O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Psilotsimonlar bo`limi — Psilophyta


Download 126.68 Kb.
bet5/20
Sana13.12.2022
Hajmi126.68 Kb.
#999679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yuksak va tuban o’simliklar

Psilotsimonlar bo`limi — Psilophyta
Bu bo`limga monotip psilotsimonlar (Psilotopsida) ajdodi bilan monotip psilotlar (Psilotalesa) qabilasi mansub. Shu qabilaga mansub psilotdoshlar (Psilotaceae) oilasiga hozirgi paytda tarqalgan psilot (Psilotum) va tmezipteris (Tmesipteris) turkum vakillari taalluqli. Bular quruqlikda tarqalgan o`simliklar, ildizi yo`q, uning o`rniga uzunligi 1 m keladigan rizomoidlari mavjud. Poyasi tik o`sadi, balandligi 1 m ga yaqin, uchidan uch tomonlama bo`linuvchi initsial hujayra o`sadi.
Har ikkala turkumga mansub o`simliklarning ham ichki tuzilishi bir xil emas. Psilotning ust tomonida og`izcha va kutikulali epidermis, uning ostida uch qavat po`st, uning ichki qismida endoderma va markazida shotisimon traxeidlardan iborat o`tkazuvchi bog`lamlar joylashgan. Tmezipteris yer ustki poyasining markazida sifonostel deb ataladigan o`zakning bo`lishi va lub qatlamining ancha taraqqiy etganligi bilan farq qiladi.
Psilotning bargi rangsiz qipiqsimon, fotosintezi asosan poyada sodir bo`ladi. Tmezipteris barglari esa lantsetsimon, ancha keng, to`qimalari yaxshi taraqqiy etgan.
Spora barglari psilotsimonlarda shoxcha shaklida, psilotda uch uyali, tmezipterisda esa ikki uyali. Sporalari bir xil kattalikda, qulay muhitga tushishi bilan ulardan nursimon simmetriyaga ega psilot gametofiti unib chiqadi. Uning kattaligi 2 sm gacha bo`lib, yer ostida hayot kechiradi, xlorofili yo`q, bir hujayrali rizoidlari bo`lishiga qaramasdan, ichida joylashgan zamburug`lari yordamida saprofit holda oziqlanadi. Anteridiy va arxegoniy gametofitning butun yuzasi bo`ylab joylashgan. Spermatozoidlari ko`p hujayrali.
Psilotsimonlar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi epifit o`simliklar hisoblanadi, lekin ayrim hollarda chirindiga boy nam tuproqlarda ham uchraydi. Psilotsimonlar xo`jalik ahamiyatiga ega emas, faqat bir turi, ya`ni P. glabrum Yaponiyada manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi.
Barg poyali arxegonial o`simliklar — Cormobionta archigoniata
Bu pog`onaga plaunsimonlar, qirqbo`g`imlar, paporotniksimon va ochiq urug`li o`simliklar taaluqli. Dastlabki uch bo`lim tashqi ko`rinishi jihatidan bir-biridan keskin farq qilsa-da, hammasi sporali bo`lganligi bilan ochiq urug`li o`simliklardan ajralib turadi. Lekin ochiq urug`li o`simliklar yopiq urug`lilarga nisbatan sporalilarga yaqin ekanligini dastlab V. Gofmeyster (1851) aniqlab, keyinchalik V. Belyaev rivojlanish tsiklini tahlil qilish, gametofora va sporofazaning o`zaro munosabatini aniqlash natijasida isbotlagan. Haqiqatdan ham, barcha arxegoniyli o`simliklarda, shu jumladan, ochiq urug`li o`simliklarda ham jinsiy jarayon arxegoniyda sodir bo`ladi, ya`ni arxegoniyda dastlab gametofit hisobida urug` murtak rivojlanadi. Shunday ekan, barcha arxegoniyli o`simliklarda sporofitning hayoti ma`lum vaqt ichida to`lig`icha gametofitga bog`liq bo`ladi.
Argxegoniyli o`simliklar o`tsimon, buta, daraxt singari hayot shakllariga ega. Ayrim qazilma holda uchraydigan plaunsimonlarning balandligi 30 metrga qadar bo`lgan, ochiq urug`lilar poyasining balandligi bundan ham ortiq, ayrim hollarda 100-120 metrgacha bo`ladi. Ular turli-tuman iqlim zonalarida keng tarqalgan. Urug` murtak rivojlanishining boshlang`ich stadiyasi arxegoniyda yoki urg`ochi gametofit ichida o`tadi. Faqat yopiq urug`li o`simliklarning urug` murtagi yaxshi differentsiallashgan. U zapas oziq modda — birlamchi endosperm bilan ta`minlangan. Shuning uchun ham qulay muhit sharoitida uzoq muddat tinim holatida bo`lishi mumkin. Birlamchi endosperm ochiq urug`li o`simliklarda jinsiy jarayon sodir bo`lgunga qadar hosil bo`ladi.

Download 126.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling