «Bo`ri bilan Qo`zichoq» masalida ijtimoiy tengsizlik va zo`rlik tanqid qilingan. Masal oxirida o`git beriladi. O`git voqeaga bog`liq bo`lmaydi, lekin o`Sha voqea mohiyatidan kelib chiqadi.
Masalda voqea, syujet kichkina va sodda bo`ladi. Unda muallifning qarashlari, voqelikka munosabati aniq namoyon bo`ladi. Masallardagi qissadan hissa ko`pincha obrazli iboraga aylanib, xalq orasida keng tarqaladi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Tur va janr tushunchasi. 2. Epik tur xususiyatlari. 3. Roman. 4. Epos. 5. Roman-epopeya. 6. Qissa. 7. Hikoya. 8. Novella. 9. Ocherk. 10. Epik tur imkoniyatlari. 11. Lirika atamasini izohlang. 12. Lirik tur xususiyatlari. 13. Epigramma, oda, alpba. 14. Elegiya, gimn, sonet, kansona. 15. G`azal. 16. Qasida. 17. Ruboiy. 18. Qasida, madhiya, marsiya. 19. Muxammas, musaddas. 20. Mustazod, tuyuq, qit’a. 21. Dramatik tur xususiyatlari. 22. Dramatik tur janrlari. 23. Liro-epik tur xususiyatlari. 24. Liro-epik tur janrlari. 25. Tragediya va komediya. 26. Drama, tragikomediya. 27. SHe’riy roman, poema. 28. Doston.
29. Ballada, masal. 30. Misollar bilan izohlang.
1. Tur va janr. 2. Epik tur. 3. Lirik tur. 4. Dramatik tur. 5. Liro-epik tur.
1. I.Sultonov. Adabiyot nazariyasi T.,1980 y. 2. Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik. T.,Fan, 1978,1979. 3. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1981. 4. N.SHukurov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1980. 5. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1985. 6. Adabiy tur va janrlar. T., Fan.
1. Ijodiy metod. 2. Realizm. 3. Romantizm. 4. Modernizm. Har bir yozuvchining o`ziga hos uslubi bo`lishidan tashqari, bir necha yozuvchi, turli davr va mamlakat yozuvchilari uchun harakterli bo`lgan umumiy xususiyatlar ham mavjud bo`ladi. Masalan, Balzak, Dikkens, Gogolp, Turgenev, L.Tolstoy kabilar o`ziga xos uslublariga ega bo`lishlaridan tashqari, ularni birlashtirib turuvchi umumiy xususiyatlar ham mavjud bo`lishi mumkin, bu narsa hayotni bo`yamasdan, ideallashtirmasdan, to`g`ri va ishonarli obrazlarda ko`rsatishlarida, hayotning eng muhim masalalarini ochishga intilishlarida ko`rinadi.
Ijodiy metod voqealarni ifoda etish tamoyili yoki tamoyillar tizimidir. Ijodiy metod g`oyaviy estetik kategoriyadir.
Metod dunyoqarashga bog`liqdir. Ijodiy metod bir emas, bir necha yozuvchi uchun umumiy bo`lgan borliqni ko`ra bilish, uni qayta jonlantirish, hayot materialini tanlash va umumlashtirish, undagi muhim tomonlarni ajratib ko`rsatish tamoyilidir. Adabiy oqim va yo`nalish ijod usuli (printsipi) emas. Balki ijodiy metodning san’at- kor dunyoqarashi blan bog`liq xususiyatlaridir. Adabiy oqim bir ijodiy metod ichida ana shu metodga mansub yozuvchilar o`rtasidagi g`oyaviy yaqinlikdir. Adabiy oqim bir qator yozuvchilarda namoyon bo`ladigan g`oyaviy-badiiy yaqinlik, ana shu xususiyatlarning birligidir.
Klassitsizm realizmning o`ziga xos bir davri, oqimidir. U markazlashgan davlatning, milliy madaniyatning Shakllanishi davrida paydo bo`ldi. Klassitsizm adabiyoti ratsionalizm, ya’ni maqsadga muvofiqlik falsafasiga asoslanadi. Bu ta’limotga ko`ra haqiqat go`zal-likdir. Ularning fikricha, haqiqat maqsadga muvofiqlikdir. Sentimentalizm - realizmning bir bosqichi, uning oqimidir. Bu oqim yangi kelib chiqayotgan burjuaziyaning o`z axloq va estetik tomonlarini tasdiqlashga urinish natijasida kelib chiqdi.
Klassitsizm burchni feodal jamiyat nuqtai nazaridan tushunsa, sentimentalizm Shaxs manfaatlari ustun qo`yiladi.
Demak, adabiy oqim ijodiy metod taraqqiyotida yuzaga keladigan uning Shaxobchalari, ko`rinishlaridir. Adabiy yo`nalish u yoki bu davrga talluqli bo`lgan bir necha yozuvchi, bir necha oqim va ijodiy metod uchun umumiy g`oyaviy-badiiy xususiyatlarning ijtimoiy-tarixiy birligidir.
Realizm atamasining lug`aviy ma’nosi «moddiy» demakdir. Romantizmdan farqli ravishda orzu-umidlarni emas, hayotni tasvirlaydi. Realizm hayotni hayot qanday Shaklda bo`lsa, o`Shanday ifoda etadi.
Romantizm bo`lmag`ur burjua voqeligidan bezor bo`lib, undan g`oyalar, umidlar (ideal), yorqin orzular olamiga qochdi. Biroq burjua tuzumining ziddiyatlari borgan sari to`laroq yuzaga chiqa boshladi, orzu qilingani bilan hayot yaxshilanmadi. SHu Sharoitda hayotni yaxshilash uchun o`Sha burjua voqeligining nimasi bo`lmag`ur ekanligini, uning illat va ziddiyatlari zaruriyati tug`ildi. CHunki ta’kidlanganiday, endi odamlar o`z turmushlariga, o`zaro munosabatlariga sog`lom ko`z bilan qarashga majbur bo`ldilar. Bu borliqni haqqoniy va ro`y-rost tasvirlash zaruriyatini keltirib chiqardi. Naijada realizm paydo bo`ldi.
Realiz ijodiy metod sifatida XIX asr boshlarida Shakllandi. Realizm ijodiy metod sifatida Shakllanganiga qadar, uzoq izlanish va rivojlanish bosqichini bosib o`tdi:
- ibtidoiy (antik) realizm; - uyg`onish davri realizmi; - klassitsizm; - sentimentalizm; - naturalizm.
Bular realistik tamoyillar taraqqiyotining turli davrlari va darajasi bo`lib, ularning birortasida ham realistik metod namoyon bo`lmaydi.
Realizm faqat kapitalizm jamiyatiga kelibgina ijodiy metod sifatida Shakllandi va qaror topadi. Demak, realizm ma’lum tarixiy Sharoit va muayyan ijtimoiy bosqichdagina ijodiy metod sifatida Shakllanadigan hodisadir. Realizmning ijodiy metodga aylanishi uning nazariy asoslanishi bilan ham bog`liqdir. Faqat ma’lum bosqich va tarixiy Sharoitda realizmning qoidalari ishlab chiqilgandagina realistik ijod tamoyillari san’atkorlarning ongli idrok etilgan tamoyiliga aylangandagina realizm ijodiy ijodiy metodga aylanadi.
Realistlar romantiklar singari orzularni emas, hayotning o`zini, borliqni, uning butun ziddiyatlari va murakkabligi bilan haqqoniy tasvirlaydi. Demak, haqqoniylik realizmning birinchi va asosiy talabidir. Biroq haqqoniylikning o`zi hali etarli emas. CHunki realizm hayotda nima uchrasa, hammasini, ko`zga o`ringan narsalarning barini tasvirlayvermaydi.
Realizm detallarning haqqoniy bo`lishidan tashqari, tipik Sharoitlarda harakat qiladigan tipik xarakterlarning haqqoniyatini ham taqozo qiladi. Demak, realizm obrazlar, xarakterlar, voqealarning tafsilotlarinigina bermaydi, aksincha, ularni saralaydi, umumlashtirib, tipiklashtirib tasvirlaydi.
Detallarning haqqoniyligi deganda, asar qimmati unda tasvirlangan detallarning miqdori bilan emas, ularning asosiy g`oyaviy niyatini ochishda tutgan o`rni va xizmati bilan baholanadi. Detallar badiiy asrlarda maqsadga aylanib qolmasligi lozim. Agarda u asosiy narsaga aylanib qolar ekan, badiiy haqiqatga putur etkazadi.
Realizmning ikkinchi talabi xarakterlarning tipikligidir. SHu bilan birga, xarakterlar harakat qildigan Sharoit, muhit ham tipik bo`lishi kerak. Realizmning qahramonlari muayyan aniq-tarixiy davr bilan bog`liq bo`ladi.
YOzuvchi hayotni o`rganish, voqea va dalillarni (fakt) badiiy o`zlashtirish va ifodalash jarayonida ulardan eng muhim va xarakterlilarini tanlab oladi. Bu esa hayot haqiqatini ochishga imkon beradi. Xarakter tipik bo`lmasa, voqealar mantiqiy bo`ladi. Agar xarakterlar tipik bo`lsa-yu, o`Sha xarakter harakat qilgan Sharoit tipik bo`lmasa, hayot haqiqati buziladi. SHundan realizmga xos uchinchi xususiyat kelib chiqadi. Bu tarixiy va psixologik determinizm bo`lib, buning ma’nosi asarda tasvirlangan xarakter bilan Sharoit, qahramonlarning kayfiyati, holati bilan ana shu kayfiyat va holatni keltirib chiqargan psixologik sabablar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikdir. Romantizmda qahramonlar xarakteri ijtimoiy qonuniyatlar bilan bog`lanmaydi, ularning xatti-harakatlari badiiy dalillab o`tilmaydi.
To`rtinchidan, insonni, uning ichki dunyosini har taraflama, universal tasvirlash.
Beshinchidan, tahliliylik. Voqea-hodisalarni, inson xarakterini tipik tasvirlash bilangina cheklanmasdan, ularni tahlil qilish hamdir.
Oltinchidan, tarixiylik (istorizm). Voqelik va xarakterlarga tarixiy nuqtai nazardan qarash, ularni doimiy harakat va rivojlanishda ko`rish, xalqning milliy xususiyatlari, taraqqiyot qonuniyatlarini hisobga olish; xalqning turmushi, axloqi va milliy xarakterini ko`rsatish. Bu xususiyatlar ko`p jihatdan romantizm olib kirgan yangiliklar bilan bog`liqdir. Biroq romantiklar milliylik va xalqchillikni ham mavxum tushunadilar. Realizm bu xususiyatlarni tarixiy va milliy taraqiyot xususiyatlari bilan bog`liq xolda talqin qiladi.
ettinchidan, badiiy asar tilining badiiyligi, xalq tiliga yaqinligi, badiiy vositalarning tabiiy va yorqinligi. SHuning natijasida realizm adabiyotga jonli adabiy tilni, qahramonlar nutqida esa mahalliy dialekt, kasb-hunar leksikasiga oid unsurlarni ham olib kirdi. Badiiy til xarakterlarni individuallashtirishning asosiy vositalaridan biriga aylandi.
Mana shu xususiyatlar realizm adabiyotga borliqni haqqoniy, har taraflama keng va chuqur,ob’ektiv aks ettirish imkonini beradi.
Romantizm bilan realizm bir-birini imkor etmaydi, aksincha, realistlar romantizmning eng yaxshi xususiyatlarini rivojlantirib davom ettiradilar. Faqat romantizmning sun’iy, g`ayritabiiy tomonlarini inkor etadi.
Hayotni hayot Shaklida tasvirlash realizm adabiyotida Shartlilik mavjud bo`lishini ham imkor etmaydi. Realist yozuvchi mubolag`a, grotesk, fantastika usullaridan ham foydalana oladi. Bu holda grotesk va fantastika e’tiborni hayotdan uzoqlashtirishdan emas, xarakterlar va Sharoitlarni yana ham quyuqroq, tipikroq va qabariqroq qilishga imkon beradi. YOzuvchining munosabatini ham aniq va keskin qilib beradi.
Realizm voqeliklni ob’ektiv tasvirlab, uning ijtimoiy sabablarini ochadi. Har bir halq adabiyotida realizm o`Sha adabiyotning milliy an’analari bilan bog`langan, o`ziga xos milliy xususiyat kasb etgan bo`ladi. Mana bu narsa realizmda uslublarning rang-barangligini keltirib chiqaradi.
Tanqidiy realizm esa borliqni haqqoniy tasvirlabgina qolmasdan, uni tanqid ham qiladi. Tanqidiy realizm kapitalistik munosabatlarni feadal jamiyatga nisbatan olg`a qo`yilgan qadam ekanligini, taraqqiy parvar ekanligini ko`rsatish bilan birga, uning ijtimoiy ziddiyatlarini ham ko`rsatadi va tanqid qiladi. Tanqidiy realizm realistik metodning eng to`la namoyon bo`lgan Shaklidir. U faqat tanqid qilibgina qolmasdan, insonparvarlik, ijtimoiy adolat g`oyasini olg`a suradi.
Tanqidiy realizmning asosiy mavzuiy - burja jamiyatidagi Shaxsning nomuvofiqligidir. Tanqidiy realistlar ijodida «kichik kishi» va «ortiqcha kishi» obrazlari keng ishlandi. Tanqidiy realizm adabiyotining asosiy konflikti zolim bilan ezilganlar va hukmron sinflarning o`z orasidagi ziddiyat asosiga qurilgan bo`ladi. Tanqidiy realizmda syujet asosan kundalik, oddiy hayotdagi xarakterlarni ochish asosiga quriladi. Ana shu oddiy, kundalik hayot manzaralari orqali tanqidiy realistlar voqelikning ijtimoiy mohiyatini, qahramonlar psixologiyasining ijtimoiy sabablarini ko`rsatadilar. Ular hayotiy jarayonlarni, jamiyat taraqqiyotining qonuniyalarini to`laroq ifoda eta oladigan janrlarga katta e’tibor berdilar. SHuning uchun ham tanqidiy realizm adabiyotida ijtimoiy roman janri keng rivojlandi, chunki bu janr borliqning murakkab va ko`p qirraligini ifodalash imkoniyatiga ega edi. Tanqidiy realizm lirikasida ijtimoiy adabiyot bilan bir qatorda kulgulilikni ham ifodalash masalasini o`rtaga tashladilar, adabiyotga xo`rlanganlar taqdirlanganlar obrazlarini olib kirdilar. Ular sub’ektiv momentga katta e’tibor berish bilan adabiyotni ehtirozli lirizm bilan boyitdlar, lirik chekinishlarga yo`l ochdilar. Muhit bilan keliSha olmaydigan isyonkor Shaxslarni qahramon qilib oldilar. SHu bilan ular oliy insoniy g`oyalar uchun kurashga katta hissa qo`shdilar romantiklar kashf etgan bu yangiliklar realizm adabiyotiga ham qo`l keldi, realizmni boyitishga ham xizmat qildi.
Biroq romantizm inson va jamiyat hayotining har taraflama xaqqoniy, konkret tarixiy tasvirlay olmadi, Shaxs bilan jamiyat, muhit o`rtasidagi sababiy bog`lanishlarni ko`rsata olmadi. Romantiklar jamiyatda Shaxs roliga ortiqcha baho berib yubordilar, uni muhitga qarshi qo`ydilar. Bu vazifani faqat realizmgina hal eta oldi, xolis.
Hozirgi o`zbek adabiyoti tarkibida romantik ko`tarinkilik, romantik his etish va tasvirlashga moyil bo`lgan qatlam mavjud. O`zbek adabiyotida ana shunday romantik xususiyatlarda ega bo`lgan yozuvchilarga A.Qodiriy, H.Olimjon, A.Muxtor kabilarni kiritishimiz mumkin. Ularning ijodi o`zbek adabiyoti tarkibidagi romantik oqim haqida gapirishga imkon beradi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiyotda simvolizm paydo bo`ldi. Simvolizm ham san’atkorning bo`lmag`ur voqelikdan yuz o`girib, ideal muhitga, mavhumlik olamiga, diniy tuyg`ular dunyosiga qochishga intilishda ko`rinadi. Simvolistlar real borliqdan qanoatlanmay, undan yuz o`giri, o`lim, u dunyodan najot qidirdilar. Ana shu xususiyat-lari bilan simvolizm reaktsion romantizmning ko`rinishi bo`lib qoldi.
Romantizm «kitobiy» degan ma’noni beradi. Romantizm atamasidan «kitobiy» degan ma’no anglashilar ekan, bunda o`rta asr ritsarp romanlari ko`zda tutildi. CHunki ritsarp romanlarida ishonib bo`lmaydigan g`aroyib voqea va holatlar tasvirlangan. Xuddi realizm singari, romantizm adabiyotining ham ob’ekti hayotdir. Realizm hayotni hayot Shaklida tasvirlasa, uning haqqoniy, ishonsa bo`ladigan manzaralarini yaratsa, romantizm hayotning o`zini emas, uning qanday bo`lishi kerakligini ko`rsatadi, hayot haqidagi sub’ektiv tuyg`ularni tasvirlaydi.
SHunday qilib, romantizm hayotni haqqoniy tasvirlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaydi, balki hayot haqidagi sub’ektiv orzularni beradi. Biroq ana shu sub’ektiv tuyg`ular romantik san’atkorning o`ziga xos «men»i bilan cheklanib qolmaydi. San’atkorning sub’ektiv fikrida jamiyatdagi minglab kishilarning orzu- umidlari o`z tajassumini topadi. Lekin bu sub’ektivlik ko`pincha hayotni ideallashtirishga olib keladi. Biroq bunday romantizm adabiyotda butunlay hayot tasvirlanmas ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Unda hayotning real holati va manzaralarini ko`ramiz. Lekin bu real menzaralar ham sub’ektiv tuyg`uga bo`ysundiriladi.
Romantizm juda murakkab hodisa bo`lib, har bir san’atkor ijodida o`ziga xos namoyon bo`ladi. SHuning uchun romantizmni umumiy qoida bilan ta’riflash ancha qiyin. Lekin uning asosiy belgilarini aniqlash mumkin. Romantizmning asosiy belgilari quyidagilardir: 1.
Sub’ektivlik. 2.
Barcha g`ayritabiiy, favqulotda, yorqin narsalarga intilish va ularni ma’nosiz borliqqa qarshi qo`yish. 3. Xarakterlar va ular harakat qiladigan muhitning favqulotdaligi, g`ayritabiiy holatlar va vaziyatlarga intilish. Buning natijasida borliqning real belgilari ko`zga tashlanmaydi, qahramonlarning xatti-harakatlari psixologik dalillanmaydi. 4. Asar tilining emotsionalligi va bo`yoqdorligi. 5. Obraz, voqea va xarakterlarning Shartli bo`lishi, mavhum tushunchalarni ifodalovchi tiplar yaratish. Romantizm qahramonlari o`zida jamiyatdagi real ijtimoiy-sinfiy xususiyatlarni ifodalovchi tiplar bo`lmasdan, ko`pincha yaxshilik va yomonlik kabi ham mavhum tushunchalarni ifodalovchi tiplar bo`ladi. Jamiyatdagi kurashish ham romantizm asarlarida yaxshilik bilan yomonlik kurashi sifatida talqin qilinadi. 6. Zamondan kuchli, isyonkor, qoniqmagan Shaxslar obrazini yaratish. Bu kabi irodali, kuchli Shaxslar zamon bilan murosa qila olmaydilar, yangi, yaxshi hayotni orzu qiladilar va shunga intiladilar. Romantik yozuvchilar zamon voqeligiga isyonkorona munosabatda bo`ladilar. Ko`pincha ular qahramonlarni kutilmagan holatlar, ekzotik muhitga olib borib qo`yadilar. 7. Borliqdan norozilik, idealdan najot izlash. Romantiklar o`zlari inkor etayotgan borliqqa ideal orzuni qarshi qo`yadilar.
Biroq romantiklar Shartli, favqulotda holatlar, mubolag`a-lashtirilgan isyonkor yakka qahramonlar orqali ham davrining ilg`or g`oya va intilishlarini ifodalay oladilar, zamondan uzilib qolmaydilar. 10. Halq hayotining milliy xususiyatlarini berishga intilish. SHuning uchun romantizm asarlarida milliy kolorit, milliy muhit yorqin chiziladi, xalq milliy xarakteri, psixologiyasini ochishga harakat qilinadi. Xalq ruhining mukammal ifodasini romantiklar folpklordan topadilar. SHuning uchun ham ular folpklor asarlariga ko`p murojaat qiladilar. Buning yaxshi tomoni shundaki, ular birinchi bo`lib badiiy adabiyotda san’atkorning xalq ijodidan foydalanish masalasini o`rtaga tashlaydilar, buning yomon tomoni shundaki, folp-klordan xalq ruhi ifodasini qidirish natijasida romantiklar ibtidoiy (patriarxal) munosabatni ideallashtirdilar.
Romantizm namunasi bo`lgan har bir asarda yuqorida keltirilgan belgi va xususiyatlarning barchasi mujassam bo`lishini talab etish yoki har bir asardan yuqoridagi barcha belgilarni qidirish to`g`ri bo`lmaydi. Hech bir asarda yuqoridagi belgilarning hammasi birlikda va to`laligicha uchramaydi. CHunki romantizm ham uslublarning o`ziga xosligi bilan bog`liq bo`lib, har bir san’atkorda o`ziga xos ko`rinishlarda namoyon bo`ladi va har bir asarda yuqoridagi belgilardan u yoki bunisigina uchraydi. Lekin romantizm namunalarining ko`pchiligi uchun umumiy bo`lgan narsa-maqsadning voqelikka munosabatining ob’ektivligidir.
Romantizmning tarixiy ahamiyati shundaki, u klassitsizmning san’at va san’atkor imkoniyatlarini cheklovchi, qotib qolgan qoidalariga qarshi kurash jarayonida kelib chiqdi va uni inkor etib, yangicha estetik tamoyillarning qaror topishida katta o`ringa ega bo`ldi.
Romantizm adabiyotda turli ijtimoiy tabaqalarning mavjud tartiblardan noroziligi ifodasi sifatida maydonga chiqdi. Romantizmning mumtoz namunalarini bergan Frantsiyani olar ekanmiz, u erda romantizm XU111 asr Frantsuz burjua inqilobiga javob sifatida paydo bo`ldi. Burjua inqilobi butun omma manfaatlarini o`zida ifodalagan edi. Bu inqilob olg`a surgan ozodlik, tinchlik, birodarlik g`oyalari butun taraqqiyparvar insoniyatni ruhlantirdi, kurashga chorladi. Lekin inqilob g`alaba qilganidan keyin bu ozodlik va birodarlik faqat hokimiyat tepasiga kelgan yirik burjuaziya uchungina ekani ma’lum bo`lib qoldi. Bu holat mavjud tartiblardan qanoat-lanmaslik, norozilik kayfiyatini tug`dirdi.
SHunday qilib, romantizm aldangan umidlar, uShalmagan orzular sifatida dunyoga keldi.
Tarqqiyparvar romanitklar metod va yo`nalish sifatida to`la Shakllanmagan bo`lsa ham uning muhim belgilarini Navoiydayoq uchratamiz. Navoiy ijodida romantizm realistik unsurlar bilan uyg`unlashib ketadi. Masalan, Mehinbonu, SHirin, Iskandar, Farhod obrazlarida davrning, kishilarning ezgu orzu-umidlari ifodalanadi. SHu kabi real ijtimoiy xususiyatlarning emas, orzularning ifodasi bo`lgan obrazlar romantik obrazlar bo`ladi. Bundan tashqari, Navoiy o`z qahramonlari obrazlarida real ijtimoiy xususiyatlarni ifodalasada, ularning taqdirini romantik hal etadi, ularga sub’ektiv munosabatda bo`ladi, ularning taqdirini o`z tushunchalariga muvofiq hal etadi. Masalan, Mudbir yolg`onchi, ochko`z, ayyor, munofiq Shaxs bo`lib, bu obrazda paydo bo`lib kelayotgan real burjuacha xususiyatlar o`z ifodasini topadi. Lekin u qorni yorilib o`ladi. Bu esa orzu edi.
Navoiy ba’zan o`z asarlarida real ijtimoiy guruhlar o`rtasidagi ziddiyatni tasvirlasa ham, ularni yaxshilik bilan yomonlikning tashuvchilari sifatida ko`rsatadi. Masalan, Jobir dengizda qaroqchilik qilar ekan, podsho va Shahzodalarga azob bergani holda, oddiy kishilarni qo`yib yuboradi. Demak, u o`zi chekkan azoblar uchun zolimdan qasos oladi, kuraShadi. Navoiy realist sifatida jamiyatdagi sinfiy kurashning ayrim belgilarini ifodalaydi. Biroq Navoiy romantik sifatida sinfiy kurashni yaxshilik bilan yomonlik kurashi sifatida talqin qiladi. Jobir - jabr qiluvchi, barcha yomonliklarning manbai sifatida ko`rsatiladi. Mana bunday ideal, hayoliy tiplar romantizm uchun xosdir. Farhod bilan SHirin, Muqbil bilan Mudbir kabilar ham ana shunday yaxshilik bilan yomonlikning umumlashmasi bo`lgan romantik obrazlardir.
Romantik xususiyatlarni A.Qodiriyning asarlarida ham ko`ramiz. A.Qodiriy garchi realist bo`lsa ham, uning asarlarida ijtimoiy ziddiyatlar ko`proq yaxshilik bilan yomonlik kurashi tarzida talqin qilinadi. Bundan tashqari, Qodiriy asarlari uchun xos bo`lgan emotsionallik, bo`yoqdorlik, milliy xususiyatlarga e’tiborning kuchliligi, qahramonlarni ko`tarinki tasvirlash kabilar romantizm xususiyatlaridir. Masalan, G`ulom Zafariyning poemalari xuddi mana shunday romantizmning tipik namunalari hisoblanadi.
Romantiklar adabiyot tarixida birinchi bo`lib, klassitsizmning cheklangan qonunlariga qarshi chiqadilar; adabiyotda ijod erkinligini yoqladilar. Ular o`z asarlarida milliy xususiyatlarni berishga harakat qildilar, folpklorda haqiqiy xalq ruhining ifodasini ko`rdilar va shu bilan yozma adabiyotda folpklor an’analaridan foydalanishni boshlab berdilar. Romantiklar adabiyotning tasvir ob’ektini kengaytirdilar, adabiyotda go`zallik bilan bir qatorda badbinlik, qahramonlik muhitida yaShayotgan Shaxsning ichki dunyosiga katta e’tibor berdilar.
SHuningdek, keyingi davrda milliy adabiyotimizda turli usul va uslublarda ijod qilish, asarlar yaratish tamoyili yuzaga kelmoqda. Bu esa albatta mustaqillik bilan bog`liqdir. CHunki sobiq tuzum davrida yagona metod asosidagina ijod qilish mumkin edi, bunga bo`ysunmaganlar esa turli ig`voyu bo`htonlar bilan qatag`on qilindi yoki adabiyot maydonidan chetlashtirildi. Hozirda esa har xil siyosiy qolip va mezonlardan xalos
bo`lgan milliy
adabiyotda jahon
adabiyoti va
adabiyotshunosligida ancha oldin tan olingan uslublarda asarlar yaratilmoqda. Bu albatta ijobiy hol. CHunki so`z san’ati bo`lgan badiiy adabiyotda siyosat emas, san’at xususiyatlari etakchilik qilishi Shart. Yillar davomida bizga yot deb qaralgan ushbu metodlarda aslida inson, uning ruhiy tasviri va kechinmalariga asosiy e’tibor qaratilgan. SHu ma’noda adabiyotimizdagi bunday har xillikni, turli-tumanlikni faqat qo`llab-quvvatlash kerak, xolos.
Modernizm adabiyotidan yangicha epik rivoya qilish usul va Shakllarining o`zbek adabiyotiga kirib kelish yo`llari va ba’zi xususiyatlari, bu sohadagi izlanishlarning samaralari tanqidchilik-ning diqqat markaziga chiqmoqda. Buning birinchi sababi, endilikda epik nasrimizda, xususan, romanchilikda yaqin o`tmishda zararli deb qoralangan modernizm adabiyotining kashf etgan badiiy tasvir va ifoda vositalarini oshkora qabul qilib, tajriba o`tkazayotgan adiblarning tobora ko`payib borayotganligi bo`lsa, ikkinchi sabab, istiqlol Sharofati bilan sho`ro mafkurasining zo`rlik va cheklashlaridan qutulganimiz natijasida adabiyotimizga modernizm ta’sirida to`g`risida gapirishning imkoni tug`ilganidir.
Modernizm adabiyotida asosan muallif hikoyasi qahramonning xotirasi, tasavvurlari, tush, bosinqirash orqali ifodalanadi, jumlalar sintaktik qoidalarga bo`ysunmaydigan konstruktsiyalarda uzundan-uzoq, gapdagi so`z tartibi almashib ketadi, faqat vergulning o`zigina ko`pincha jumladagi ma’noni bir qadar tartibga solib, yaxlitlashtiradi. Predmet va manzaralar bus-butun holicha ko`rinmaydi, voqealar silsilasi, holatlar suvrati munchoqdek tizilib, ko`z oldimizdan o`taveradi, joy va vaziyatlarning o`rni almashinib ketadi, vaqt o`lchamlari nisbiylaShadi, hayot bilan xayolning, uy bilan tashqari-ning, uyqu bilan bedorlikning chegarasi yo`qoladi. Ichki hissiy (sensor) nutq, deb ta’kidlaydi amerikalik tadqiqotchi Melvin Fridman, qariyb har doim uzuq-yuluq bo`ladi, unda sintaktik birlik buzilibgina qolmasdan, jumla va iboralar, ayrim so`zlar ham to`la aytilmaydi. SHunday qilib, tuyg`u-kechinmalargina emas, balki ong qa’ridagi sezgilar yohud inson psixikasining so`z bilan ifodalab bo`lmaydigan tomonlarini berish imkoni yaratiladi. Ong qa’ridagi tuyg`ular deganimiz insonning butun vujudini qamrab olgan, bir - biriga o`tib turuvchi ongli holatni ham, ongsiz holatni ham o`z ichiga oladi. Unda fikr oqimi, qandaydir botiniy kuch ta’sirida paydo bo`luvchi g`ira- shira ko`ngilga kelgan narsalar qiynalmasdan o`z-o`zidan uzluksiz quyulib kelaveradi. Epik rivoyaning bunday usuli bizga T.Mann, Passos, Folkner, Prust, Joys, Kafka, Kamyu, Markesning tasvir usulini eslatadi.
Modernizm adabiyoti poetikasini ijodiy o`zlashtirish tajribasi M.Mansurovning «Mangu jang», H.Islom Shayxning «Tutash olamlar», O.Muxtorning «Ming bir qiyofa», «Ko`zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu» romanlari, A.Saidning «Besh kunlik dunyo» romani, G`.Xotamning hikoya va qissalari, O`.Umarbekovning «SHoshma, Quyosh», SH.Boshbekovning «Temir xotin» dramalari ana shunday izlanishlar natijasidir. SHuni ta’kidlash zarurki, jaxonda ro`y bergan keyingi iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar tufayli hamda istiqlol Sharofati bilan mavzular, ijodiy metodlar sohasidagi cheklashlar barham topdi. Bu adabiyotimizning erkin rivojlanishiga yo`l ochdi, turli uslub hamda metodlarda izlanishlar olib borish uchun imkon yaratdi.
NAZORAT SAVOLLARI: 1. Ijodiy metod nima? 2. Adabiy oqim. 3. Ijod tiplari. 4. Adabiy maktab. 5. Realizm va uning xususiyatlari. 6. Adabiy yo`nalish. 7. Romantizm va uning xususiyatlari. 8. Modernizm. 9. O`zbek adabiyotida realizm. 10. O`zbek adabiyotida romantizm. 11. Modernizm va o`zbek adabiyoti. 12. Naturalizm. 13. Ekzistentsializm nima? 14. Futurizmni tushuntiring. 15. Tanqidiy realizm. 16. XX asr boshidagi adabiy oqim va yo`nalishlar. 17. Metod va usul tushunchalarini farqlang. 18. Sizningcha, qaysi ijodiy metod adabiyot uchun maqbuldir. 19. Misollar asosida ijodiy metodlarni farqlang. 20. Totalitar mafkura va adabiyot: yutuq va kamchiliklar.
1. Ijodiy metod. 2. Adabiy oqim. 3. Adabiy yo`nalish. 4. Romantizm. 5. Realizm. 6. Sentimentalizm. 7. Klassitsizm. 8. Modernizm. 9. Naturalizm. ADABIYOTLAR: 1. I.Sultonov. Adabiyot nazariyasi T.,1980 y. 2. Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik. T., Fan, 1978,1979. 3. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1981. 4. N.SHukurov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1980. 5. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1985. 6. Andre Bretonp. Syurrealizm manifesti. Jahon adabiyoti. 2000 yil, may. 16-174-betlar. 7. Eslen Xovarsdsxolm. Modernizm. Jahon adabiyoti. 2001 yil, yanvar. 8. Dag Sulstad. Norveg nasri - Ovrupo modernizmi. Jahon adabiyoti. 2001 yil, yanvar. 9. A.Genis. XX asrning etakchi uslubi. Jahon adabiyoti. 2001 yil, sentyabrp. 10. Kratkaya literaturnaya entsiklopediya. Moskva, 1967. 4 tom. 11. A.Rahimov. Muttasil yangilanayotgan janr. O`zbekiston adabiyoti va san’ati. 1997 yil 6 iyun, № 23. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling