Aks ta'sir qonunining namoyon bo'lishini har qadamda uchratishimiz mumkin. Rolik ustida arqon bilan bir-birini tortayotgan ikki boladan biri ikkinchisini qanday kuch bilan tortsa, oʻzi ham ikkinchi bolaga shuncha aks ta'sir kuchi bilan tortiladi. Stol ustida turgan kitob stolga qanday kuch bilan ta'sir etib turgan boʻlsa, stol ham kitobga shunday kuch bilan aks ta'sir etib turadi. Uchlari tayanchga qo'yilgan taxta ustida turgan bola taxtaga oʻz ogʻirlik kuchi bilan ta'sir etib, uni egadi. O'z navbatida taxta bolaga ham xuddi shunday kattalikdagi kuch bilan ta'sir etadi. Bolaning og'irlik kuchi pastga yo'nalgan boʻlsa, taxtaning bolaga aks ta'sir kuchi yuqoriga yoʻnalgandir. Musht bilan stol ustiga qanday kuch bilan ursangiz, stol ham mushtingizga shunday kuch bilan aks ta'sir qiladi. Devorni 300 N kuch bilan itarsangiz, devor ham Sizga 300 N kuch bilan aks ta'sir etadi. E’tibor uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |