Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi
Download 232.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu1 mikologiya maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy savollar
- Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni
Mavzu: Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi. Dars o’quv maqsadi:Sistematika fanining mazmuni, uning taraqiyoti, sun’iy-tabiiy va evolyusion sistema to’g’risida ma’lumot berish. Tuban o’simliklarning xarakterli xususiyatlari va ahamiyati to’g’risida tushuncha berish. Asosiy savollar 1. Fanning o’rganish, predmeti, vazifalari, o’rganish usullari. 2. Eramizdan oldingi erada botanikaga hissa qo’shgan olimlar. 3. Binar nomenklaturasi. 4. Xujayra nazariyasi. 5. Suvo’tlarini o’rganilish tarixi. 6. Evolyusiya. Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni: Inson hayotida o’simliklar juda katta ahamiyatga ega ekanligi hammaga ma’lum. O’simliklar sistematikasi boshqa fanlar qatori kishilarning hayotiy talablarini qondirish yo’lida qilinayotgan mehnati natijasida vujudga keldi. O’simliklarni klassifikasiya qilish sohasidagi o’rinishlar kishilik jamiyatining ilk davridan boshlanadi. Dastlab, kishilar o’simlik turlarini foydali belgilariga qarab har – xil guruhlarga, chunonchi oziq-ovqat bo’ladigan dorivor va buyoq uchun ishlatiladigan hamda zaharlilariga bo’ladilar. O’simliklar sistematikasiga doir yozma holdagi ma’lumotlar qadimgi Gresiyada, Rimda yashagan tabiatshunos olimlarning asarlarida uchraydi. Filogenetik sistemaning asosiy vazifasi o’simliklarning rivojlanish, taraqqiyotini, kelib chiqishini, ko’p sonli o’simlik vakillarining o’zaro o’xshashlik, qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan evolyusion "shajara"si sistemasini yaratishdir. Bu vazifani bajarishda poleontologiya, morfologiya, embrologiya, genetika va geografiya, anatomiya, fiziologiya, bioximiya, ekologiya, sitologiya fanlari to’plagan ma’lumotlarga suyandilar. Vegetativ tuzilishiga, ko’payish xillariga, oziqlanish usullariga ko’ra o’simliklar dunyosini ikkiga bo’lib o’rganiladi. Tuban o’simliklar (150 ming tur) va yuksak o’simliklar (300-350 ming tur). Tuban o’simliklar vegetativ organlarga bo’linmagan, tana yoki "tallomga" ega bo’lgan o’simliklardir, o’tkazuvchi naylar bo’lmaydi, jinsiy organlari deyarli hammasida bir hujayrali. Tuban o’simliklar Tallobionta deb atalib kelib chiqish jihatdan primitiv hisoblanadi va bir nechta organizmlarni o’z ichiga oladi. Uvoqlilar, suvo’tlari, zamburug’lar, lishayniklar va viruslar. Odatda bu guruh o’simliklarning vakillari bir hujayrali, ko’p hujayrali va kolonial holda tuzilishga ega, ko’pchiligi suvda hayot kechiradi. Download 232.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling