Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi


Stigonemanomalar qabilasi – Stigonematales


Download 232.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.02.2023
Hajmi232.09 Kb.
#1208474
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu1 mikologiya maruza

Stigonemanomalar qabilasi – Stigonematales 
Bu qabila vakillari: stigonema (Stigonema) va mastigokladus (Mastigocladus) turlarida h 
aqiqiy shoh langan geterosist iplar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Stigonema iplari ichki 
qismidan bo’linib o’sadi va ip ko’p qatorli ko’rinishda bo’ladi. Issiq, sovuq suvlarda o’sishga 
moslashgan, M.Laminosus shoxlangan tallomga ega. 
Gormogonli suvo’tlarning individual taraqqiyotida morfologik jih atdan farq qiladigan 
stadiyalari bo’ladi. Hamma gormogonli suvo’tlar, gormogon holatida ossilatoriyaning 
(simmetrik gomosit) belgilarga ega. Taraqqiyot davrini keyingi bosqichlarida esa har qaysi 
turkum turlari o’ziga xos o’zgarishga uchraydi. Tallom qancha murakkab tuzilishga ega bo’lsa,
shuncha ko’p morfologik belgilar uchraydi; masalan, Lingbiya ossillatoriyasimon xususiyatidan 
tashqari, qalin g’ilof bilan o’ralgan gomosit ip hosil qiladi. Kolotriks turkumining vakillari esa,
ossillatoriyasimon (gormogoniy) ni hosil qilish belgilaridan tashqari, kolotrikslarga xos bo’lgan 
assimmetrik getrosit iplarga ega. Rivulyariya turkum vakillari h ayotining taraqqiyot siklida uch 
xil: ossillatoriyasimon, kolotriksimon va rivulyariyasimon belgilarga ega bo’ladi. Mastikakladus 
turkumining vegetativ hujayralari, differensiyalashgan geterosist, haqiqiy, soxta shoxlanish 
hosil qiladi. Gormogonli suvo’tlar taraqqiyot sikli (davri) davomida har xil morfologik 
stadiyalarni uzoq vaqt saqlab qolishi mumkin, hamda gormogonlar hosil qilib ko’payish 
qobiliyatini saqlaydi. 
Ko’k-yashil suvo’ttoifalarning evolyusiyasi 


 Ko’k-yashil suvo’ttoifalari ba’zi belgilari bilan boshqa suvo’tlari bo’limlari bilan aloqador. 
Ammo, hujayrasining kimyoviy tuzilishi jihatdan uvoqli (bakteriya)larga yaqin to’radi. Hujayra 
tarkibida xlorofill "a" bo’lishi bilan eukariotlarga, ayniqsa qo’shimcha fikobilisom pigmenti 
borligi va tilakoidlarning aloh ida joylashganligi bilan qizil suvo’ttoifalarga yaqin turadi. Ko’k-
yashil hamda qizil suvo’ttoifalarda xivchinli stadiyalar uchramaydi. Shunga qaramasdan 
o’tmishda bu ikki bo’lim suvo’tlari o’rtasida umumiy o’xshashlik bo’lgan, lekin hozir ular 
shunchalik o’zoqlashganki, bu to’g’rida biron aniq fikr yuritish qiyin. Ko’k-yashil 
suvo’ttoifalari, qizil suvo’ttoifalarga nisbatan juda ham qadimgi bo’lib, qoldiqlari Kembrii 
davridan oldin topilgan. Hozirgi vaqtda uchraydigan ko’k-yashil suvo’ttoifalarning ba’zi bir 
vakillari Paleogendan boshlab chuchuk suv h avzalarida o’sadi. Shunday qilib ko’k-yashil 
suvo’ttoifalari uzoq geologik davrlarda differensiyalashib borgan va keyinchalik sezilarli 
darajada morfologik o’zgarishlarga uchramagan. 

Download 232.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling