Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi
Xrokokksimonlar ajdodi – Chroococcophyceae
Download 232.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu1 mikologiya maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xamesifonsimonlar ajdodi - Chamaesiphonophyceae
Xrokokksimonlar ajdodi – Chroococcophyceae
Bu ajdod asosan kolonial, ba’zan bir hujayrali suvo’t formalarni o’z ichiga oladi. Hujayralari bazal va apekal qismlariga differensiallashgandir. Ko’payishi hujayralarning teng bo’linishi natijasida sodir bo’ladi. Bo’lingan hujayra ajralib ketmasa shilimshiq parda bilan o’ralib, koloniya hosil qiladi. Koloniyaning shakli dumaloq, sharsimon yoki yassi – plastinkasimon bo’lishi mumkin. Bu ajdod vakillari bir necha qabila va turkumlarga bo’linadi. Biz eng muh im turkumlari bilan tanishamiz. Mikrosistlar Microcystis – chuchuk suvularda plankton holatda keng tarqalgan bo’lib, rivojlanish paytida suvning "gullashi" ni hosil qiladi. Hujayra shakli sharsimon bo’lib bunday hujayra har tomonlama bo’linib aniq shaklga ega bo’lmagan shilimshiqli koloniya hosil qiladi. Mikrosistis turlari ko’l suvlarini organik moddalardan tozalashda muh im rol o’ynaydi va suvdagi mikroorganizmlarga oziq hisoblanadi. Ba’zi turlari, masalan, Janubiy Amerikada uchraydigan M.toxica hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. Gleokapsa turkumi (Gloecapsa). Bu turkumga bir hujayrali va koloniya shaklidagi vakillari kiradi. Ular suvda erkin yoki substratga yopishib o’sadi. Hujayra shakli sharsimon, bir yoki ko’p qavatli shilimshiq parda bilan o’ralgan. Merismopediya turkumi (Merismopedia)ning turlari to’xtab qolgan chuchuk suvlarda plankton holda boshqa suvo’tlari bilan birgalikda o’sadi. Sharsimon h ujayra ikkita kichkina ko’lchacha shaklida bo’lib, bir necha marta bo’linib, yassi koloniya h osil qiladi. Xamesifonsimonlar ajdodi - Chamaesiphonophyceae Bu ajdodga bazal va apikal qismlarga ajralgan va substratga birikib o’sadigan bir ajdodcha hujayrali epifit suvo’tlari va shuningdek aloh ida qalin po’stli hujayralar to’plamida hosil bo’lgan ipsimon shaklli suvo’tlari kiradi. Ko’payishi endospora va ekzospora hosil qilish yo’li bilan sodir bo’ladi. Endospora hosil qilib ko’payadigan vakillariga misol qilib, dermokarpa (Dermocarpa) bilan tanishamiz, uning shakli sharsimon, tuxumsimon ko’rinishda bo’lib, hujayralari to’p–to’pbo’lib joylashgan. Asosan to’xtab qolgan suv xavzalarida va dengiz suvlarida o’sadi. Ona hujayra protoplazmasining uch yo’nalishda bo’lishi natijasida to’rtta yoki juda ko’p sonli endosporalar hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan bu endosporalar hujayra po’stining ustki (apekal) qismini yorilishi natijasida sporalar tashqariga sochiladi. Ipsimon shaklidagi vakillarida ham endospora rivojlanadi. Masalan, pasherinema turkumi vakillarida (Pascherinema-Endonema). Xamesifon (Chamaesiphon) turkumiga mansub turlari chuchuk suvlarda o’sib, ekzosporalar hosil qiladi. Ularni hujayralari elipssimon, noksimon yoki barmoqsimon shaklga ega, bo’ladi va bazal qismi substratga birikib o’sadi. Apekal qismidan ekzosporalar yetiladi. Download 232.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling