O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 126.68 Kb.
bet2/20
Sana13.12.2022
Hajmi126.68 Kb.
#999679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yuksak va tuban o’simliklar

Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi vaqtda o’simliklar quyidagi ikki: tuban va yuksak o’simliklar guruhlariga bo’lib o’rganiladi. Tuban va yuksak o’simliklar biosferada hayotni boshqarishda muhim ro’l o’ynaydi. U yerning gazlar almashinuvi, suv muvozanati iqlimiga ta’sir etadi, tuproqning hosil bo’lishida ishtirok etadi.Tuproqni yemirilishdan saqlaydi.Hayvonot dunyosinig yashashini belgilab beradi.Ushbu kurs ishining dolzarbligi shulardan iborat.
Kurs ishining ahamiyati. Bu kurs ishining ahamiyati shundan iboratki yuksak va tuban o’simliklar o’rtasida farqlarni tahlil qilib o’rganish va ularning biosferadagi o’rni naqadar kattaligini tushunib yetishdan iborat. Yer sharidagi o‘simlik turlari bir-biridan aniq farq qiladi. Bunday farqlar avvalo ularning tashqi qiyofasida ko‘rinadi. Bundan tashqari, ular o‘rtasida qandaydir umumiy o‘xshashlik va farq qiluvchi belgilar bor. Yer yuzidagi barcha o‘simliklarning umumiy o‘xshashlik belgilari avvalo ularning barchasi tirik organizm ekanligida ko‘rinsa, so‘ng ularning tanasi bitta yoki bir necha hujayradan tashkil topganligida ko‘rinadi. Shunday qilib, barcha tirik organizmlar hozirgi vaqtda o‘zining tashqi va ichki tuzilishi, turli sharoitda yashashi, o‘sib ulg‘ayishi, ko‘payishi, tarqalishi va hokazolarga ko‘ra bir-biridan farq qiladi va shunga ko‘ra ular rivojlanishning (evolyutsiya) turli xil pog‘onalaridan joy oladi.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi o’quvchi yoshlarga yuksak va tuban o’simliklar o’rtasidagi farqlarni tushuntirishdan iborat.Qaysi farqlar ularni bir-biridan ajratishini isbotlar yordamida taxlil qilishdan iborat.
Kurs ishining obyekti. Yuksak va tuban o’simliklar kurs ishimizning obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Yuksak va tuban o’simliklarning turlari va ularda bo’ladigan o’zgarishlar kiradi.
I.BOB. Yuksak va tuban o’simliklar
1.1 Yo`sinsimonlar bo`limi — Bryophyta.
Yuksak, barg poyali (Cormophyta) o`simliklar tuban tallomli (Thallomphyta) o`simliklardan qator xarakterli xususiyatlari bilan farq qiladi. Tuban o`simliklar suvda va ayrim hollarda nam muhitda hayot kechiradi. Ma`lumki, ular hujayrasiz, bir hujayrali, koloniya shaklida, ipsimon, ko`p hujayrali va faqat yuksak taraqqiy etgan vakillarining vegetativ tanasi bir qadar differentsiyalashgan. Ya`ni tuban o`simliklarda yuksak o`simliklardagi singari haqiqiy barg, poya va ildiz kabi organlarga ajralgan vegetativ tana yo`q.
Yuksak o`simliklar asta-sekinlik bilan suvdan chiqib, quruqlikni ishg`ol qila boshlagan va suv muhitidan keskin farq qiladigan muhitga duch kelganlar. Bir xil suv muhitdan quruqlikka chiqa boshlagan o`simliklar ikki xil — tuproq va havo muhitiga duch keladilar. Tabiiyki, million yillar davom etgan uzoq tarixiy taraqqiyot davomida tabiiy tanlanish ta`sirida o`simliklar asta-sekin yangi muhit sharoitlariga moslasha borgan va ularning tanasi ildiz, poya, barg singari organlarga differentsiallasha borgan. Bu organlar birdaniga vujudga kelmagan, albatta. Yuksak o`simliklarning bizga qadar yetib kelmagan soda tuzilishli vakillari ham yashagan. Ularning nihoyatda sodda tuzilishli vakillari bizga qadar yetib kelmagan psilofitning yer ustki organi poyaga o`xshash organ — telom (“tallom” bilan aralashtirmaslik lozim) dan iborat bo`lgan. Tuban moxlarning yer ustki organi dixatomik shoxlangan ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Binobarin, yuksak o`simliklarni xarakterlaydigan asosiy xususiyati vegetativ organlari poya, barg va ildizning bo`lishidir.
Yuksak o`simliklar ham tuban o`simliklar singari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin yuksak o`simliklarning hammasi uchun jinsiy naslning jinssiz nasl bilan navbatlashishi — nasl gallanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Odatda, jinssiz ko`payish sporalar yordamida bo`lib, bu sporalarning kata-kichikligi bir xil yoki har xil bo`lishi mumkin. Ulardan o`z jinsiy organlariga ega bo`lgan gametofit deb ataluvchi o`simta vujudga keladi. Gametofit bir jinsli (erkak yoki urg`ochi) yoki qo`sh jinsli bo`lishi mumkin.
Jinsiy ko`payish yuksak o`simliklarda ogam tipida bir-biridan keskin farq qiladigan jinsiy gametalarning qo`shilishi natijasida sodir bo`ladi. Erkaklik jinsiy gametalar — xivchinli harakatchan spermatozoidlar yoki harakatsiz spermatsiylardir. Spermatozoidlar moxsimon va paporotniksimon o`simliklar gametofitida anteridiy deb ataladigan maxsus erkaklik jinsiy organlarida rivojlanadi.
Yuksak o`simliklarning tuxum hujayrasi arxegoniy deb ataladigan ko`p hujayrali urg`ochilik jinsiy organlarda vujudga keladi. Arxegoniy odatda cho`ziq gulcha shaklida bo`lib, u qorin, bo`yin va og`izcha qismlaridan iborat. U ko`pchilik arxegoniyli (moxsimon va paporotniksimon) o`simliklarda mustaqil hayot kechiradigan o`simta – gametofitda va urug`li (ochiq va yopiq urug`li) o`simliklarda urug`murtak ichida taraqqiy etadi.
Urug`lanish arxegoniat o`simliklar ichida arxegoniy ichida sodir bo`lib, spermatozoid uning ichiga faqat suvli yoki nam muhit bo`lganda, urug`li o`simliklarda esa spermiy chang yo`li orqali o`tib, otalanish urug`murtak ichida sodir bo`ladi.
Urug`lanishdan so`ng, arxegoniyli o`simliklarda zigotadan to`g`ridan-to`g`ri sporofit hosil bo`ladi. Urug`li o`simliklarda esa urug` murtak va, umuman, urug` taraqqiy etadi. Undan o`z navbatida urug` o`sib chiqadi.
Yo`sinsimonlardan boshlab, gulli o`simliklargacha yuksak o`simliklarning barchasining individual taraqqiyot davri bir xilda: jinsiy jarayon natijasida xromosomalarning soni ikki barobar ortishi, spora hosil bo`lishida esa xromosomalarning soni ikki barobar kamayishi kuzatiladi. Shuning uchun ham yuksak o`simliklarning individual taraqqiyot davrida jinsiy gametofit nasl jinssiz sporofit nasldan farq qilishi muqarrar. Har qanday holda ham yuksak o`simliklarda gametofit-jinsiy nasl n xromosom soniga, jinssiz sporofit nasl esa 2n xromosom soniga ega bo`ladi.
Yuksak o`simliklar orasida faqat yo`sinsimonlarda gametofit nasl ustun, qolgan barcha yuksak o`simliklarda paporotniksimonlardan boshlab gulli o`simliklarga qadar sporofit nasl ustundir.
Yuksak o`simliklarning ichki tuzilishi ham murakkabligi bilan xarakterlanadi. Moxsimonlardan boshlab yuksak o`simliklarning vegetativ va generativ organlari murakkablashadi va differentsiallasha boradi. Vegetativ organlarning bu qadar murakkablashib borishi ularning quruq muhitga moslasha borishi bilan bog`liq. Birinchidan uning himoya organlari – qoplovchi to`qimalari, ikkinchidan ularning suv va suvda erigan moddalarni shimib olishi va butun tanaga tarqatish vazifasini bajaradigan ksilema (yog`ochlik) o`tkazuvchi naylar va o`simlikning yashil qismida hosil bo`lgan murakkab organik moddalarni butun tanasi bo`ylab tarqatish vazifasini bajaradigan floema (lub) o`tkazuvchi to`qimalar taraqqiy etgan. Nihoyat, yuksak o`simliklarda fotosintez tufayli assimilyatsion to`qimalar o`z rivojlanishining yuksak pog`onasiga ko`tarilgan. Yuksak o`simliklardan faqat gulli o`simliklarda assimilyatsiya to`qimalari – xlorenxima fotosintez jarayonida quyosh nuridan ratsional foydalanish imkoniga ega bo`lgan ustunsimon va labsimon parenxima hujayralarga differentsiallashgan. Yuksak o`simliklarning 300 000 dan ortiq turi mavjud bo`lib, ular yer yuzida hukmronlik rolini o`ynaydi va Arktik viloyatlardan Ekvatorga qadar, seryomg`ir tropik o`rmonlardan suvsiz quruq cho`l va sahrolargacha keng tarqalgan. Ular orasida kattaligi bir necha mm keladigan turlardan tortib 100-150 m gacha balandlikka yetadigan turlarni ham uchratish mumkin. Yuksak o`simliklar tabiatda va insonning xhjalik faoliyatida nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yer yuzida mavjud barcha tirik mavjudotlarning, shu jumladan, insoniyatning hayoti yashil o`simliklar va, xususan, yuksak o`simliklar bilan chambarchas bog`liq.

Download 126.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling