Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi


Download 232.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.02.2023
Hajmi232.09 Kb.
#1208474
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu1 mikologiya maruza

Ko’k yashil suvo’tlar bo’limga bir h ujayrali, koloniyali, shakli ipsimon, tuzilishga ega 
suvo’ttoifalari kiradi. Ularning hujayrasi tarkibida xlorofill "a", karotinoidlar va ko’k rang 
beruvchi pigmentlar - fikosian, allofikosian hamda qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmentlari 
bo’ladi. Bu pigmentlarning o’zaro qo’shilishi nisbatiga qarab ko’k-yashil rangda bo’lish 
mumkin. 
Pigmentlarning xili, xivchinli stadiyalarning yo’qligi bilan ko’k-yashil suvo’ttoifalar qizil 
suvo’ttoifalar bo’limiga yaqindir, lekin tipik yadro, metoxondriy h amda xromotoforalarning 
yo’qligi bilan uvoqlilar (Schizophyta) bo’limiga o’xshash, shuning uchun Procaryota gruppasiga 
qo’shib o’rganiladi. 
Ko’k-yashil suvo’ttoifalar hujayrasi yorug’lik mikroskopi ostida tekshirilganda sitoplazma 
po’sti ko’rinmaydi, faqatgina hujayra po’stiga yaqin rangli qismi (xromotoplazma) va markaziy 
rangsiz (sentroplazma) qismlarga ajralish bilan xarakterlanadi. Xromotoplazma bilan 
sentroplazma o’rtasida qat’iy chegara yo’q. Sentroplazmada yadro po’sti, yadro va yadrochalar 
bo’lmaydi. Ammo, sitoplazmada DNK to’planadi. Shu sababli uni primitiv (boshlang’ich 
arsyota guruh iga qo’shib o’rganamiz sitoplazmada zapas ozuqa moddalar ham joylashadi
(glikogen, volyutin, sianofisin donalari) va gaz bilan to’lib turadigan bo’shliq bo’lib, gaz 
vakuolalari yoki psevdovakuolalar deyiladi. Bu psevdovakuolalarning ba’zi turlari butun 
vegetasiya davomida saqlanadi, ba’zilarida esa faqat ma’lum taraqqiyot stadiyalardagina 
bo’ladi. Elektron mikroskop yordamida kuzatilgan ko’k-yashil suvo’ttoifalari hujayrasi 
qo’yidagi tuzilishga ega.
Hujayra po’sti muriyen qatlam L2 hujayra po’stining mustahkamligini belgilaydi va
hujayraning shaklini saqlaydi. Murein qatlam tashqarisida elektron-yaltiroq qatlam L3 va
membranaga o’xshash L4 qatlam joylashgan bo’ladi. Bu qatlamlar uglevodlardan tashkil 
topgan bo’lib, L2 qatlamdan silliq va plastikligi bilan farq qiladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan to’rt 
qatlam ko’k-yashil suvo’ttoifalari hujayra po’stining uzunasiga kesimidan ko’riladi. Ipsimon 
ko’k-yashil suvo’ttoifalarning hujayra po’stining ko’ndalang kesmasi tekshirilganda faqat L1 va 
L2 qatlamlaridan tashkil topganligini ko’ramiz. 
Sitoplazmaning periferik- (tashqi) qavati xromotoplazmada tilakoid joylashadi (tilakoidlar 
membranasi - xlorofill va karatinoidlar molekulasidan tuzilgan) va hujayraning hamma 
qismlariga tarqaladi. 


Ko’k-yashil suvo’ttoifalarida tilakoidlar to’p-to’p bo’lib joylashmasdan, aloh ida ya’ni,
bitta-bitta joy oladi. Bu suvo’ttoifalarning hujayrasida yana qo’shimcha pigmentlardan (fikasian,
allofikasianin va fikoeritrin), granula shaklida fikobilisom bo’lib, tilakoidlarni tashqarisida 
joylashadi. 
Hujayra markazida sitoplazmadan alohida qobiq bilan ajralmagan nukleoplazma bo’lib,
unda DNK fibrillari joylashadi va yadro vazifasini bajaradi. 
Sitoplazmada tilakoidlar va nukleoplazmadan tashqari ribosoma hamda zapas oziq 
moddalar: glikogen, valyutin (metaxromatin), sianofisen granullari uchraydi. 
Ko’k-yashil suvo’ttoifalar hujayrasining bo’linishi, yon devorlarida halqasimon 
qatlamlarning hosil bo’lishidan boshlanadi. Bu qatlam sitoplazma membranasi va po’stining 
ichki (L1, L2) qavatlaridan yuzaga keladi. Hujayra bo’linishidan oldin DNK miqdori ikki 
marotaba oshadi, hujayra bo’linganda bu DNK h am ikkiga bo’linadi. 
Ko’pgina ko’k-yashil suvo’ttoifalarining hujayra po’sti tashqi tomonidan shilimshiq qatlam 
bilan (g’ilof singari) o’rab olingan bo’ladi. Bu qatlam ancha qalin va mustah kam bo’lib, bir 
nechta hujayralarni birgalikda o’rab turadi. Mana shu shilimshiq qatlam hujayralarni qurib qo-
lishidan saqlaydi va (egri-bugri) harakat qilishga yordam beradi. Shilimshiq qavatlar tarkibini 
fibrin ipchalar tashkil etadi. 
Ba’zi bir ipsimon ko’k-yashil suvo’ttoifalarda hamma hujayralari bir xil bo’lib, gamosit 
tallom deyiladi. 
Boshqa turlarida ipsimon tallomlari turli vegetativ hujayralardan tashkil topgan bo’lib,
geterosit tallom deyiladi. Ba’zi vegetativ hujayralarda sporalar (akinet)lar hosil bo’ladi, bularga 
akinet xujayralar hisoblanadi. Bunday xujayralar tallomdagi vegetativ hujayralarning differen-
siyasi natijasida hosil bo’ladigan maxsus hujayralardir. Geterosist hujayrasining asosiy 
hususiyatlaridan biri hujayra po’stining qalinlashganligi va o’lik ya’ni hayotchanligni yuqotgan 
xujayra ichi yoki bo’shlig’i havo bilan to’lgan bo’ladi. 
Geterosistlar hujayraning vegetativ ko’payishida ishtirok etadi, ya’ni tallomlar, geterosist 
bor joydan o’ziladi va yangi tallomlarni hosil qiladi ba’zan ipsimon tallomning bir bo’lakchasi 
ajralib, gormogonlarga aylanadi. 
Ayrim vaqtlarda geterosistlarning ichki qismlari bo’linib, yangi yosh hujayra vujudga 
keladi. Geterosist kislorodli sharoitda atmosfera azotini fiksasiya qilish qobiliyatiga ega. 
Vegetativ hujayralarning differensialanishidan mutaxasislashgan ikkinchi xil hujayra – 
spora hosil qiluvchi bo’ladi, bunga akinet spora deyiladi. Akinet spora odatda vegetativ
hujayraga nisbatan ancha katta, qalin devorli bo’lib, geterosistlardan farq qiladi. Vegetativ 
hujayralarning differensialashganidan hosil bo’lgan sporaning rivojlanishida muriyen qavat 
qalinlashadi, bundan tashqari hujayra po’stining tashqarisida yo’g’on enli o’ram hosil bo’ladi. 
Akinet spora geterosistdan farq qiladi, uning zapas granulasi tarkibida sianofisin ko’p bo’ladi. 
Spora ichida tilakoidlarning joylanishi vegetativ hujayranikiga o’xshaydi. Sporada DNK miqdori 
vegetativ hujayranikidan 20 - 30 marta ko’p bo’ladi. 
Sporalar quruqlikka anchagina chidamli bo’lib, tinchlik davrini o’tgandan keyin uning 
hujayra po’sti yorilib har qaysidan yangi individ o’sib chiqadi. 
Ko’k-yashil suvo’ttoifalarda jinsiy prosess kuzatilmaydi. 
Bir h ujayrali kolonial formalarda ko’payishi h ujayralarning teng bo’laklarga bo’linishi 
bilan sodir bo’ladi, ba’zan bir turlarning hujayrasi endospora yoki ekzospora hosil qilish yo’li 
bilan ko’payadi. Ko’pchilik ipsimon formalar gormogonlar hosil qilish, ya’ni iplarning aloh ida 
bo’laklarga bo’linishi bilan ko’payadi. Bu gormogonlar bir muncha vaqt harakatlanadi, keyin 
o’sib yangi individga aylanadi. Ipsimon (geterosist) ko’k-yashil suvo’ttoifalari akinet spora hosil 
qiladi. Ko’k - yashil suvo’ttoifalari uchta ajdodga: xrokokksimonlar (Chroococcophyceae), 
xamesifonsimonlar (Chamaesiphonophyceae) va gormogonsimonlar (Hormogoniophyceae)
bo’linadi. 

Download 232.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling