Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi


Gormogonsimonlar ajdodi – Hormogoniophyceae


Download 232.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.02.2023
Hajmi232.09 Kb.
#1208474
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu1 mikologiya maruza

Gormogonsimonlar ajdodi – Hormogoniophyceae 
Bu ajdodga kiradigan suvo’tlar, ko’p hujayrali ipsimon shaklda bo’lib, har bir hujayra 
qo’shni xujayra protoplazmasi bilan plazmodesma ipchalar vositasida birikadi. Ko’payish 
gormogoniyalar va sporalar vositasida bo’ladi va bu ajdod bir nechta qabilalarga bo’linadi. 
Shulardan 
ossillatoriyanomalar 
(Oscillatoriales), 
nostoknomalar 
(Nostocales) 
va 
stigonemanomalar (Stigonematales) qabila vakillari bilan tanishamiz. 
Ossillatoriyanomalar qabilasi - Oscillatoriales
Bu qabilagakiruvchi ko’k-yashil suvo’ttoifalarining tallomi ipsimon gomosit shaklidadir.
Bu qabilaning eng muhim turkumi ossillatoriya bilan tanishamiz. Bu turkum vakillari nam
tuproq, suv ostidagi substratlar yuzasida qalin pustli to’plamlar hosil qiladi. Ossillatoriyaning 
tanasi oddiy ipsimon shilimshiq pardasi bo’lmagan hujayraning eni bo’yidan bir necha marta 
katta. Ossillatoriya ipi tanasi bo’ylab bir xil tuzilgan hujayralardan iborat. Hujayralar ko’nda-
langiga bo’linishi natijasida o’sadi. Ipsimon tallomi o’z o’qi atrofida to’lqinsimon h arakatlanadi. 
Harakatchan gormogonlar vositasida ko’payadi va har bir gormogondan yangi ip o’sib yetishadi.
Tropik dengizlarda plankton holda tarqalgan trixodesmium (Trichodesmium) turkumi 
vakillarini uchratish mumkin. Bular ossillatoriyadan parallel joylashgan bog’lamlari bilan farq 
qiladi. Bo’ndan tashqari ossillatoriyaga yaqin turkumlardan spirulina (Spirulina) dir. U tuzilishi 
jih atdan ossillatoriyaga o’xshash bo’lib, undan tanasini spiral buralganligi bilan farq qiladi.
Spirulaning ba’zi turlari masalan: S.maxima h ujayrasida juda ko’p miqdorda (60-68% quruq 
massa) protein to’playdi va shu sababli qadimdan Afrikaning bir qancha hayvonlari uchun oziq-
ovqat sifatida ishlatiladi. Oxirgi yillarda qator mamlakatlarda jumladan, MDX da spirulina 


turlarini madaniylashtirish ishlari olib borilmoqda. Chuchuk suv havzalarida Lingbiya (Lyngbya) 
lar orasida ko’p o’zakli hujayra tuzilishiga ega bo’lgan vakillari h am uchraydi. Bularga 
misol qilib hamma dengiz suvlarida ayniqsa tropik dengizlarda ko’p, o’sadigan korallina (Co-
rallina) bilan tanishamiz. Uni tallomi tikka o’sadi, shoxchalar bo’lib, har bir hujayra qo’shni 
xujayra protoplazmasidan, ipli gormogon shakldagi suvo’tlarni birlashtiradi. Bu turkum bir 
qancha turlardan iborat. 
Anabena (Anabaena) turkumi. Bu turkum vakillarining vegetativ hujayralari odatda aloh 
ida yoki to’da bo’lib to’plangan ipchalardan iboratdir. Ipi ko’rinishida simmetirik, orasida 
geterosistlari joylashgan, bochkasimon yoki dumaloq va deyarli bir xil enilikka ega.
Nostok (Nostoc) bu turkumning vakillari xilma – xil shaklda va kattalikda bo’lib,
shilimshiqli koloniya hosil qilish bilan harakterlanadi. Koloniya shilimshiq po’st bilan 
qoplangan, shaklli ellipssimon va ipsimon ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Shilimshiq ichida 
nostok iplari turlicha joylashadi, ya’ni, tartibsiz chalkashgan, markazdan radikal holatda yoki 
uzoqlashgan h olatda bo’ladi. Nostokni ipida anabena ipiga o’xshash vegetativ hujayralar bilan 
bir qatorda, interkolyar geterosistlar h am joylashadi. Geterosistlar bor joydan uzilib,
gormogonlar hosil qilish yuli bilan kupayadi. Gormogonlarning h osil bo’lish davrida hujayra 
shakli o’zgaradi. Bentos xolda usadigan formalardagi vegetativ hujayralarda gaz vakuolalari 
bulmaydi, bu vakuola faqatgina gormogoniy hujayralarida yuzaga keladi. Gormogoniy h arakat 
qilish hususiyatiga ega bo’lib, qalqib turgan ona koloniyadan chiqadi. 
Nostoknomalarning ba’zi turlarida vegetativ ip asimmetrik tuzilgan. Masalan, kolotriks 
(Calothrix) turkumi vakillarining ipi qamchisimon, ancha kengaygan bazal qismida geterosist 
differensiyallashadi, qarama-qarshi tomonida ipi ingichkalashadi va o’lkan hujayralardan hosil 
bo’lgan hujayrali tukchalar bilan qoplanadi. Ip g’ilof ichida bo’lib shoxlanishi mo’mkin. 
Rivulyariya (Rivularia) va gleotrixiya (Gloeotrichia) turkumiga mansub suvo’tlarning
tallomi xuddi nostoklarnikiga o’xshash dildiroq modda ko’rinishida bo’lib, ipi asimmetrik,
markazida radius bo’ylab tarqaladigan shilimshiq bilan qoplangan. Koloniya markazga 
kengaygan geterosistidli bazal qismi bilan joylashib, tashqi tomonidan tukchalar joylashadi. 
Kalotriks, rivulyariya va gleotrixiyalar gormogonlar vositasida ko’payadi. Gormogonlar 
hosil bo’lish vaqtida tukchalar to’kiladi, hujayrasining shakli, katta-kichikligi o’zgaradi va gaz 
vakuolalari h osil bo’ladi. Gormogonlar to’g’ri va simmetrik bo’lib, asosiy ipdan ba’zi 
hujayralarning o’lishi natijasida uziladi hamda bir qancha vaqt suzib yuradi, shundan keyin 
harakatdan to’xtaydi va o’sib asimmetrik ipga aylanadi. 

Download 232.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling