O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 126.68 Kb.
|
Yuksak va tuban o’simliklar
Yashil suvo‘tlar— Chlorophyta. Yashil suvo‘tlar tipiga bir hujayrali, ko‘p hujayrali va koloniya organizmlarning 5’700 ga yaqin turi kiradi. Ularning hujayra moddasi tarkibida faqat xlorofill pigmenti mavjud bo‘lganligidan vakillarining barchasi sof yashil rangda bo‘ladi. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari mikroskopik organizmlardir. Koloniya va ko‘p hujayrali vakillari esa ancha yirik bo‘ladi. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari dumaloq, noksimon, cho‘zinchoq, ko‘p hujayralari ipsimon, butasimon shoxlangan, plastinkasimon koloniyali vakillari esa sharsimon, to‘rsimon kabi shakllarga ega. Yashil suvo‘tlarning ba’zi vakillari ham borki, ularning kattaligi 0,5 metrdan ham ortadi, tashqi ko‘rinishi esa yuksak o‘simliklarni eslatadi. Ammo ularning shakli murakkab ko‘rinishda bo‘lsa ham bitta hujayradan tashkil topgan. Shuning uchun ularni shartli ravishda «hujayrasiz» deb ataladi. Yashil suvo‘tlar vakillarining hujayrasi protoplazma, bir yoki bir necha yadro, xromatofor, vakuol kabi qismlardan iborat. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari xivchin deb ataluvchi qilchalarga ega bo‘lib, shular yordamida suvda harakatlanadi. Ba’zi koloniya vakillari ham shu xilda harakat qiladi. Qo‘p hujayrali vakillari esa o‘z yashayotgan joyiga (substratga) yopishib, hayot kechiradi. Yashil suvo‘tlar har xil ko‘payadi. Ko‘pchilik turlari vegetativ va zoosporalar hosil qilish bilan ko‘payadi. Bunda hujayra mahsuloti 2—4—8—16—32—64 ta va undan ham ortiq bo‘lakka bo‘linadi. Har bir bo‘lak bir juft xivchin (qilcha) hosil qiladi va ona hujayrani parchalab tashqariga chiqadi hamda har biri o‘ziga yangi hujayra po‘sti hosil qilib, mustaqil organizm sifatida yashay boshlaydi. Ko‘payishning bu usuliga jinssiz ko‘payish deyiladi. Jinssiz ko‘payish doim sharoit qulay bo‘lgan taqdirda sodir bo‘ladi va yil davomida bir necha marta takrorlanadi. Ammo Yer sharining turli nuqtalarida ham yilning barcha fasllari suvo‘tlar uchun qulay bo‘lavermaydi. Shuning uchun noqulay sharoit (havo haroratining pasayishi, suvda oziq moddalarining kamayib ketishi, suvning qurib qolishi va h. k.) yuzaga kelishi bilanoq ular o‘z hayotini saqlab qolish uchun jinsiy ko‘payishga o‘tadi. Jinsiy ko‘payish asosan hujayra yoki hujayralardagi mahsulotning jinssiz ko‘payish protsessidagidek 2—4—8—16—32—64—128 va h. k. bo‘lakka bo‘linishi bilan boradi. Har bir bo‘lak bir juft xivchinga va teng hujayra mahsulotiga ega bo‘lgan holda ona hujayra po‘stini parchalab tashqariga chiqadi. Ammo shu chiqqan tanachalar mustaqil hayot kechirmasdan, balki 2 tasi o‘zaro juft-juft bo‘lib qo‘shilib oladi. O‘zaro qo‘shiluvchi bunday tanachalarga gametalar deyiladi. Gametalarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot — zigota deb yuritiladi. Ana shu zigotalar qalin po‘st bilan o‘ralib oladi va suv tagiga cho‘kib, qulay sharoit sodir bo‘lganga qadar tinim davrini o‘taydi. Tinim davri tugagach, zigotalar reduktsion bo‘linib, 2 yoki 4 ta yangi tanacha hosil qiladi. Bu tanachalarga zoospora deyiladi. Zoosporalar har biri bir juft xivchin hosil qilib, mustaqil organizm sifatida yashay boshlaydi. Yashil suvo‘tlar tabiatda ko‘k-yashil suvo‘tlardek juda keng tarqalgan. Yashil suvo‘tlarning keng tarqalgan bir hujayrali vakillariga xlorokokk, xlorella, xlamidomonada, zignema, klosterium, desmidium kabilarni; ko‘p hujayralilariga — ulotriks; kladofora, spirogira (baqato‘n), edoganium, ulva yoki dengiz salati, xara, nitella kabilarni; koloniya holida yashovchilariga volvoks, evdorina, pandorina, suv to‘ri kabilarni va, nihoyat, «hujayrasiz» vakillariga — vosheriya, kaulerpa, atsetabulariya kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Yashil suvo‘tlar tipining vakillari ham tabiatda va xo‘jalikda katta ahamiyatga ega. Download 126.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling