O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazi


Download 1.5 Mb.
bet2/4
Sana29.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1733189
1   2   3   4
Bog'liq
Nyutonning klasik fizikasi

Nyutonning ikkinchi qonuni


Jismga kuch ta'sir etmasa yoki ta'sir etuvchi kuchlaring vektor yigʻindisi nolga teng boʻlsa, jism oʻzgarmas tezlikda harakat qilishini bilib oldik. Tezligini oʻzgartirishi, ya'ni tezlanish olishi uchun esa jismga qandaydir kuch ta'sir etishi kerak. Jism tezlanish olishi uchun bu kuch unga qanday ta'sir etadi? Boshlangʻich tezliksiz a tezlanish bilan toʻgʻri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan jismning t vaqtda bosib oʻtgan yoʻli s = a/2 koʻrinishda ifodalanadi. Bu formuladan jismning tezlanishini topish mumkin:
a= (1)
Quyidagi tajribani oʻtkazib koʻraylik.
1-tajriba. Gorizotal stol ustida harakatlanadigan m massali aravachani olaylik. Aravachaga D dinamometrni mahkamlab, dinamometrning ikkinchi uchiga Gʻ gʻaltakdan oʻtkazilgan ip orqali P pallachani osamiz. Dinamometrning koʻrsatishlariga qarab, aravachaga ta'sir etayotgan F kuchni aniqlash mumkin.
1. Pallachaga shunday yuk qo'yaylikki, aravacha ushlab turilganda dinamometrning ko'rsatishi, deylik, = 0,1 N boʻlsin. Aravachani qoʻyib yuborganimizda, u s= 1 m masofani t = 4,5 s da bosib oʻtsin. U holda (1) formuladan aravacha olgan tezlanish =0,1 ekanligini topamiz.(rasm)

2. Pallachadagi yuk massasini oshirib, aravachaga ta'sir etayotgan kuchni = 0,2 N qilib olaylik. U holda aravacha 1 m yoʻlni = 3 s da bosib o'tganligini aniqlash mumkin. Bunda aravachaning olgan tezlanishi =0,2 bo’ladi 3. Kuch F3 = 0,3 N deb olinganda, aravacha 1 m yo'lni = 2,5 s da bosib oʻtadi. Uning olgan tezlanishi esa =0,3 ga teng boʻladi. Tajriba natijalaridan koʻrinadiki, aravachaga ta'sir etayotgan F kuch necha marta ortsa, aravacha olgan a tezlanish ham shuncha marta ortadi, ya’ni:


aF (2)
Berilgan massali jismning tezlanishi unga ta’sir qiluvchi kuchga to’g’ri proporsionaldir

2-tajriba. Bu tajribada aravachaga ta’sir etuvchi kuchni o’zgarmas (=0,1 N) qoldirib, aravachaning massasini o’zgartirib boramiz.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling