O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- BADIIY ADABIYOTNING IJTIMOIY FUNKSIYASI VA AHAMIYATI. R e j a
- M a ‘ r i f i y
- E s t e t i k d i d
- TAYANCH IBORALAR
- BADIIY ADABIYOTNING XALQCHILLIGI R E J A
- Leninning fikriga qarshi anchagina jiddiy gaplar aytilgani ham ma’lum. 20- yillarda «pereval», «futurizm», «serapion muridlari» singari adabiy oqim
NAZORAT SAVOLLARI: 1.San’at - ijtimoiy ong Shakli. 2. San’atning xususiyatlari. 3. Adabiyot va san’at. 3. So`z san’atining xususiyatlari. 4. Adabiyot va fan. 5. Adabiyotning san’at turlaridan farqini ko`rsating. 6. Adabiyot - so`z san’ati. 7. Adabiyot - insonshunoslik. 8. Badiiy adabiyot xususiyatlari. 9. «San’at - san’at uchun nazariyasi. 10. Adabiyot va fanda inson tasviri. TAYANCH IBORALAR: 1. Adabiyot - ijtimoiy ong Shakli. 2. Adabiyot va fan. 3. San’at va fan. 4. Adabiyotning xususiyatlari. 5. Adabiyot - insonshunoslik.
1. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1979. 2. N.SHukurov va b. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1984. 3. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1995.
1. Badiiy adabiyotning jamiyatdagi roli. 2. Badiiy adabiyotning ahamiyati. 3. Adabiyot va ahloq.
bajaradi. CHunki adabiyot va san’at faqat ko`ngil ochish vositasigina emas, insonni Shakllantiruvchi, tarbiyalovchi, uni hayotga faol aralashishga undovchi, kurashga da’vat etuvchi kuchdir. San’at inson psixologiyasiga ham ta’sir qiladi, uning xarakterini Shakllantiradi.
San’at insonni boyitadi, kuzatuvchi qiladi, uni hayotning muhim masalalari xususida o`ylashga majbur etadi. San’at go`zallik ta’cirida kishining ma’naviy dunyosi, e’tiqodlari mustahkamlanadi. Go`zal obraz kishi qalbidan o`rin olib, uni hayotning ma’nosini chaqishga o`rgatadi, faoliyat va kurashga chorlaydi. SHu bilan birga, adabiyot va san’at inson tasavvurlari, fikrlash qobiliyatini ham o`stiradi. Inson tasavvurlari, fantaziyasining o`sishi faqat san’atni tushunish qobiliyatini rivojlantirib qolmasdan, uning texnika va boshqa sohalardagi faoliyati va mehnat qobiliyatini ham rivojlantiradi. Har bir buyuk asar, har bir buyuk san’atkor insonni yangi pog`onaga ko`taradi. SHuning uchun ham Dobrolyubov SHekspir to`g`risida gapirib, «u insoniyatni ma’naviy yuksaltirdi», degan edi.
kishilarga bilim beradi. San’at vositasida olamni bilib bo`ladi. San’at ham narsalarning mohiyatini ochadi. Badiiy adabiyot ob’ektiv haqiqatini qanchalik chuqur aks ettirsa, uning qimmati shuncha yuqori bo`ladi. San’atning xayotni bilishdagi ahamiyati juda katta. N.CHernishevskiy adabiyotni «xayot darsligi» deb atagan edi.
Badiiy adabiyot - tuganmas bilim manbaidir. Ayniqsa, qadimgi davrlar adabiyoti tarix fani boy material manbaidir. Masalan, «Rigveda»da (e.a. X asr xind eposi) oila va nikoh masalalari. Gomer va Gesiod dostonlari. «Alpomish»da urug`chilik munosabatlarining emirilishi ifodasi. «Qutlug` qon» romanida kapitalistik munosabatlarning aks etishi. Boshqa xalqlar adabiyoti namunalarini o`qish kishilarni ularning hayoti, turmush tarzi, madaniyati va tarixi bilan tanishtiradi, baynalmilal tarbiyada muhim rol o`ynaydi. M.Avezovning «Abay» romanini o`qigan kitobxon qardosh qozoq xalqining og`ir qismati, fojiali o`tmishi bilan taniShadi.
namunalari beradi. Ba’zi qahramonlar kishilarni qanday yaShash va kurashishga o`rgatsa, boshqalari qanday yaShamaslik, kimlarga o`xShamaslikka o`rgatadi.
Adabiy qahramonlari - kishilarning doimiy yo`ldoshi bo`lib qoladi. Saida va Luqmonchalar kundalik hayotimizda bizga o`rnak, hamdard va hamnafas bo`lib qolgan qahramonlardir. Ayrim adabiy qahramonlar butun bir davr, butun bir avlod kishilarini o`z ortidan ergashtiradi. San’ati takrorlanmas, o`ziga xos Shakllarda jamiyat keltirib chiqargan olijanob axloqiy va psixologik fazilatlarni tasdiqlaydi. Ayniqsa, yosh bolalarni tarbiyalashda badiiy adabiyot qudratli vositadir. U bolani obrazning poetik olamiga olib kiradi. Bola o`sgan sari adabiyot uni insoniy munosabatlar va kechinmalar dunyosiga tobora ko`proq olib kiradi, uni hayotiy kurashga tayyorlaydi. Masalan, D.Defoning «Robinzon Kruzo» romanida insonning qudrati va matonati, mehnat jarayonlari ulug`lanadi. M.Tvenning «Gekkelpberri Finning boshidan kechirganlari» romanida turli irq kishilarining tengligi va do`stligi, ezgulikka intilishi ko`rsatiladi. Maktablarda bolalarga adabiyot tarixini, alohida asarlarni o`rgatish, ularga badiiy asarlarni o`qitish, ijro ettirish yo`li bilan, avvalo, bolalarga bilim berilsa, ikkinchidan, ular ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiya qilinadi. Biroq o`quvchilarning sistemali kitob o`qishlariga erishish bilangina badiiy adabiyotning izchil tarbiyaviy rolini ta’minlash mumkin.
E s t e t i k ahamiyati. Adabiyot va san’at asarlarining ahamiyati odamlarga taqlid namunalari berish bilangina cheklanmaydi. CHunonchi, Kumush va Saidalarga taqlid qilish, ergashish, N.SHomurodov va Yo`ldosh Komilovlarga havas qilish mumkin, lekin SHekspir tragediyasidagi Otelloga, CH.Aytmatovning «Oq kema» qissasidagi personajlarga ergashib bo`lmaydi SHuning uchun ham san’at, avvalo, insonning tuyg`usiga ta’sir qilib, uni fikrlashga, o`ylashga majbur etadi, uni soflaydi, butun vujudini junbushga keltirib, g`uborlardan tozalaydi, unga nimalarni yoqlab, nimalarga qarshi kurashish kerakligini ko`rsatadi. B.Brextning «Kuraj ona va uning bolalari» dramasi kishini o`z ijtimoiy ahvoli hamda burchi to`g`risida o`ylashga majbur qiladi. Demak, san’at asari kishilarning ongigagina emas, dastavval, ularning tuyg`ulariga ta’sir qiladi. Bunda adabiyotning emotsional-estetik tomoni katta rolp o`ynaydi. Biz adabiy asarlarni o`qiganimizda, fikrimiz intensiv qo`zg`oladi, tuyg`u va irodamiz, ongimiz tezlik bilan ishlay boshlaydi.
Adabiyot ulkan emotsional kuchga ega ekanligi bilan ham muhim sotsial funktsiya bajaradi. Professor S.Mirvaliev ta’kidlaganidek, «Adabiyot ma’naviyatning boshqa omillariga qaraganda ham vositali ifodasi, ham ko`rgazmali ta’sir kuchi bilan ustuvordir». SHuning uchun ham eng nodir san’at namunalari asrlar bo`yi kishilarni hayratga solib, ularni to`lqinlantirib keladi. Badiiy adabiyot kishining tuyg`usini, ulardagi go`zallik hissini mukammallashtiradi. Badiiy adabiyot insonning ma’naviy va jismoniy go`zalligini, insoniy munosabatlarning go`zalligini sezishga yordam beradi. Badiiy asar o`zining mahorat kuchi bilan ham insonga ta’sir ko`rsatadi. Biroq mahorat deganda san’at asarining Shakligina emas, g`oyaviy yo`nalishi ham ko`zda tutiladi. Kishiga estetik lazzat beruvchi va san’atkor mahoratini ko`rsatuvchi bosh omil - asarning haqqoniyligidir.
Haqiqiy xalqchil realistik asarlar insonda hayot zavqini oshiradi, unda go`zallikni tushunish fazilatini Shakllantiradi, hayotga ijodiy munosabatda bo`lishga o`rgatadi.
Emotsionallik fanda ham bo`ladi. Ilmiy tadqiqot va kashfiyot jarayoni olimni ham emotsional hissiyotlar qamrab olib, unda o`zi qilayotgan ishdan zavqlanish hissi paydo bo`ladi. Fizik olim e.Faynberg ilmiy ijodni «emotsiya va ehtiroslar, to`lg`oq va quvonchlar» sifatida xarakterlaydi. Bu jihatdan fan ham san’atdan farq qilmaydi. Lekin emotsionallik ilmiy ijodning asosini tashkil qilmaydi.
San’atda emotsionallik katta rolp o`ynaydi. Biroq buning o`zi etarli emas. San’atda emotsional ta’sirchanlik bo`lishidan tashqari, tuyg`ularning haqqoniyligi va samimiyligi ham juda muhimdir.
Badiiy adabiyot insonni xalqning ruhiy olami bilangina emas, uning tili xazinasi bilan ham oshno qiladi, ona tilining go`zalligi, estetik mohiyatiga chuqurroq kirib borishga imkon yaratadi. SHu yo`l bilan badiiy adabiyot kitobxonning nutq va til madaniyatini o`stiradi, uning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi.
ahamiyatga egadir. Estetik tuyg`u faqat insongagina xosdir. Estetik tuyg`u insonga borliqni butun boyligi, rang va ohanglari, Shakl va tarovati bilan ko`rish, his qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy mehnat
insonni jismoniy va aqliy
jihatdan takomillashtiribgina qolmasdan, uning estetik tuyg`usini ham rivojlantiradi. SHu narsa insonning go`zallik yaratishiga imkon beradi. Odamlarning didi turlicha
bo`ladi. Lekin go`zallikni yomon deb, badbinlikni yoqtirish didning turlichaligi natijasi bo`lolmaydi. Didda kishining umumiy saviyasi, qobiliyati va qarashlari aks etadi. Yaxshi did chinakam go`zallikdan zavqlana bilishdir. YOmon did esa ko`pincha ma’lumotning etishmasligi oqibatidir. Lekin sizga yoqmagan hamma narsa didsizlik, badbinlik namunasi bo`lavermaydi. Yurish-turishda, kiyim-kechakda, odob-ahloqda ba’zi narsalar garchi biz ko`nikkanday bo`lavermasa-da, ularda kelajak tendentsiyalari aks etishi mumkin.
San’atdan lazzatlanish uchun maxsus tayyorgarlik kerakmi? Axir san’at hammaga tushunarli, ommabop bo`lishi kerakku? Biroq har qanday san’at ham barchaga tushunarli bo`laverishi Shart emas, bu mumkin ham emas. San’at ommaga tushunarli bo`lishi kerak, deb uni juda ham jo`nlashtirib yuborish yaramaydi. Har qanday san’at asarini tushuna oladigan bo`lish uchun kishi o`zida san’atni tushunish qobiliyatini tarbiyalab borishi kerak. Buning uchun esa san’at bilan muttasil shug`ullanish zarur. Sana’atdan ma’naviy ozuqa olish, undan lazzatlanish uchun kishi o`zining umumiy madaniyatini doimo oshirib borishi, qobiliyati va iste’dodini o`stirishi lozim. Badiiy asarni chuqur tushunish uchun kitobxon asar mazmuni va Shakli, unda ko`tarilgan muammolar ustida ham bosh qotiriib ko`rishi kerak. SHu jihatdan, P.Qodirovning «Erk», O.YOqubovning «Ko`hna dunyo» asarlarini o`qir ekanmiz, bu asarlarni tushunish, ulardan ta’sirlanishning o`zi hali etarli emas. Buning uchun ularning naqadar hayotiyligini his qilish, ularda qo`yilgan muammolarni chuqur idrok etish ham zarurdir. SHusiz bu asarlardn olgan taassurotlarimiz to`la bo`lmaydi. Kitobxon qanchalik sezgir va ta’sirchan bo`lsa, obrazning unga ta’siri ham shuncha kuchli bo`ladi. Kitobxon obraz mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borsa, badiiy adabiyotning ta’siri va tarbiyaviy ahamiyati shunchalik kuchli bo`ladi.
Badiiy asar kishining didini o`stiribgina qolmasdan, uning saviyasini ham ko`rsatadi. Asarga baho berar ekanmiz, o`zimizga ham baho beramiz, o`zimizning madaniy darajamizni ham ko`rsatib qo`yamiz, Odamning did qanchalik o`tmas bo`lsa, unga san’at asarining ta’cir kuchi ham shunchalik oz bo`ladi. CHunki musiqani tushunish qobiliyati rivojlanmagan odam uchun musiqa ham yo`q hisobdir.
axloq Shaklini tasdiqlab, boshqasini inkor etadi. San’atkor bevosita axloqiy masalalar to`g`risida so`z yuritmagan chog`da ham o`ziga xos vositalar bilan biror axloqiy masalani hal etadi. Lekin badiiy adabiyotni axloq bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Badiiy adabiyot o`zining axloq o`rgatuvchilik funktsiyasini pand-nasihat yo`li bilan amalga oshirmaydi. U yoki bu axloq tabiiy ravishda obrazning mohiyatiga singib ketgan bo`ladi. O`gitbozlik boshlangan joyda san’atning o`zi tamom bo`ladi. Ba’zan badiiy asarlarda ifoda etilgan narsalar to`g`ri bo`lsa ham, ularning talqini noto`g`ri bo`lishi mumkin. Bu muallifning estetik hamda axloqiy ideallari, dunyoqarashiga bog`liqdir. Bunga Navoiy va L.Tolstoy ijodlaridan misol keltirish mumkin. San’atkor o`z asarida to`g`ri axloqiy tamoyilni ifoda etsa-da, biroq muayyan ob’ektiv va sub’ektiv sabablar ta’sirida undan noto`g`ri xulosalar keltirib chiqargan bo`lsa, bunday Sharoitda kitobxon asarga o`Sha adashuvni keltirib chiqargan sabablarni hisobga olgan holda konkret-tarixiy yondashib, undan to`g`ri xulosalar keltirib chiqarib olishi kerak bo`ladi. Bu asarni chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ayrim hollarda kitobxonlar axloqsizlikni tasvirlading, deb san’atkorni ayblaydilar. V.SHukshin asarlari qahramonlarining axloqsizligi uchun tanqid qilganlarida, yozuvchi o`z muxoliflariga haqqoniylik badiiy adabiyot axloqiy sog`lomligining eng oliy mezonidir,- deb javob bergan edi. Zotan, san’atda axloqsizlikni tasvirlash axloqsizlik emas, aksincha, hayotning o`zida ana shunday axloqsizliklar bo`la turib, ulardan ko`z yumish axloqsizlikdir. SHunday qilib, san’at muayyan hayotiy qarashni tasdiqlashdir. Bu tasdiqlangan qarash esa san’atkorning estetik idealiga bog`liq. Hayot haqiqatini buzish, undan yuz o`girish axloqsizlikni targ`ib qilishga olib keladi. San’at hayot haqiqatini buzsa, u o`z axloqiy qimmatini yo`qotadi. Italiyalik kinorejissyor F.Fellini: «Men shunday filpm yaratayki, u kishilarga jasorat ato qilsin. Faqat haqiqatning ko`ziga tik qaray olgan taqdirdagina bunga erishish mumkin, xolos», - degan edi.
1. Badiiy adabiyotning ahamiyati nimada? 2. Adabiyot va jamiyat munosabatlari. 3. Estetik did nima? 4. Adabiyot va axloq munosabatlarini izohlang. 5. Badiiy adabiyotning ma’rifiy ahamiyati nimada? 6. Badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati. 7. Badiiy adabiyotning estetik ahamiyati. 8. San’atning insonga ta’siri. 9. Millat va adabiyot. 10. Estetik did nima?
1. Adabiyot va jamiyat. 2. Adabiyot va axloq. 3. Adabiyot va tarbiya. 4. San’at va did. 5. Badiiy adabiyotning ahamiyati.
1.S.Mirvaliev. Adabiyot - ma’naviyat demakdir. Muloqot. 2001 yil, №6, 35-36-betlar.
1. Badiiy adabiyotning xalqchilligi. 2. Badiiy adabiyotda tarafkashlik. 3. Adabiyot - umuminsoniydir. Xalqchilik badiiy adabiyotning muhim xususiyatidir. Badiiy asar-ning qimmati uning xalqchilik darajasiga ham bog`liqdir. San’atkor o`z ideallarida xalq ommasining estetik tushunchalarini qanchalik ifo-dalay olsa, u yaratgan asarlarning qimmati shunchalik yuqori bo`ladi. Badiiy asarning xalqchilligi darajasi unda ana shu xalq estetik tushunchalari va orzu-havaslarining ifodalanishi darajasiga bog`liqdir.
«Xalqchillik» atamasini birinchi marotaba P.A.Vyazemskiy ki-ritgan bo`lib, bu so`zni 1819 yilda I.S.Turgenevga yozgan maktubida va «Klassikning noshir bilan suhbati» (1825) maqolasida ishlatgan.
«Xalqchillik» tushunchasi tarixiy bo`lib, turli davrlarda unga turlicha ma’no berganlar. Badiiy adabiyot taraqqiyoti bilan bu atamaning ma’nosi ham o`zgarib, rivojlanib, chuqurlaSha borgan. Masalan, XVIII asr rus adabiyotida mehnatkash xalq hayoti tasvirlanmas edi, u diqqat - e’tibordan chetda qoladi. Karamzin dvoryanlikni butun xalqning tajassumi, ifodasi deb tushunadi. SHunday bir holda badiiy adabiyotga oddiy xalq turmushi va tili elementlarini olib kirish, so`zsizki, ijobiy hol edi, biroq xalq hayotini ifodalashning o`zi hali badiiy asar xalqchilligini ko`rsatmasligi ma’lum. Badiiy adabiyotning rivojlanishi bilan «xalqchillik» tushunchasi ham chuqurlaSha boradi. Xalqchillik tushunchasini xalq ruhi, uning milliy xususiyatlarini aks ettirish bilan bog`lay boshlaydilar.
San’atkor oldiga har bir xalq va millat hayot Sharoitlarining o`ziga xosligi bilan belgilanadigan xarakterli xususiyatlarni topa olish va badiiy aks ettirish vazifasi qo`yiladi. SHunday qilib, xalq ruhiyati, hayoti va xarakterning milliy xususiyatlarini aks ettirish hayotni badiiy aks ettirishning zaruriy Shartiga aylanadi. Biroq «milliylik» tushunchasi «xalqchillik» tushunchasi bilan yaqin bo`lsa-da, ular teng emas. Xalqchillik milliylikning tarkibida mavjud bo`lgan eng yaxshi tomonlarini o`z ichiga oladi. Demak, milliylik tushunchasi xalqchillik tushunchasidan kengroqdir.
Xalqchillik masalasi V.G.Belinskiy tomonidan chuqur ishlab chi-qilgan. V.G.Belinskiyning fikricha, xalqchillik haqiqiy san’atga xos xususiyatdir. Tanqidchi badiiy adabiyotni «xalqning tafakkuri» deb ataydi. Ana shu xalq tafakkurini haqqoniy aks ettirish xalqchillikni ta’minlaydi. «Xalq hayotini haqqoniy ifodalash xalqchillikni keltirib chiqaradi», - deydi V.Belinskiy.
San’atning xalqchilligi dastavval uning xalq bilan birligida-dir. Faqat xalq uchun muhim bo`lgan masalalarni qo`ygandagina san’at-kor o`z obrazlarini ommaning tuyg`usiga etkaza oladi.
Buyuk san’at asarlari haqiqiy xalqchildir. CHunki ularda davr-ning muhim ziddiyatlari aks etgan bo`lib, bularni bilib olish xalq uchun muhim qimmatga egadir. Xalq hayotini tasvirlamasdan turib ham xalqchil bo`lish mumkin. Masalan, Pushkinning «evgeniy Onegin» romanida xalq tasvirlanmaydi. Biroq Belinskiyning ta’rificha, asar yuksak darajada xalqchildir. CHunki shoir unda xalq uchun muhim aha-miyatga ega bo`lgan masalani - dvoryanlik inqirozi, mavjud Sharoitda Tatpyana, Onegin, Lenskiy kabi iste’dodli va barkamol Shaxslarning yaShashi va ravnaq topishi uchun Sharoit yo`qligini ko`rsatadi. SHunday qilib, xalqchillikning birinchi Sharti - san’atkor o`z asarlarida umumxalq axamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ygan bo`lishi kerak. Biroq buning o`zi etarli emas. CHunki yozuvchi asarida umumxalq ahamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ygani bilan, o`z dunyoqarashining bir tomonlamaligi natijasida ana shu masalalarni xalq man-faatlariga muvofiq keladigan holda aks etmasligi mumkin. Demak, ba-diiy asar xalqchilligining ikkinchi zaruriy Sharti shuki, san’atkor o`z asarida qo`ygan xalq hayoti uchun muhim bo`lgan muammoni o`Sha xalq manfaatlariga muvofiq ravishda hal etishi ham kerak. SHu bilan u xalqning hayoti va ana shu hayotni yaxshilash uchun kurashga yordam berishi lozim.
O`tmish san’atkorlari xalq manfaatlariga muvofiq keladigan masalalarni ifodalamagan bo`lishlari mumkin. Bu holda ularning asarlari xalqchilligi, tasvirlanayotgan hayotning rang-barangligi, tas-virning halolligi, hayotning dolzarb masalalariga e’tibor bilan mu-nosabatda namoyon bo`ladi. Ana shuning o`zi ham yozuvchi xohlasa-xohla-masa, odamlarni hayot haqidagi to`g`ri xulosalarga olib keladi. SHuning uchun ham xalqchillik san’atkorning dunyoqarashiga bog`liq
bo`lmagan holda ham namoyon bo`lishi mumkin. Dobrolyubovning guvohlik berishicha, N.Gogolp o`z asarlarida ixtiyorsiz xalq nuqtai nazariga yaqin kelib qolgan. YOzuvchiga bu narsani tushuntirib, shu yo`lda davom etish va bar-cha masalalarni shu singari xalq manfaatlari nuqtai nazaridan ko`rib chiqishga da’vat etganlarida, Gogolp o`z-o`zidan qo`rqib ketgan ekan.
Xalqchillikning uchinchi Sharti - badiiy asarning xalqqa tushu-narli bo`lishi, asar Shaklining demokratikligidir. Asar Shaklining demokratikligi deganda, inson kechinmalarini va hayotiy voqealarning xalq tajribasiga yaqin bo`lishi, asarda borliqning xalqqa tushunarli bo`lgan tomonlarini unga tushunarli va yaqin qilib tasvirlash ko`zda tutiladi.
Xullas, san’at insonning o`sishi, uning ma’naviy kamolotiga xizmat qilmog`i kerak. Insonni tasvirlar ekan, san’atkor undagi yaxshi fazilatlarni ko`rsatishi, uning hayot kechirishiga to`sqinlik qiladigan bo`lmag`ur Sharoitlarni fosh etishi kerak. San’atkor insonni davrning asosiy masalalari nuqtai nazaridan tasvirlamog`i lozim. SHunday qilingandagina, sanpatkor insondagi eng muhim tomonlarni topib, ko`rsata oladi. SHunday qilib, insonni tasvirlash ham adabiyot xalqchilligining zaruriy Shartlaridan biri bo`lib qoladi. Masalan, lirikada insonning ichki dunyosi diqqat markazida turadi. Lirikaning qimmati, uning xalqchilligi ham ana shunda.
Adabiyotda xalqchillik masalasini noto`g`ri tushunish o`zbek ada-biyotining Navoiy, Mashrab, Nodira va boshqa arboblari ijodiga munosabatda yaqqol namoyon bo`ldi. Ular ijodining qimmati davr bilan bog`liq holda emas, qaysi sinfga mansubligidan kelib chiqib baho-landi va sho`ro mafkurasiga yot shoirlar deb e’lon qilindilar.
50-yillarning boshlarida Abdunabiev va Stepanov kabilar «Al-pomish», «Go`ro`g`li» singari xalq qahramonlik dostonlarini xalqqa qarshi ruhda bo`lgan asarlar deb e’lon qilgandilar. Bu Shaxslar adabiy merosni u yaratilgan davr bilan bog`liq holda o`rganish kerakligini, xalqchillik har davrda turlicha namoyon bo`lishini unutib qo`ydilar.
Demak, badiiy asarning xalqchilligi odamlarni tasvirlash, ular-ni qurShab olgan muhit, tabiatning o`ziga xosligini ko`rsata olishida namoyon bo`ladi. CHunki zamonning asosiy ziddiyatlarini payqay olmay turib, xalqning orzu va ehtiyojlarini his qilmay turib, san’atkor o`z asarini xalqchil qiladigan qahramonlar, hayotiy Sharoitlarni topa ol-maydi. Bu holda asarning xalqchilligi ham o`zining butun boyligi va chuqurligi bilan namoyon bo`la olmaydi. SHunday qilib, san’atkor ijo-dining xalqchilligi umumxalq ahamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ya olishda, ana shu muammolarni xalq manfaatlari nuqtai nazaridan hal etishda, insonni tasvirlashda, uning ma’naviy kamolotiga xizmat qi-lishida, badiiy Shaklning ommabopligida namoyon bo`ladi.
Taraqqiyotning ko`rsatishicha, jamiyatdan sinflar, tabaqalar bor ekan, ularning manfaatlari ma’lum darajada adabiyotda ham aks etishi mumkin. CHunki adabiyot - hayotning, borliqning in’ikosi bo`lib, o`zida jamiyat mafkurasi, tasavvurlari va taassublarini ham aks ettiradi. Jamiyatda sinflar mavjud bo`lgan taqdirda ular adabiyotdan ham o`z sinfiy manfaatlari yo`lida foydalanishga urinadilar, badiiy adabiyotni o`z muxoliflariga qarshi kurash quroli sifatida ishlatishga intiladilar. Bu narsa ba’zan adabiyotda o`zining aniq ifodasini topdi. Olmon shoiri Xeynrix Xeyni (1797-1856) «shoirning she’ri mungli nay emas, bong nog`ora sadosi kabi yangrasin, uning na’rasi ko`hna istibdod an’analarini qulatib yuboradigan taran bo`lsin»,- deydi. V.Mayakovskiy (1893-1930) o`zi she’rlarini miltiq va bombaga tenglashtiradi, o`z she’rlari bilan proletar inqilobiga xizmat qilayotganligini ta’kidlaydi. Qadimgi yunon shoiri Aristofan (e.a 446-385) «aniq ifodalangan tendentsiyali shoir» degan nomga sazovor bo`lgan. CHunki u «Suvoriylar» komediyasida aristokratlar partiyasi tomonida turib demokratlar partiyasini qattiq tanqid qiladi. Buyuk olmon dramaturgi Fridrex SHillerning (1759-1805) «Makr va muhabbat» dramasi ham bi-rinchi olmon siyosiy-tendentsioz dramasidir. SHiller dramada ongli ravishda quyi tabaqaning yonini oladi, tarafkashlik qilib ularni zo-dagonlar toifasiga qarshi qo`yadi.
Odatda yozuvchi o`zi qaysi sinfdan, muhitdan chiqqan bo`lsa, o`Sha sinfning taassublaridan butunlay holi bo`la olmaydi. U ochiq oydin yoki o`zi anglamagan ravishda o`Sha sinfning manfaatlarini aks ettira-di. Masalan, Navoiy o`zining ijobiy ideali, orzusi bo`lgan ma’ri-fatli shoh tomonidan boshqariladigan feodal tuzumga qarshi chiqqan qasoskor isyonchi - Jobirni hazm qila olmaydi, uni qora bo`yoqlarda tasvirlaydi. O`rta asr frantsuz shoiri Bertran de Born qalamiga man-sub bo`lgan bir sirventada shoir yangi paydo bo`lib kelayotgan, omadi yurishgan Shaharlik ishbilarmon toifani, feodal oqsuyaklar manfaat-lari nuqtai nazaridan zo`r qahru- g`azab bilan tasvirlaydi. Gogolga o`z asarlari bilan xalq ommasining manfaatlarini yoqlayotganligini es-latishganda, u qo`rqib ketgan ekan. Xamza «shohlar bir kun gado, bir kun gado Shahzoddir», - degan edi. Demak, har qanday yozuvchi o`zi yaxshi biladigan toifa hayotini tasvirlaydi. Masalan, Dikkensning roman-larida jamiyatning quyi tabaqasi turmushi chuqurroq ifodalangan bo`lsa, Golsuorsi romanlarida esa yuqori tabaqa hayoti chuqur ifoda etilgan bo`lib, fuqaroning hayoti esa yozuvchining e’tiboridan chetda qolgan. SHuningdek, Ayniyning qariyb barcha asarlari jamiyatning eng quyi toifasi - qullar hayotini tasvirlashga bag`ishlangan. Ayniy tas-virlagan qullar orasida yomon odamlarni topib bo`lmaydi. A.Qodiriy esa yuqori tabaqa hayotini ko`proq tasvirlaydi. Uning asarlarida ham qullar bor, lekin ularning taqdiri Ayniy ta’riflagan qullarniki-chalik ayanchli emas. Qodiriy odamning yaxshi yoki yomonligi qaysi toifa-dan ekanligiga bog`liq emasligini ko`rsatadi. Bu esa ikki yozuvchining asarlarida sinfiy xususiyatlar oz bo`lsa-da, aks etganligini ko`rsatadi. Agar shunday bo`lmaganida edi, ikkala yozuvchining asarlarida tasvirlangan qullar bir xil chiqib qolishi mumkin edi. Ayniy ongli ravishda yuqori sinfni qoralaydi. Qodiriy esa aksincha. CHunki ular ma’lum ma’noda o`Sha tabaqa muhiti bilan aloqadordirlar.
SHo`rolar jamiyatida yozuvchidan faqat proletar (ishchi) sinfi va-killarini ulug`lash talab etildi. Bu qolipga tushmagan yozuvchilar qa-tag`on qilindilar. 20- yillarda A.Qodiriyni yuqori tabaqa vakili bo`lgan yozuvchi sifatida ta’qib etdilar.
San’atkor qaysi tabaqa ichida etishgan bo`lsa, o`Sha tabaqa hayotini yaxshi biladi va shu to`g`rida yozadi. Sotti Husayn «men Qodiriyni proletar yozuvchisi qilaman», - deydi. Darhaqiqat, yozuvchining dunyoqa-rashiga ehtimol ta’cir qilsa bo`lar, unga aql-idrok, ilm-fandan saboq berish ham mumkindir. Lekin uni o`zgartirish mumkin emas. Demak, san’atkor borliqni biror toifa tomonida turib aks ettirishi mumkin. Bu tendentsiozlik yoki tarafkashlik deyiladi.
Adabiyot va san’atda partiyaviylik masalasini dastavval K.Marks va F.Engelps XIX asr o`rtalarida kun tartibiga qo`yganlar. Ular shoirlar partiyaning manfaatlarini ifodalashi kerak deb, partiya yo`lboshchilarini ulug`lashga da’vat etganlar. Lenin 1905 yilda «Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» maqolasida adabiyot partiyaviy bo`lishi kerak, adabiyot ishi partiya ishidan tashqari bo`lmasligi kerak, degan qoidani olg`a suradi. Lenin partiya yo`lboshchisi sifatida shunday deyishga haqli edi. Lekin adabiyot bu vazifani bajarishi Shart emas edi. Chunki adabiyot sinflar manfaati uchun kurashda qurol bo`lib, birgina sinfning cheklangan manfaatlari doirasida o`ralashib qolishi mumkin emas edi. O`z vaqtida Leninning fikriga qarshi anchagina jiddiy gaplar aytilgani ham ma’lum. 20- yillarda «pereval», «futurizm», «serapion muridlari» singari adabiy oqim tarafdorlari adabiyotga partiya rahbarligini tan olmaganlar. 50-yillarning oxir- larida matbuotda Leninning yuqoridagi fikrlariga qarshi jiddiy e’tirozli maqolalar paydo bo`ldi. Biroq ularda aytilgan fikrlar qattiq zarbaga duch keldi. Bu davr adabiyotiga baho bergan ingliz adibi Jorj Oruel o`zining «Adabiyot va totalitarizm» nomli maqolasida, «totalitarizm nafaqat ayrim fikrlarni ifodalashga qarshilik qildi, balki nimalar haqida o`ylash lozimligini uqtirib turdi. Ijod esa bu eng avvalo tuyg`u, tuyg`uni esa mutlaq nazorat qilish mumkin emas. Agar yozuvchiga erkinlik berilmasa, ijodiy instinkt o`z-o`zidan yo`qoladi»,- deb ta’kidlaydi.
Jamiyatda sinflar, partiyalar mavjud ekan, ularning ta’siri badiiy adabiyotga ham o`tishi mumkin. Lekin adabiyot sinfiy bo`lishi Shart emas. Adabiyot sinflarning manfaatlarini aks ettirish bilan cheklanib, chegaralanib qoladigan bo`lsa, olamning manzarasi bir tomonlama bo`lib qolar edi va adabiyot badiiy haqiqat darajasiga ko`- tarila olmasdi. «Sinfiylikni ro`kach qilib olib hamma narsani sin-fiy tuyg`uga olib borib taqash, har qanday xatti-harakatdan sinfiy pozitsiya qidirish, bu erkin fikrlashga monelik qiladigan vulpgar-lashtirishdir. SHu yuksaklikdan turib, ayta olamanki, oq- qora: bunisi sizniki, bunisi bizniki tarzidagi tasvir bilan hozirgi dunyoni anglab bo`lmaydi», - deydi CH.Aytmatov. San’atkor oldiga, hatto u eng taraqqiyparvar sinf vakili bo`lgan taqdirda ham, sinfiy manfaat-larni ifodalash vazifasini qo`yish mumkin emas. Adabiyotning vazifa-si kishilarning kimligini ko`rsatish emas, balki insonni, uning taqdirini, hayotini tasvirlashdir. Shaxsning shoh yoki gado, kim ekan-ligi adabiyot uchun muhim emas. V.Belinskiy ta’biri bilan aytganda, roman uchun hayot odamdadir, inson taqdiri, xalq hayoti hamma munosa-batlari uchun boy materialdir. Haqiqiy san’atkor sinfiy manfaat-lardan ustun turishi, uni yorib chiqib ketishi lozim. SHundagina yozuvchi hayot haqiqatini to`liq bera oladi.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling