O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.49 Mb.
bet7/8
Sana16.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1096505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
abdurahmonova surayyo

Glossariy

  • Fitosenoz (yunoncha – «phyton» – o‘simlik, «koidos» – umumiy) – muayyan hududdagi o‘simliklar jamoasi.

  • Fotoperiod – yil fasllari bilan belgilanadigan kun uzunligi.

  • Fotoperiodizm (yunoncha – «photos» – yorug‘lik va davr) – kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.

  • Fototropizm (yunoncha – «trope» – burilish) – yorug‘lik ta’sirida o‘simliklarning harakatlanishi, bunda harakat yo‘nalishi yorug‘lik yo‘nalishiga bog‘liq.

  • Evribiontlar (yunoncha – «eurys» – uzun, «bios» – hayot) – keng tolerantlik chegaralariga va ekologik sharoitda sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘lgan, katta hududlarni egallay oladigan organizm turlari.

  • Ekologik nisha – turning biotizim sifatida mavjudligi, yashashini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig‘indisi.

  • Gigrofitlar (yunoncha – «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq va yuqori namlikka ega havoda o‘sadigan o‘simliklar.

  • Gidrobiontlar (yunoncha – «hydor» – suv, «bios» – hayot) – suv muhitida yashovchi organizmlar.

  • Gidrosfera – yerning suvli qobig‘i.

  • Gomologik (yunoncha – «gomonos» – o‘xshash) – kelib chiqishi va tuzilishi o‘xshash organlar yoki ularning qismlari.

  • Sun’iy tanlash – bu inson ehtiyoji uchun eng qimmatli organizmlarni tanlab olib, ularni ko‘paytirib, amaliyotda foydalaniladigan jarayon.

  • Katagenez («kata» – tuban tomonga harakat, «genesis» – rivojlanish) – organizm tuzilishining umumiy soddalashuviga – umumiy degeneratsiyaga olib keladigan evolutsion yo‘nalish.

  • Kommensalizm (fransuzcha – «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladigan, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabat turi



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling