Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi
Download 232.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu1 mikologiya maruza
SUVO’TTOIFALAR
Bu tuban tuzilishga ega bo’lgan fotoavtotrof o’simliklar bo’lib faqat suvda hayot kechiradi. Bunday suvo’ttoifalar hujayrasidagi pigmentlar, xromotoforlar fotossentez natijasida hosil bo’ladigan organik modda xivchinlarining tuzilishlariga ko’ra bir necha bo’limlarga ajra- tiladi. 1. Bo’lim Cyanophyta – Ko’k – yashil suvo’ttoifalar. 2. Rhodophyta – Qizil suvo’ttoifalar. 3. Chlorophyta – Yashil suvo’ttoifalar. 4. Heterocontae yoki Xanthophyta – Har – xil xivchinli yoki sariq yashil suvo’ttoifalar. 5. Chysophyta – Oltin tusli suvo’ttoifalar. 6. Diatomeae – Diatom toifalar. 7. Phoeophyta – Qung’ir suvo’ttoifalar. 8. Pyrrophyta – Pirofit suvo’ttoifalar. 9. Euglenophyta – Evglena suvo’ttoifalar. Qizil suvo’ttoifalaridan tashqari hamma bo’limga kiradigan o’simliklarni bir-biriga o’xshashligi va kelib chiqish tarixini ko’rsatib beradigan xususiyati bu aktiv harakat qiladigan xivchinli bir hujayrali ko’rinishlaridir. Bundan tashqari tuzilishi va kimyoviy tarkibi hisoblanadi. Ba’zi suvo’ttoifalarda xivchinlari bo’lmasligi mumkin, lekin ularning zoosporalaridagi xivchinli ya’ni harakatchan davri borligi ularning kelib chiqishi bir ekanligini isbotlaydi. Keyingi taraqqiyotida ularning bir muncha parallel holda taraqqiy etishi kuzatiladi. Bunda tallomning shakllanishi ko’zda tutiladi. 1. Monad – bunda asosan ko’pgina bo’lim suvo’ttoifalarining bir hujayrali xivchini bilan harakat qiladigan organizmlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi. 2.Rizopodial (amyoboid) – bunda ba’zi qattiq po’sti yo’qolgan hujayralarda sitoplazmatik o’simtalar paydo bo’ladi. (M.Heferochloris, Rhysochloris). Bu keyinchalik rizoidlar hosil qilish mumkin. 3.Palmelloid – tashkil topish hujayra harakatsiz bo’lib shilimshiq bilan o’raladi. M.Tetrospora, Gloeodinium. 4.Kokkoid – tashkil topishi bundan o’simliklar hujayralari bitta yoki kolonial holda bo’lib, hujayra po’sti shilimshiq bilan o’ralgan va harakatsiz M.Chlorella, Cystodinium, Navicula 5. Ipsimon – shakillanishi. Hujayralar harakatsiz bir – biri bilan birikkan va ipsimon ko’rinishni oladi ular doim bo’yiga o’sadi. M.Ulofrix, Mastigocladus, Oscillatoria. 6. Geterotrixal – har – xil ipsimon, bunda avval gorizantal joylashgan ipchalar yuzaga kelib undan yukoriga vertikal holda joylashgan ipchalar paydo bo’ladi. M.Stigeoclanium, Erythrotrichia. 7. Plastinkasimon – tashkil topish bunday shakllanishda ipsimon hujayralar bo’linadi ko’ndalang va uzunasiga bo’linishi natijasida ancha yassi parenximatik plastinka ko’rinishidagi tallom yuzaga keladi. Ulva, Porphyra, Laminaria. 8. Sifonsimon – tallomning kelib chiqishi. Bunda hujayralar katta bo’ladi, yadrolar soni ko’p bo’lib, tarmoqlangan lekin hujayra to’siqlar bilan ajralmagan. Ba’zan hujayrasiz organizimlar ham deyiladi. M.Bryopsis, Voucheria, Caulerpa, Botridium. 9. Sifonoklad – klodoforalar hujayralari katta, yadrolar soni ko’p lekin ko’p hujayrali tallomga ega. M. kladofora, valonia. Yuqorida keltirilgan tallomning takshil etish darajasi suvo’tlarning hamma bo’limlarida bir – xil emas. Ana shu suvo’tlarni tartiblarga ajratishda tallomning morfologik tuzilishi asos qilib olinadi. Bu xususiyat 3 a-jadvalda keltirilgan. Hujayra tuzilishida ham farq va o’xshashliklar mavjud. Ancha sodda tuzilgan vakillardan (dyunalella, oxromonos), o’xshash xuddi shuningdek zoosporalar va gametalar "yalang’och" ya’ni faqat sitoplazmatik membranalar bilan o’ralgan ko’pchilik suvo’tlarida plazmaning ustidagi hujayra po’sti bilan o’ralgan bo’ladi. Hujayra pusti amorf tuzilishiga ega bo’lib gemisellyuloza va pektin moddalardan tashkil topgan. Ko’pchilik hollarda hujayra po’sti tuzilishida qo’shimcha moddalar komponentlari ham qatnashadi. M.Pediastrumda – kremniy, karbonat, qung’ir suvo’ttoifalaridan fukosian, fuksin, algin kislotasi va boshqalar. Sitoplazmasi ko’pgina suvo’tlarda yupqa qatlam tariqasida vokuolani o’rab turadi. Vakuola ko’k – yashil suvo’tlarida bo’lmaydi. Eukariotlar sitoplazmasida yaxshi ko’rinadi. Yuqori o’simliklardan farqli o’laroq tuban suv o’simliklarida xromotoforalar juda ham hilma – hil bo’ladi. Kosachasimon (xlamidomonodada), halkasimon (ulotrikslar), silindrsimon yoki aloh ida tishchasimon (edogoneumlarda), lentasimon (spirogirada), plastinkasimon zignemalarda, yulduzsimon va hokazo. Xloroplastlar juda ko’pchilik euokariotlarda pirenoidlar bilan birgalikda uchraydi. Ba’zan xloroplast ichida joylashgan pirenoid granula h olidagi oqsildan tashkil topgan. Bir hujayrali, xivchinli o’simliklarda qizil ko’zchalar bo’ladi bu atoksantin (gemotoxrom) pigmentdan tashkil topadi. Xivchinlar hamma suvo’tlarida bir xil planda tuzilgan bo’lib, tashqi va ichki xivchinlar joylashishida farq qilinadi. Tashqisi sitoplazmatik membrananing davomi hisoblanadigan membrana bilan qoplangan, ichki bevosita sellyular teshiklarda joylashadi. Xivchinlar uch qismdan iborat: uchi, asosiy qismi, oraliq qismi. Ba’zi hujayralarda xivchinlar soni 2 ta bo’lib teng yoki turli kattaliklarda bo’lishi mumkin qisqasi silliq, uzuni esa shoxlangan bo’lishi mumkin. (xlamidomonada, teng), (Botridiumlarda uzun va qisqa), (vosheriya, zoosporasida soni ko’p). K o’ p a y i sh i. Suvo’tlarning ko’payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy yul bilan boradi. V e g ye t a t i v ko’payish tallomning biron yeridan uzulishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday ko’payish vaqtida h ujayraning protoplastida hyech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Vegetativ ko’payishning eng oddiy usuli ipsimon suvo’tlarda uchraydi, ya’ni tallom bir necha joyidan bo’laklarga (fragmentlarga) bo’linadi. Uzilgan hujayra vegetasiyasini davom ettiradi. Ipsimon va ko’k yashil suvo’tlarida mutaxassislashgan ba’zi hujayralar ham vegetativ ko’payish vazifasini bajaradi. Masalan, vegetativ hujayra devori qalinlashib, unda ozuqa moddalar to’planadi va noqulay sharoitga chidamli bo’ladi. Bunday hujayra a k i n e t hujayra deb ataladi. J i n s s i z ko’payish maxsus sporalar yordamida sodir bo’ladi. Ko’pchilik suvo’ttoifalarida jinssiz ko’payish z o o s p o r a l a r vositasida bo’ladi. Zoospora yalang’och, protoplazma, bitta yoki bir qancha yadro va xromotoforaga ega. Zoospora monad shaklida, u harakatchan, uni harakati (1-2-4) xivchinlari yordamida bo’ladi. Edogonium degan ipsimon suvo’ttoifaning hujayrasidan bitta yirik zoospora, boshqa suvo’ttoifalarning hujayrasi bir necha marta bo’linib, ikki, to’rt, sakkiz va undan ham ortiq zoosporalar hosil qiladi. Ko’pchilik suvo’ttoifalarda zoospora hosil qiluvchi hujayra, differensiyalanmagan, lekin yashil suvo’ttoifalari bo’limining terentipoliya va qo’ng’ir suvo’ttoifalarida sporangiy deb ataladigan maxsus hujayra bo’ladi. Sporangiy shakli va katta-kichikligi bilan boshqa hujayralardan farq qiladi. Ko’pchilik suvo’ttoifalar harakatsiz xivchinlari reduksiyalangan sporangiospora, aplonospora vositasi bilan h am ko’payadi. Qizil suvo’tlari - mono va tetrospora qo’ng’ir suvo’ttoifalarining diktiotalar qabilasi ham tetrosporalar yordamida ko’payadi. Yashil suvo’ttoifalaridan xlorokoknomalar qabilasining vakillari hujayra ichida juda ko’p bo’linib, avtosporalar deb ataladigan sporalar hosil qiladi va shu sporalar vositasida ko’payadi. Monad va kokkoid shaklidagi koloniyali suvo’ttoifalari jinssiz ko’payish vaqtida qiz koloniya hosil qiladi. Yashil suvo’ttoifalaridan (matashuvchilar, haralar ajdodi va sifonnomalar qabilasi), diatom, qo’ngir suvo’ttoifalarining hayotida jinssiz ko’payish umuman uchramaydi. J i n s i y ko’payish ko’k – yashil suvo’ttoifalardan tashqari hamma suvo’ttoifalarning hayotida uchraydi. Jinsiy ko’payish gametalarning bir-biri bilan qo’shilishi (kopulasiya) natijasida sodir bo’ladi. Gametalar gametangiyda yetiladi va suvga tushgandan so’ng, harakat qilib qo’shiladi va zigota hosil bo’ladi. Zigota ichida avvalo gametalarning sitoplazmasi (plazmogamiya), keyinchalik ularni yadrolari (kariogamiya) qo’shiladi. Provordida ularni xromosomalari birikib diploidli fazaga ega bo’lgan zigota h osil bo’ladi. Zigota tinchlik davrini o’tgandan so’ng, uni diploidli yadrosi reduksion (meyoz) bo’linib, xromosomalar soni ikki barobar kamayadi. Shundan so’ng gaploidli faza boshlanadi. Suvo’ttoifalar hayotida bir necha xil jinsiy ko’payish uchraydi. Jinsiy ko’payishning eng sodda (primitiv) shakli - i z o g a m i ya dir. Bu prosess morfologik jihatdan farq qilmaydigan harakatchan gametalarning ko’shilishidan sodir bo’ladi. Yashil suvo’ttoifalari bo’limining vakillarida izogametalar vegetativ hujayra protoplastining bo’linishi natijasida bunyodga keladi. Ammo, qo’ng’ir suvo’ttoifalari bo’limining ektokarpusnomalar va sfaselyarnomalar qabilasining vakillarida vujudga keladigan izogametalar ko’p kamerali gametangiy yoki ko’p uyali sporangiydan hosil bo’ladi. Ko’pchilik suvo’ttoifalarning izogamiya yo’li bilan sodir bo’ladigan jinsiy ko’payish vaqtida, qushiluvchi gametalarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv harakat qiladi. Masalan, ektokarpus va sfaselyariyaning urg’ochi gametasining harakat etish muddati qisqa bo’lib, erkak gametalarning harakati o’zok vaqt davom etadi. Urg’ochi gameta harakatdan to’xtagandan so’ng, erkak gameta ham harakatdan to’xtaydi. Shakli har xil, ya’ni biri kichikroq va serharakat, ikkinchisi kattaroq va sust h arakat qiluvchi gametalarni bir-biri bilan qushilishiga a n i z o g a m i ya yoki g ye t ye r o g a m i ya deyiladi. Yirik harakatsiz gameta urg’ochi gameta yoki tuxum hujayra deb, kichik harakatchan gameta erkak yoki spermatozoid deb ataladi. Ana shunday gametalarni qo’shilishiga o o g o m i ya deyiladi. Qizil suvo’ttoifalarining oogoniysi karpogon deb ataladi. Uni ichida harakatsiz tuxum hujayra joylashadi. Erkak gameta - spermasiy harakatsiz bo’lib, bir hujayrali anteridiydan yetiladi. Ipsimon suvo’tlarda oogoniya keng tarqalgan bo’lib, monad va kokoid shakldagi sodda tuzilgan suvo’tlarda ham uchraydi. Ipsimon suvo’ttoifalarni tuxum hujayrasi va spermasi oogoniya (karpogon) va anteridiy deb ataladigan maxsus organlarda yetiladi, ular vegetativ organlardan keskin farq qiladi. Ayrim hollarda (masalan, matashuvchilar ajdodi) vakillarida jinsiy ko’payish kon’yugasiya, ya’ni jinslarga differensiyalangan ikkita vegetativ hujayra moddalarining qo’shilishi bilan bo’ladi. Kopulyasiya paytida qo’shilishga ishtirok etayotgan hujayralarda kanalchalar hosil bo’lib, bu kanalchalar orqali bir hujayra moddasi ikkinchi hujayra moddasiga qo’yilib, zigota hosil bo’ladi. Suvo’ttoifalar h ayot jarayonida nasllar gallanishi, ya’ni sporofit nasl bilan gometafit nasl gallanib turadi. Download 232.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling